29 mart kun tarixi

Bugun 29-mart 2024-yil, juma.

? BAYRAMLAR:

? Butunjahon marmar kuni.
? Xalqaro suv parisi kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? AQSh – Vyetnam urushi faxriylari kuni.
?? AQSh – Milliy onalar va pop biznes egalari kuni.
?? Tayvan – Yoshlar kuni.
?? MAR – Boganda kuni.
?? Madagaskar – Shahidlar kuni.

? VOQEALAR:

  • 845 – Vikinglar Parijga bostirib kirib, talon-taroj qilishdi.
  • 1410 – Gilyom II Sardina yerlarini Aragon qiroliga sotdi.
  • 1430 – Murod II qo’shinlari Salonikini qamalning 8-yilida egallab olishdi.
  • 1461 – Tauton jangi – Oq va Qizil atirgullar urushidagi eng qonli jang.
  • 1798 – Fransuzlar Gelvet Respublikasi (Shveytsariya) tuzilganini e’lon qilishdi.
  • 1807 – astronom Olbres Vesta asteroidini kashf qildi.
  • 1848 – Germaniyada inqilobiy voqealar: Berlinda liberal hukumat tuzildi.
  • 1848 – Niagara sharsharasi 30 soatga muzlab qoldi.
  • 1864 – Buyuk Britaniya Ion orollarini Gretsiyaga berdi.
  • 1873 – Lev Tolstoy “Anna Karenina” romanini yozishni boshlagan.
  • 1886 – Vilgelm Steynis rasman shaxmat bo‘yicha birinchi jahon chempioni bo‘ldi.
  • 1886 – Coca-Cola tug’ilgan kun – dunyoda ushbu mashhur ichimlik uchun retsept yaratildi.
  • 1891 – Aleksandr III Sibir temiryoʻl magistralini qurish haqida qaror chiqardi.
  • 1911 – Sankt-Peterburgda Rossiya olimpiya qo‘mitasi ta’sis qilindi.
  • 1927 – Ontario provinsiyasi (Kanada) da “quruq qonun” bekor qilindi, o‘rniga hukumat nazorati o‘rnatildi.
  • 1940 – Angliya bankida qalbakisidan himoyalangan – yupqa metall ip bilan o‘ralgan , yuqori sifatli birinchi qog‘oz pul ishlab chiqildi.
  • 1947 – Madagaskar tarixida eng yirik qo‘zg‘olonlardan biri bo‘lib o‘tdi.
  • 1974 – Mariner 10 nomli Amerika kosmik apparati Merkuriy sayyorasini suratga oldi.
  • 1974 – Sin Shixuandi maqbarasida sopol haykallar topildi.
  • 2004 – Estoniya, Latviya va Litva NATOga a’zo bo‘lishdi.
  • 2010 – Moskva metrosida terakt.
  • 2015 – muqobillik asosida o‘tgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida I. Karimov g‘olib chiqdi.
  • 2018 – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarori bilan MXX nomi Davlat xavfsizlik xizmati deb oʻzgartirildi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1735 – Iogann Karl Avgust Muzeus (1787) – nemis yozuvchisi, adabiy tanqidchi, filolog va pedagog.
  • 1790 – Jon Tayler (1862) – AQShning 10-prezidenti.
  • 1849 – Vladimir Vagner (1934) – rus biologi va psixologi. Qiyosiy psixologiya namoyandalaridan biri. 
  • 1879 – Alan Xenderson Gardiner (1963) – ingliz misrshunosi, “Leyden papirusi” ni topgan.
  • 1899 – Lavrentiy Beriya (1953) –  sovet davlat arbobi, Stalinning eng yaqin safdoshi.
  • 1906 – Tamara Xonim (1991) – raqqosa, qo‘shiqchi, aktrisa va xoreograf, SSSR Xalq artisti.
  • 1919 – Eileen Heckart (2001) – amerikalik film aktrisasi. 
  • 1927 – Jon Veyn (2004) – ingliz kimyogari va farmakologi, Nobel mukofoti laureati (1982).
  • 1936 – Miraziz A’zam – o‘zbek shoiri, tarjimon.
  • 1943 – Jon Meyjor – Buyuk Britaniyaning 72-bosh vaziri (1990- 1997).
  • 1946 – Bayat Muxtorov (2015) – oʻzbek haykaltaroshi va avangard rassomi, Oʻzbekistonda birinchi boʻlib performans va  xeppening usullaridan foydalangan.
  • 1955 – Brendan Glison – irlandiyalik aktyor, rejissyor. 
  • 1989 – Zarina Nizomiddinova – o‘zbek aktrisasi va qoʻshiqchisi.
  • 1991 – Irene ‐ janubiy koreyalik qoʻshiqchi, reper va aktrisa.
  • 1994 – Anastasiya Kostenko – rossiyalik model, «Rossiya go’zali 2014» da 2-oʻrin va Londondagi «Dunyo go’zali 2014» xalqaro go’zallik tanlovi ishtirokchisi.