25 mart kun tarixi

? BAYRAMLAR:

?? Xalqaro qullik va Transatlantik qul savdosi qurbonlari xotirasi kuni.
?? BMT – Xalqaro bedarak yo‘qolgan va qamoqda ushlab turilgan xodimlar bilan birdamlik kuni.
? Yer soati kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Yevropa Ittifoqi – Yevropa Ittifoqi iste’dodlari kuni.
?? Sloveniya – Onalar kuni.
?? AQSh – «Shon-sharaf medali» kuni.
?? Shvetsiya – Turnalar kuni.
?? Slovakiya – Inson huquqlari uchun kurash kuni.
?? Latviya – Kommunistik terror qurbonlarini xotirlash kuni.
?? Yangi Zelandiya – Armiya kuni.
?? Ukraina – Xavfsizlik xizmati xodimlari kuni.
?? Belarus – Erkinlik kuni.
?? Rossiya – Madaniyat xodimlari kuni.
?? San-Marino – Arengoning yubileyi.
?? Gretsiya – Mustaqillik kuni.

? VOQEALAR:

  • 421 – Venetsiya shahriga asos solingan.
  • 1238 – Kozelskning 50 kunlik qahramonona mudofaasi boshlanishi. Shaharni egallab olgandan so’ng, mo’g’ullar hammani, shu jumladan chaqaloqlarni qirib tashlashdi.
  • 1305 – Paduyada Skrovenya kapellasi yoritilidi.
  • 1306 – Robert Bryus Shotlandiya qiroli bo’ldi.
  • 1420 – Jan Ijizka boshchiligidagi dehqonlar lashkari Sigizmund armiyasini tor-mor qildi.
  • 1436 – Rim papasi Yevgeniy IV Florensiyadagi cherkovni ochib berdi.
  • 1532 – Nikola Makiavelli tomonidan Florensiya tarixi Rimda nashr etildi
  • 1655 – Kristian Hugens Saturnning yoʻldoshi – Titanni kashf qildi.
  • 1815 – 7-antifransuz koalitsiyasi tuzildi (Rossiya, Buyuk Britaniya, Avstriya va Prussiya).
  • 1821 – Gretsiya Usmonlilar imperiyasidan mustaqilligini e’lon qildi.
  • 1864 – Paduka jangi.
  • 1918 – Minskda Belarus Xalq Respublikasi tuzilganligi eʻlon qilindi.
  • 1919 – Dramaturg, publitsist, din va jamoat arbobi, jadidchilik harakati yetakchilaridan biri Mahmudxo‘ja Behbudiy Shahrisabzda qoʻlga olindi va Qarshidagi zindonga tashlandi.
  • 1930 – Mongoliyada Tugsbuyant qo‘zg‘oloni boshlandi.
  • 1949 – O‘n minglab Estoniya, Litva, Latviya aholisining Sibirga ommaviy deportatsiyasi boshlandi.
  • 1957 – Yevropa Iqtisodiy Hamkorlik Kengashini tuzish to‘g‘risidagi Rim shartnomasi imzolandi.
  • 1992 – O‘zbekiston Respublikasi xalqaro madaniy-ma’rifiy aloqalar milliy uyushmasi tashkil etildi.
  • 1992 – O‘zbekiston Avstriya bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi.
  • 1997 – Ekvador qirg’oqlarida afsonaviy dengiz xazinasi topildi.
  • 2002 – Epilepsiya geni aniqlandi.
  • 2018 – Kemerovodagi «Qishki gilos» savdo – ko’ngilochar majmuasida yong’in sodir bo’ldi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1611 – Avliyo Chalabiy (1642) – turkiyalik mashhur sayyoh va  arab, fors va yunon tillarini, tarix, geografiya va she’riyat ilmi (poetika) ni chuqur egallagan olim. 
  • 1614 – Xuan Karrenyo de Miranda (1685) – barokko davri ispan rassomi.
  • 1835 – Adolf Vagner (1917) – nemis iqtisodchisi.
  • 1867 – Arturo Toskanini (1957) – italiyalik dirijyor.
  • 1871 – Igor Grabar (1960) – rassom va san’atshunos.
  • 1881 – Bela Bartok (1945) – vengr bastakori, pianinochi, etnomusiqashunos va pedagog.
  • 1936 – Ahmad Shoymurodov – haykaltarosh.
  • 1937 – Mariya Paxomenko (2013) – sovet va rus estrada xonandasi, xalq artisti.
  • 1942 – Areta Franklin (2018) – amerikalik qoʻshiqchi, qoʻshiq muallifi, aktrisa, pianinochi va fuqarolik huquqlari faoli.
  • 1947 – Ser Elton John – ingliz qoʻshiqchisi, qoʻshiqnavis, pianinochi va bastakor. 
    -1951 – Sa’dulla Hakim – o‘zbek shoiri.
  • 1956 – Yefim Shifrin – sovet va rus aktyori, ko’ngilochar, rejissyor, yozuvchi.
  • 1976 – Baxtiyor Ashurmatov – futbolchi, Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi hamda Bunyodkor klubida to‘p surgan.
  • 1984 – Ketrin Makfi – amerikalik qoʻshiqchi, shoira, aktrisa, model. 
  • 1994 – Jyustin Dyufur-Lapuant – kanadalik fristaylchi (mogul), Olimpiya chempioni (2014), jahon chempioni.
  • 2007 – Kayli Fleming – amerikalik aktrisa.