28 noyabr kun tarixi

? BAYRAMLAR:

? Butunjahon shafqat kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Ruminiya – Bukovina kuni.
?? Ukraina – Moliyaviy monitoring tizimi xodimlari kuni.
?? Kongo – Respublika kuni.
?? Eron – Dengiz kuchlari kuni.
?? Chad – Respublika kuni.
?? Burundi – Respublika kuni.
?? Panama – Mustaqillik kuni.
?? Mavritaniya – Mustaqillik kuni (1960).
?? Sharqiy Timor – Mustaqillik kuni (1975).
?? Albaniya – Mustaqillik kuni (1912); shuningdek Bayroq kuni.

? VOQEALAR:

  • 936 – Xitoyda Jin sulolasi hukmronligi boshlandi.
  • 1520 – Ferdinand Magellan ilk bor Magellan bo‘g‘ozidan o‘tdi.
  • 1627 – Polsha-Shvetsiya urushi: Oliva jangi. Rech-Pospolitaning g’alabasi bilan yakunlandi.
  • 1660 – London qirollik jamiyati tuzildi.
  • 1812 – Berezina jangi.
    -1812 – bug‘ kuchi bilan ishlaydigan bosma mashinada «Times» gazetasi ilk bor chop etildi.
    -1821 – Panama Ispaniyadan mustaqillik oldi.
    -1843 – Gavayi Qirolligi mustaqilligi Britaniya va Fransiya tomonidan tan olindi.
    -1912 – Albaniya Usmonli Turklar davlatidan ajralib chiqdi.
    -1917 – Qo‘qon shahrida Turkiston musulmonlarining favqulodda IV qurultoyi o‘z ishini yakunladi.
    -1919 – Britaniya parlamenti a’zoligiga tarixda ilk bor ayol kishi saylandi.
  • 1943 – Tehron konferensiyasi boshlandi.
  • 1950 – «Plan Kolombo» xalqaro tashkiloti tashkil etildi.
  • 1958 – Chad, Kongo va Gabon Fransiyadan muxtoriyat oldi.
  • 1960 – Mavritaniya Fransiyadan mustaqillikka erishdi.
  • 1964 – Surami yaqinidagi IL-14 halokati (Gruziya SSR). 7 kishi halok bo’ldi.
  • 1964 – Marsga Amerikaning «Mariner-4» avtomatik stantsiyasi uchirildi.
  • 1975 – FRETILIN Sharqiy Timor Demokratik Respublikasining Indoneziyadan mustaqilligini e’lon qildi.
  • 1979 – Antarktidada DC-10 halokati, 257 kishi halok bo’ldi.
  • 1987 – Mavrikiy oroli yaqinida Boeing 747 halokati, 159 kishi halok bo’lgan.
  • 1989 – Baxmal inqilobi: Chexoslovakiya Kommunistik partiyasining yakkahokimligiga barham berildi.
  • 1992 – O‘zbekiston Pokiston, Eron va Turkiya bilan tuzilgan iqtisodiy hamkorlik tashkilotlariga a’zo bo‘ldi.
  • 2000 – Ukrainada „kasseta janjali“.
  • 2014 – Nigeriyaning Kano shahridagi markaziy masjidda sodir etilgan portlashda 120 kishi halok bo‘ldi.
  • 2016 – Braziliyaning «Shapekoense» futbol jamoasining aksariyati aviahalokatda vafot etdi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1632 – Lyulli Jan Batist (1687) – fransuz kompozitori, musiqiy klassisizm uslubining yirik namoyandasi.
  • 1757 – Uilyam Bleyk (1827) – ingliz shoiri, rassom va gravyurachi.
  • 1820 – Fridrix Engels (1895) – nemis faylasufi, kommunistik mafkura asoschisi.
  • 1821 – Nikolay Nekrasov (1878) – rus shoiri (Eski taqvim bo‘yicha).
  • 1837 – Jon Hayat (1920) – amerikalik kimyogar, muhandis, selluloid ixtirochisi.
  • 1857 – Alfonso XII – Ispaniya qiroli.
  • 1880 – Aleksandr Blok (1921) – “Kumush asr” davri rus shoiri.
  • 1881- Sveyg Stefan (1942) – avstriyalik yozuvchi.
  • 1915 – Konstantin Simonov (1979) – sovet shoiri, nasr yozuvchisi va dramaturg, jamoat arbobi.
  • 1916 – Ramon Xose Velaskes – Venesuela prezidenti.
    -1927 – Abdulhalim Muazzamshoh (2017) – saylangan Malayziya sultoni (1900-1975), (2011-2016).
    Kun tarixi kanalidan olindi
  • 1932 – Malika Abdullaxoʻjayeva (2018) – patolog-anatom, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980).
  • 1950 – Rassel Xals – PSR B1913 + 16 ikkilik pulsarini kashf etgan amerikalik astrofizik, Nobel mukofoti sohibi (1993).
  • 1967 – Anna Nikol Smit (2007) – amerikalik supermodel, aktrisa va teleboshlovchi.