29 sentabr kun tarixi

👉 BAYRAMLAR:

🇺🇳 Oziq-ovqat mahsulotlarining yo’qolishi va isrofgarchiligidan xabardor bo’lish xalqaro kuni.
🌏 Butunjahon yurak kuni.
🌍 Xalqaro kofe kuni.
🌎 Ovozsiz kino kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇹🇯 Tojikiston ‐ Diplomatik xizmat xodimlari kuni.
🇮🇷 Eron – O’t o’chiruvchilar kuni.
🇲🇾 Malayziya ‐ Kelantan sultonining tug’ilgan kuni.
🇦🇺 Avstraliya ‐ Koalani saqlash kuni.
🇷🇺 Rossiya – Otorinolaringologlar kuni.
🇦🇷 Argentina – Ixtirochilar kuni.
🇻🇮 Amerika Virjiniya orollari – Daraxt ekish kuni.
🇲🇭 Marshall orollari ‐ Madaniyat kuni.
🇵🇾 Paragvay ‐ Boquerón jangi kuni.
🇹🇨 Turks va Kaykos orollari ‐ Milliy yoshlar kuni.
🇰🇷, 🇰🇵 Koreya ‐ Chuseok.
🇨🇳 Xitoy, 🇻🇳 Vyetnam, 🇭🇰 Gonkong, 🇹🇼 Tayvan, 🇲🇴 Makao ‐ O’rta kuz festivali.

👉 29-SENTABRDA SODIR BO‘LGAN VOQEALAR:

  • 1364 – Ora jangi sodir bo’ldi.
  • 1399 – Angliya qiroli Richard II taxtdan voz kechdi.
  • 1515 – Shveytsariya Fransiya bilan abadiy tinchlikni imzoladi.
  • 1739 – Belgrad tinchlik shartnomasiga binoan Azov va Ochakov Turkiyadan Rossiyaga o‘tdi.
  • 1815 – Niderlandiya qiroli Villem I “Niderlandiya sheri” Ordeniga asos soldi.
  • 1818 – Axen Kongressi ochildi.
  • 1887 – Gamburg futbol klubi tashkil etildi.
  • 1911 – Italiya Turkiyaga urush eʼlon qildi.
  • 1918 – Antanta qoʻshinlari Gindenburg mudofaasini yorib oʻtdi.
  • 1918 – Bolgariya Birinchi jahon urushida taslim bo’ldi.
  • 1922 – „Faylasuflar paroxodi“  suzib ketdi.
  • 1926 – O‘zbekiston SSR Sovetlari Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi V sessiyasining rayonlashtirish to‘g‘risida qarori qabul qilindi. Unga muvofiq O‘zbekiston SSRda mavjud bo‘lgan 7 ta viloyat, 23 ta uyezd, 241 ta volost va 1163 ta qishloq jamoasi o‘rniga yangi ma’muriy bo‘li­nish o‘tkazilib, 10 ta okrug (Xorazm, Buxoro, O‘rta Zarafshon, Samarqand, Toshkent, Xo‘jand, Qo‘qon, Andijon, Surxondaryo, Qashqadaryo), alohida qozoq-qoraqalpoq Konimex tumani, 87 ta tuman va 1720 ta qishloq sho‘rosi tuzildi.
  • 1929 – Toshkent viloyatida Ohangaron tumani tashkil etildi.
  • 1937 – Qashqadaryo viloyatida Qamashi tumani tashkil etildi.
  • 1938 – Myunxen shartnomasi tuzildi.
  • 1941 – Ikkinchi jahon urushi: Babiy Yardagi qotilliklarning boshlanishi.
  • 1951 – Yupiterning 12-yo’ldoshi – Ananke topildi.
  • 1952 – Namangan viloyatida Mingbuloq tumani tashkil etildi.
  • 1973 – Meksikadagi zilzila oqibatida 700 kishi halok bo’ldi.
  • 1988 – BMT tinchlikparvar kuchlariga Nobel mukofoti berildi.
  • 2001 – Davr bank” – xususiy yopiq aksiyadorlik tijorat banki tashkil topdi.
  • 2004 – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Qarshi shahrining 2700 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
  • 2005 – Ostona shahrida Butunjahon qozoqlarining III qurultoyi oʻtkazildi.
  • 2021 – Rossiyaning Sochi shahrida Putin va Erdo‘g‘an uchrashadi.

👉 29-SENTABRDA TAVALLUD TOPGAN MASHHURLAR:

  • 1547 – Migel de Servantes Saaedra (1616) – ispan yozuvchisi.
  • 1890 – Devlet Vladimir Pavlovich (1958) – opera xonandasi (bariton), O`zbekiston xalq artisti (1945).
  • 1901 – Enriko Fermi (1954) – italiyalik fizik, Nobel mukofoti sovrindori (1938).
  • 1904 – Greer Garson (1996) – amerikalik kinoaktrisa.
  • 1909 – Pikulin Mixail (1987) – tarixchi olim, sharqshunos, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1969).
  • 1920 – Mitchell Piter (1992) – ingliz biokimyogari, Nobel mukofoti sohibi (1978).
  • 1940 – Jaloliddin Sirojiddinov  (1996) – taniqli oʻzbek iqtisodchi olimi, professor (1985).
    Kun tarixi kanalidan olindi
  • 1942 – Islom Olloberganov – bastakor.
  • 1943 – Lex Valensa – polshalik siyosatchi, Tinchlik bo’yicha Nobel mukofoti sovrindori (1983), Polsha Prezidenti (1990-1995).
  • 1976 – Andrey Shevchenko – ukrainalik futbolchi, Ukraina terma jamoasi murabbiyi.
  • 1978 – Jahongir Otajonov ‐ O’zbekistonlik qo’shiqchi.
  • 1984 – Per Mertezaker – nemis futbolchisi, jahon chempioni (2014).
  • 1992 – Gulrux Rahimova – oʻzbek dzyudochisi-paralimpiyachi