34-qism savol javoblar

Savol javoblar t.me/Eski_Savollar_Bazasi telegram kanalidan olingan.

3301. 29-fevral Irlandiyada ayollar erkaklarga x taklif qilishlari mumkin. Bu an’ana XI asrda qo’llanilgan qonundan kelib chiqqan, agar bu taklifga rozi bo’lmagan erkak jarima to’lashga majbur bo’lgan
Savol: x nima?

Javob: Turmush qurishni

3302. Agar Toshkentdan uchgan samolyot Moskva shahriga qarab harakatlansa 3 soatda manzilga yetib boradi, Moskvadan Toshkentga qarab harakatlansa esa 4 soatda yetib keladi. Diqqat qiling, masofa borishda ham,kelishda ham bir xil.
Savol: Nima uchun samolyotda Toshkentdan Moskvaga borish uchun 3 soat vaqt ketadi, Moskvadan Toshkentga kelish uchun esa 4 soat?

Javob: Yer o’z o’q atrofida aylangani uchun

3303. Hadislardan birida aytilishicha qaysidir mo‘minni oldida BU ISH qilinayotgan bo‘lsa, va o‘sha mo’min BU ISHni to‘xtatsa Alloh uni dunyoda va oxiratda mukofotlar ekan. BU ISHni qilish harom luqmani og‘izga solish bilan barobar ekan.
Mantiqan o‘ylab aytingchi BU ISH deganda nimani nazarda tutmoqdamiz!?

Javob: G’iybat qilish

3304. X og’ir narsa uni hamma ham ko’tara olmaydi yana u hech kimga yoqmaydi ham. Y esa hammaga yoqadi lekin shunday bo’lsada X dan emas Y dan uzoqroq bo’lishimiz kerak.
X va Y ni toping?

Javob: X-Tanqid
Y-Maqtov

3305. Shifoxonada bir odam yotibdi. U bu yerga nafas olmay kelgandi. U soppa sogʻlom, hatto nogiron ham emas. Lekin yura olmaydi.
Savol: «U» kim?

Javob: Yangi tug‘ilgan chaqaloq

3306. U haqida gap ketar ekan u juda qiyinchilik vaqtida dunyoga keldi. Yoshlik chog’idayoq uyidan chiqib ketadi. Tirik qolish uchun qo’shiq aytib kun ko’radi va o’z konserti vaqtida joniga qasd qilishadi. Diqqat savol:
Bu qahramon va qotil kim?

Javob: Bog’irsoq va Tulki

3307. Juda ko’p erkaklar buni yoqtirishmaydi va to’g’ri qilishadi. Olib borilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, bu ish qon aylanish tizimining buzilishiga olib keladi hamda yurak faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Hurmatli bilimdonlar, gap nima haqida ketyapti?

Javob: Galstuk taqish

3308. Barcha insonlarda, jumladan sizlarda ham «U» bor, ba’zilarda esa ortiqchasi bilan. Agar u me’yorida bo’lsa yoqimli, ammo me’yoridan oshib ketsa nimalar bo’lib ketmaydi deysiz. Olimlarning isbotlashicha «U» umrni 10-15 yilga qisqartiradi, jiddiy kasalliklarni jumladan gipertoniyani keltirib chiqarar ekan.
«U» deyilganda nima nazarda tutilyapti?

Javob: Rashq

3309. Rossiyaga bu sabzavot Petr I davrida olib kelingan. U paytlarda uning donalari maydaroq va taxir bo‘lgan. Ular zich ekilgan, shuning uchun yanada maydalashib ketgan. Dehqonlar uzoq vaqt bu sabzavotni ekishdan bosh tortishgan. Uni ekishga majbur qilinganda hatto qo‘zg‘olonlar ham bo‘lib o‘tgan. Bunday isyonlar harbiy qo‘shinlar bilan bostirilgan. Dehqonlar shunchalik ekishni xohlamagan sabzavot qaysi?
Javob: Kartoshka

3310. Yer yuzida shunday tarjimon borki, u xohlagan tilda gapiring, u gapingizni tarjima qilib tilingizda javob qaytara oladi. Mantiqiy o’ylab ko’ring, qanday tarjimon so’ralmoqda?
Javob: Aks Sado

3311. Kaliforniyalik Galin Vulf arablarni bu borada ortda qoldirmoqchi bo’lib, 27 marta uylandi. Kuyovning hamma qaynonalari hayot edi-yu, lekin ularning soni 25 ta chiqardi. Nega shunday?
Javob: U ba’zi xotinlariga 2 martadan uylangan.

3312. Bu nаrsа hаqidа Frаnsuа de Lаrоshfukо shundаy yоzgаn: U xuddi kаttа kemаlаrni to’xtаtib qo’yuvchi yopishqoq bаliqlаrgа o’xshаydi, u bizning аsоsiy ishlаrimiz
uchun dengiz riflаri vа burоnlаridаn hаm xаvflirоkdir. Sаvоl: muаllif nimаni nаzаrdа tutgаn?

Javob: Yalqovlik

3313. Xitoy faylasufi Xun Szi Chun yozgan: «Og’iz – aqlning darvozasi, agar uni ochib qo’ysang aql tanani tark etadi.» Biz so’raydigani esa aqlning oyog’i.
Xitoy faylasufining fikricha aqlning oyog’i nima?

Javob: Hayol

3314. Savol: Bir saroy qo’riqchisi uxlab qolib tush kuribdi. Tushida mamlakatga yov bostirib kelganmish. Tushining tabirini podshohga aytibdi. Podshoh qo’riqchiga ishonib jangchilarini yig’ib, jangga tayyorgarlik ko’ribdi, haqiqatdan ham yov bostirib kelibdi. Yovni yengan podshoh qo’riqchini oltinga ko’mibdi va ishdan bo’shatib yuboribdi.
Diqqat savol. Podshoh nega qo’riqchini ishdan bo’shatib yuborgan?

Javob: Qo’riqchi uxlab qolgani uchun

3315. X lar ham duduqlanishi mumkin, lekin buning sababchisi o’zlari emas. Melburnda faqat X lar uchun klinika bor. U yerda nutqini to’g’irlash, diksiyalardagi nuqsonini bartaraf etar ekan.
Diqqat savol: X o‘rnidagi so’zni toping?

Javob: Gapiradigan To’tiqushlar

3316. Orangizda matematiklar bormi??
Jasurdagi telefonning 1-raqami 4-raqamidan 3 marta katta, 2-raqami 1- va 4-raqamlari yig’indisining yarmisiga, 4-raqam 2-raqamning yarmisiga, 5-raqami 3-raqamining yarmisiga, 6-raqami 3- va 5- raqamlari ko’paytmasiga, 7 raqami 3- va 6-raqamlari ayirmasiga teng. Agar 7-raqami 0 ga, 3-raqami 2 teng bo’lsa, Jasurning telefon raqamlarini aytib bera olasizmi?

Javob:
962 31 20
6422120
yoki 322 11 20
Xullas Jasurda 3 ta telefon raqami bor ekan?

3317. Qadimda ko’p davlatlarni shohlar boshqargan. Hozir ular yo’q. Lekin Osiyodagi bir shaharda biz tirik shohni uchratamiz. Albatta bu so’zni tarjima qiling va qaysi shaharligini ayting?
Javob: Samarqanddagi Shohizinda. Ma’nosi «tirik shoh»

3318. O’zbek tilida ishlatiladigan bir iborani turli ma’nolarda ishlatilishi mumkin. Masalan «Uyda sichqonlar hassa tayanib yuribdi» degani bu oilani kambag’alligini ko’rsatadi. Yoki aksincha «U kishini qo’li uzun, har yerga yetadi», bilingki bu ibora badavlat kishilarga nisbatan ishlatiladi.
Agar AQSh liklarga «Amerikadagi eng uzun qo’lni topingchi» deb so’rov o’tkazilsa, ularning ko’pchiligi nima deb javob berar edi?

Javob: Ozodlik Haykali

3319. Yaratgan Egamning marhamatini ko’ring: insonni yaratganda, kamtarin bo’lsin deb, ko’proq o’ylasin, fikr qilsin deb va shoshilib qolmasligiga ishora qilganday uni ikki barobar ko’p yaratgan.
Hurmatli bilimdonlar, nimani, nimaga nisbatan ikki barobar ko’p yaratgan?

Javob: Insonda og’iz bitta, quloq ikkita. Ikki barobar ko’p narsa bu – quloq.

3320. Bir jinoyatchini podsho huziriga olib kelishadi u jinoyatchini oldiga bir ta tovuq va har xil qurollar berishib bu tovuqni qanday o’ldirsang seni shunday o’ldiramiz deyishibdi. Jinoyatchi shunday usulni qo’llabdiki u usulni qo’llay olishmay uni ozod qilibdi.
Qanday usulni qo’llagan?

Javob: Og’zi bilan kallasini uzib o’ldirgan

3321. Dunyodagi eng mashhur baliqlardan biri Makrurs balig’i doimo boshsiz sotiladi. Uni bu ko’rinishda sotilishiga katta bir sabab bor.
Hurmatli bilimdonlar o’ylab ko’ringchi nega shunday sotilgan?

Javob: Chunki boshi bilan juda xunuk baliq. Haridorlar uni boshi bilan ko’rsa sotib olmasligi mumkin..

3322. O’zbek to’ylarida albatta surnay ovozi yangraydi. Har bir o’zbek bu kuydan rohatlanadi. Surnaychi ham ko’zlarini yumib, huzur qilib chaladi. O’zi rohatlangach, muhlislarini ham, tinglovchini ham mast qiladi. Lekin bir surnaychi borki, uning ko’zi doimo ochiq turishi kerak. Hissiyotga berilmasdan chalishi kerak.
Hurmatli bilimdonlar, nega bu surnaychi hissiyotga berilmay chaladi?

Javob: Chunki u Ilon o’ynatadi.

3323. Uni ilk bora qaysi xalq o’ylab topkan degan jumboqqa quydagi xalqlar da’vogarlik qilishadi. Yunonlar va Rimliklar Misrliklar va Eronliklar Hindlar va Xitoyliklar. Keltlar va Skiflar ham da’vogarlar orasiga kirshadi.
Savol: Shuncha xalqlar qanday aqlli narsaga da’vogarlik qilishadi?

Javob: Shaxmat

3324. Mashhur O‘zbek kinosidan birida U haqida gap ketadi. Aktyorlardan biri Uni ta’riflar ekan, hech kim osonlikcha Uni bermasligini va Uni har doim kuch bilan tortib olish kerakligini aytadi. Haqiqatdan ham tarixda Uni qo‘sh qo‘llab topshirib qo‘yganlar juda juda kam. Bizdan ham kuch bilan olishmoqchi bo‘lishgan ko‘p marotaba. Faqat kuch bilan olinadigan u nima?
Javob: Hokimiyat

3325. Futbolda bir qoida bor: «- Eng yaxshi himoya bu hujum» Haqiqatga ancha yaqin shunday emasmi. Shotlandiyalik futbol yulduzi Jok Steyn eng yaxshi himoya faqat u yerda bo‘lishini aytadi.
Bilimdonlar Jok Steyn u yer deganda qayerni nazarda tutgan?

Javob: Raqib jarima maydonchasida

3326. X dastlab erkak jinsidan bo’lgan ekan. Dastlab uni harakatlari qirolniki bilan bir xil bo’lgan. Keyinchalik u jinsini o’zgartirgan. Jinsi o’zgartirganiga ko’plar Kastiliya qirolichasi Yelizaveta 1 ni sabab qilib ko’rsatishadi. Yelizaveta ham hokimiyatga kelganida davlatda juda katta o’zgarishlar ro’y beradi, davlatni kuch va qudrati oshadi. X ham jinsini o’zgartirganidan keyin qudrati oshib ketadi. Hatto qirollarni bemalol taslim qilishga kuchi yetadi. Berilgan ta’riflarga asoslanib X deganda nazarda tutilayotganni ayting?
Javob: Shaxmatdagi Farzin

3327. Orangizda reklama bilan shug’illanuvchilar yo’qmi?
Reklama mutaxassislari fikricha eng yaxshi afisha eng yomon afisha ekan.
Nega?

Javob: Yaxshi chiroyli afishani haridori ko’p bo’ladi. Yulib esdalika olib ketshadi

3328. Asarda yozilishicha, rivoyatga ko‘ra Bag‘dodga tirikchilik qilish uchun hunar o‘rganishga kelgan shogird, ustozidan eng avvalo chap qo‘lingda ovqat yeya olasanmi, degan savolga duch keladi.
Diqqat savol: ustozi nima sababdan bunday savol berganini emas, ularning kasbi qanday ekanligini ayting?

Javob: O’g’irlik

3329. Kimyo fanidagi birinchi nazariya «moddalar yonishining boshlanishi» deb atalgan (metallarning oksidlanish qaytarilish jaryoni).
Bu jaryon qanday nomlangan?

Javob: Flagiston

3330. Xalqaro sog‘liqni saqlash tashkiloti bu hastalikni kasalliklar ro‘yxatiga kiritib, unga F 63.9 ro‘yhat raqamini berdi. Kasallik simptomlari – borliqni his qilish o‘tmaslashadi, kayfiyati tez o‘zgaradi va boshqalar. Zamonaviy terminologiyaga ko‘ra, bu depressiv psixoz bo‘lib, ba’zi hollarda o‘lim bilan ham yakunlanishi mumkin. Hastalik ijobiy tus olsa,organizmning qarshiligi ortadi, inson kamroq shamollaydi va deyarli gripp bo‘lmas ekan. Bu kasallikni toping?
Javob: Sevgi

3331. Bir necha yil oldin
Futbol muxlislari uchun…
Germaniya Bundesligasidagi bu jamoa chempionlar ligasida Molyarka ga ham,Bundesligadagi Borussiyaga ham ,Gentaga ham bir xil hisobda yutqazishgan.
2 ta savolga javob bering?
1-qaysi jamoa
2-qanday hisobda?

Javob: 1-> Jamoa Shalke_04
2-> hisob 0-4

3332. Bir Hayfa tibbiyot klinikasi “Tajribali massajist zarur” degan e’lon chiqaradi. Suhbatga 100 oshiq odam yoziladi. Deyarli uchdan bir kishining suhbati uzoqqa cho’zilmagan: nomzod xonaga kirgan, salomlashgan va shu onning o’zidayoq unga siz bu ishga loyiqmassiz degan javobni berishgan. Ajablanirlisi bundaylarning barchasi yosh, chiroyli ayollar bo’lgan. Savol: Ularning ishga qabul qilinmasligiga nima sabab bo’lgan?
Javob: Tirnog‘ining uzunligi

3333. Bu holatda insonlar ko’p gapirib kam eshitishni xohlashadi.
Ularni na gapiga tushunib bo’ladi
Na gapirib tushuntirib bo’ladi
Bog’dan gapirsez Tog’dan keladi
Qaysi holatdagi insonlar nazarda tutilyapti?

Javob: Mast holatda

3334. Dunyoda 50% qulog’i tez ishdan chiqadigon yoki tez eshitishdan
Qoladigon soha (kasb) vakillari
Ular ekan
Qaysi sohadagilar?

Javob: Dj lar

3335. Ayollar ularni judayam yaxshi ko’radi. Ammo ba’zi erkaklarda ham u bor ba’zilar esa yoqtirishmaganligi sababli undan foydalanishmaydi. Ammo u o’ziga juda ham ko’plab zararli mikroblarni yig’ar ekan. Uning ostida hatto 730 mln atrofida mikrob bo’lishi mumkin ekan. Yuqoridagi faktlarga asoslangan holda bizga gap nima haqida ketayotgan bo’lishi mumkinligini ayting?
Javob: Uzuk

3336. Shampan vinosi haqida gap ketganda 7-8 daraja,10-12 daraja, 45 daraja sonlar ishlatiladi, 10-12 daraja bu uning kuchuni, 7-8 daraja haroratda ichsh mumkinligini ko’rsatadi.
45 daraja nimani bildiradi?

Javob: 45 daraja burchak ostida u idishda turish(saqlanishi) kerak.

3337. Beruniyning fikricha insonga uni ehtiyojlar uchun bergan. Inson qalbi uni o‘zi uchun eng maqbul vosita deb biladi. Ammo bunga erishish uchun ham vaqt zarurdir. Demak unga ehtiyoj sezish uchun ham insonda unga nisbatan, nafaqat, ehtiyoj balki halol qalb ham zarur ekan.
Diqqat savol: Yuqorida Beruniy nima haqida so’z yuritgan?

Javob: Boylik

3338. Yengil yoki og’ir bo’lishi mumkin. Lekin vaznga ega emas. Tez va asta bo’ladi, ammo yugurishga, uchishga, suzishga ham qodir emas.
U nima?

Javob: Musiqa

3339. Qadimdan ota-bobolarimiz «bu ish»ni qilmaslikni maslahat berishgan. «Bu ish»ni qilgan odam bamisoli qaychini orasiga o’zini urgan qog’ozga o’xshaydi. Qog’oz qirqiladi, qaychi zarar ko’rmaydi. Ba’zan esa ahmoqlar «bu ish»ni qilishadi degan gap ham bor. Savol «Bu ish» deganda qanday holat yoki jarayon nazarda tutilgan?
Javob: Er-xotin o‘rtasiga tushish

3340. Agar erkak ayol uchun hamma narsaga tayyor bo’lsa, demak qattiq sevadi. Аgar ayol erkak uchun hamma narsaga tayyor bo’lsa,
demak U -?

Javob: demak u onasi

3341. XX asrning 2-yarmida yashagan Xitoy shoiri va gumanisti Yun-Shi ijodida shunday satrlar bor:
Uni men xitoylikka o‘xshataman,
Sirti muzdegu, ichi olovdek yongan.
Sirti e‘tiborini tortmasada, ichidagi
diqqatimiz markazida bo‘ladi doim.
savol: u nima?

Javob: Termos

3342. ,,Hikmatlar – saodatga yetaklar» asaridan parcha.
Jaloliddin Rumiy aytadilar:
Kechagina dono va aqlli edim, dunyoni o’zgartirmoqchi edim! Bugun hakim va donishmandman. Shuning uchun o’zimdagi UNI o’zgartirmoqchiman.
Diqqat savol: UNI deganda nimani nazarda tutmoqda?

Javob: Nafs

3343. Barcha studentlar ta‘lim olish va o‘qish jarayonini ishtirokchisi sifatida ko‘p jihatdan bir birlariga o‘xshash bo‘lishadi. Ammo, Yaponiyalik studentlarning boshqa mamlakat studentlaridan bir ajoyib farqi bor.
Diqqat savol: Yapon studentlari qaysi jihat bilan yagonadir?

Javob: Ular yozish uchun ruchkadan emas qalamdan foydalanishgan.

3344. »Iliada» dostonida qadimgi bir topishmoq keltiriladi: »Bu narsa yo’lda uchragan hamma narsani yeb ketaveradigan, yemish tugagach, u bilan birga o’ladigan dahshatli maxluq»
Yordam tariqasida shuni aytish mumkinki, bu maxluqni hamma odam paydo qila oladi. Tarix bu maxluq jabridan juda katta aziyat chekkan.
Savol: Topishmoqda keltirilgan maxluq nima ?

Javob: Olov

3345. Donishmanddan :» Erining qayerdaligini doimo bilib turadigan ayolni qanday atash mumkin?»-deb so‘rashdi.
Donishmand esa …
Diqqat savol: Donishmand nima deb javob bergan?

Javob: Beva ayol

3346. Sharhlovchi V.Pereturin yoshligida yomon futbolchi bo‘lmagan. U hattoki Dinamo(Tbilisi) jamoasining 1000 chi golini ham uradi. Lekin bu voqea unga unchalik xursandchilik keltirmaydi.
Diqqat savol: Futbolchi nega oʻz golidan xursand boʻlmaydi?

Javob; U avtogol urgan edi

3347. 10 ta olma ko’chati bor edi uni bog’bon 5 ta qatorga 4 tadan qilib ekish kerak qanday ekiladi.?
Javob: Besh yulduz qilib.

3348. «Alfa» 16-18 haftani o’z ichiga oladi. «Alfa»dan so’ng biroz muddat dam olamiz va yana davom etamiz. «Alfa»ning nomlanishida 6 raqami borligini ayting o’tamiz. O’zbekistonda «alfa» asosan yoz va qish oylariga to’g’ri keladi
Savol «alfa»ni aniq ayting ?

Javob: Semestr

3349. «Betta» dastlab antik davr Yunonistonida va Rim davlatida vujudga kelgan. Milodiy XVII asrga kelib Yevropada o’qiydigan gumanitar yo’nalish talabalarining haqiqiy manbalar bilan alohida ishlash usuli sifatida keng qo’llanila boshlangan. Biz esa bu soʻzni oloygohimizda koʻp bora eshitamiz.
Savol «Betta»ni aniq ayting?

Javob: Seminar

3350. Bayron: «Ular ayol uchun yengillik,erkak uchun esa azobdir» degan. U yoki ularni ayting?
Javob: Ko’z yosh

3351. XVI-XVIII asrlarda dengizchilarda bu narsa bo’lishi shart hisoblangan. Sababi agar dengizchi uzoq safarda halok bo’lsa uning dafn marosimi harajatlari ushbu narsa orqali qoplangan.
U narsa nima?

Javob: Tilla tish

3352. Don Kixotning safdoshi Sancho shunday deydi:
«Uni o’ylab topganga rahmat. U och qolganda-taom, chanqaganda-suv, qirol va cho’ponni teng tutuvchi tarozidir»
Diqqat savol: Sancho «u» deganda nimani nazarda tutgan?

Javob: Uyqu

3353. Bir hakim uylanish quduqqa tushib ketish demakdir, debdi.
«Quduqdan chiqishning ilojisi bormi? » , deb so’rashsa, hakim: quduqning og’ziga xarsangtosh bostirishmasa qutulsa bo’ladi, debdi. Xarsangtosh nimasi? deb so’rashganda, hakim shunday javob beribdi: Xarsangtosh bu ..
Savol: hakim nima deb javob bergan?

Javob: Farzand

3354. Mashhur Mary Kay Kompaniyasi asoschisi Mery Key Esh shunday deydi:
«Dunyoni zabt etishning 3 yo’li bor – Telefon, telegraf va ……»
Bu jumlani davom ettiring?

Javob: Ayollar

3355. Rivoyat qilishlaricha Bibixonim madrasa qurdirayotgan yillarda uni usta yoqtirib qoladi. Uning sevgisi xalq orasida tezda tarqaladi. Usta Sohibqiron g‘azabidan qo‘rqib, shogirdi bilan birga qanot yasaydi. Minoradan sakrab yalanglikka yetganda boshi bilan yiqilib o‘ladi. Buni ko‘rgan shogird: «-Ustoz qanot bilan birga ALFAni ham bog‘lashlari kerak edi» deydi va shunday qiladi. Natijada shogird eson-omon qo‘nib juftakni rostlaydi. Aytingchi, shogird qanot bilan birga yana nima bog‘lagan?
Javob: Dum

3356. Alfa – «O’rta Osiyoning Misridir”- Insoniyat sivilizatsiyasining ko’hna makonlarini o’rgananuvchi arxеologlar ulkan yutuqlarga ko’hna alfa zaminidagi makonlar, qabriston, qal’a va qo’rgonlarni izlab topish va o’rganish jarayonida erishdilar. Alfa tarixi, madaniyati va san’atini bеtakrorligiga yana bir marta amin bo’ldilar»
Rus olimi : S.P.Tolstov .
Diqqat savol: alfa – hozirgi paytdagi qaysi viloyatimiz?

Javob: Xorazm

3357. McDonald‘s asoschilari avvalboshda xo‘randalarni jalb qilish uchun UNDAN foydalanishgan. U xo‘randalarga bepul berilgan. U tufayli xo‘randalarning qorni to‘ymagan, sababi UNING tarkibidagi fosfat kislotasi ovqatni parchalab yuborgan. Xo‘randa esa yana buyurtma berishga majbur bo‘lgan.
Bu qaysi mahsulot?

Javob: Coca Cola

3358. Daraxtning shoxida qarg’a qo’nib turibdi.Qarg’ani cho’chitib yubormasdan shoxni arralash uchun nima qilish kerak?
Javob: Qarg’a uchib ketishini kutish kerak edi

3359. X suhbati zeriktirarli o’rtoqdir,ammo maqsadga olib boradi. U sekin yuradigan ulovdir,biroq manzilga eltadi. X achitib gapiradigan nasihatgo’y,kishi tabiati undan ozor chekadi.
Ishqa mubtalo oshiqlar X so’zini eshitganda cho’chiydilar ,biroq uning sharofati bilan yor vasliga yetishadilar. Hajr azobidagi kishilar X so’zini eslashni ham istamaydilar , ammo oxirida X tufayli diydor ko’rishadilar .
X-?

Javob: Sabr

3360. Qanday holatda 3 ta yosh bola, 4 ta katta yoshli odam, 1 ta mushuk va 1 ta it bittagina sayobon tagida turib, yomg’ir ostida nam bo’lmaydi?
Javob: Yomg’ir yog’mayotgan bo’lsa

3361. Matematiklar bormi??
Buratinoning burni rost gapirsa 6 sm ga kattalashadi, indamay tursa 2 marta kichiklashadi, yolg’on gapirsa 4 marta kattalashadi. Ertalab buratinoning burni 1 sm ga teng edi. U 3 marta rost, 3 marta yolg’on gapirdi va 3 marta indamastan turdi. Buratino ketma-ket bitta rost gapiradi, bitta indamastan turadi, bitta yolg’on gapiradi. Agar uning birinchi gapi yolg’on bo’lsa buratinoning burni uzunligini toping?
Javob: 1 chi gapirishi
1×4=4 yolģon
4÷2=2 indamaydi
2+6=8 rost gapiradi
2 ch gapirishida
8×4=32
32÷2=16
16+6=22
3chi gapirishida
22×4=88
88÷2=44
44+6=50 bular edi

3362. Mantiqiy savol
Diqqat savol: Bir zolim podsho xalqqa: “Mening bo‘yimga loyiq ko‘rpa tikib kelinglar” deb
buyuribdi. Ertasiga podsho ko‘rpalarni birma-bir ustiga yopib ko‘ra boshlabdi. Ko‘rpa agar
uzunroq bo‘lsa, uni ataylab bosh tomonga tortib, oyoqlarini cho‘zib: “iya bu kalta-ku!” deb, agar
kaltaroq bo‘lsa jo‘rtaga oyoqlarini yig‘ib olib: “iya bu uzun-ku” deb baqiraveribdi. Shunda navbat
bir cholga kelibdi. Podsho u keltirgan ko‘rpani ustiga yopibdi-da, bosh tomonga tortib oyoqlarini
tizzasigacha ochib: “iya bu kalta-ku!” deb baqirgan ekan, sabr kosasi to‘lib turgan chol qo‘lidagi
hassasi bilan podshohning oyoqlariga bir tushirib, bir gap aytibdi. U podshoga nima degan?

Javob: Ko‘rpanga qarab oyoq uzat

3363. Odata qushlar kunduzi yoki kechqurun sayraydi, kun ham tanlashmaydi,
Shunday qush borki juma kuni sayramaydi
U qanday qush?

Javob: Payshanba kuni o’lgan qush

3364. Diqqat Savol
Ushbu oyoq kiyimga yaxshilab e‘tibor qiling azizlar. Xo’sh kamchiligi nimada?

Javob: bir poyi yo’q

3365. Mashhur angliyalik darvozabon Piter Shilton 1990-yillarning o‘rtalarida o‘tkazilgan o‘zining xayrlashuv matchiga Uni taklif qilishni qat’iyan rad qilgan.
Darvozabon aynan kimni taklif qilishni rad qilganini toping?

Javob: Diego Maradona
Izoh: Aynan o‘sha «Xudoning qo‘li» bilan urilgan deya atalgan golni Maradona Shilton qo‘riqlagan Angliya termasi darvozasiga urgandi.

3366. Telegram asoschisi «Pavel Durov» tomonidan berilgan judayam qiziqarli boshqotirma. AQSH ning ba’zi shtatlarida shunday jinoyat turi bor-ki uni bajarishga uringanlar qamoqqa yuboriladi, ammo uni muvaffaqiyatli bajargan odamlar hech qachon jazolanmaydilar.
Bu qanday jinoyat?

Javob: Oʻz joniga qasd qilish!

3367. Xalqimizda Devorning ham qulog’i bor degan ibora bor. Lekin bilamizki, devorning qulog’i bo’lmaydi. Ammo dunyoda shunday devor borki, haqiqatan quloqlari bor. Menga o’sha devor nomini ayting?
Javob: futboldagi jonli devor

3368. O’rta asrlarda Germaniyada savodsiz xalq ko’pchilikni tashkil qilgan. Ammo, cherkov rohiblari diniy ta’limot va tushunchalarni yetkazishi kerak edi. Ular bu muammoni hal qilish uchun bir kasb egalarining yordamiga tayanishdi. Keyinchalik, xalq orasida savodlilar ko’payishi natijasida ularning yordamidan voz kechishdi.
SAVOL: Ayting-chi, bu qaysi kasb egalari va ruhoniylar xalqqa diniy tushunchalarni qanday yetkazgan?

Javob: Rassomlar orqali.
Diniy syujetlarni, marosimlarni suratlarda aks ettirib xalqqa tushuncha berishgan.

3369. O’g’irlik bilan shug’ullanuvchilar orasida ko’pchiligi kuchli zakovatga ega bo’lishadi. Bu tarixda ham bo’lgan ekan. O’tmish davrlarda cherkovlarga katta o’lja ilinjida borgan o’g’rilar favqulodda ehtiyot chora sifatida birinchi bir ishni qilishar ekan. Zamonaviy o’g’rilar ham birinchi qiladigan ishi biroz o’zgargan bo’lsada maqsad bitta.
SAVOL: Siz tarixdagi o’g’rilar qilgan ishni ayting?

Javob: Cherkov qo’ng’irog’ini uzib qo’yishgan. Qo’ng’iroq favqulodda signalizatsiya vazifasini bajargan

3370. Uch og’ayni restoranga kirib, ofitsankani chaqirib bizga SHISHALI UY va DUNYO KARTASI olib keling diyishdi. Ofitsanka ularni tushinib aytgan narsalarini olib keldi. Yigitlar qiziqib ofitsankani ismini so’rashdi ofitsanka ham savol tariqasida, mening ismim O’N IKKITA TIK TAYOQ OLTITA YOTIQ TAYOQ (kiril yozuvida yoziladi) deb javob berdi.
Savol : yigitlar nima buyurtma, berishganini va ofitsantkaning ismi nima ekanligini toping?
Javob: Dunyo kartasi-MENYU
Shishali uy-PIPINITSA kukdon
Ofitsankani ismi-НАТАША

3371. Hozirda har qanday do‘konlarga kirsangiz, ko‘zingiz quvonadi. Do‘kon mahsulotlarini haridorgir bo‘lishi uchun, har xil chiroyli manzaralar bilan bezatiladi. Lekin qadimgi Yaponiyada ba’zi do‘konlarda haqiqiy uzilgan odam kallalarini uchratish mumkin bo‘lgan. Albatta bu manzara dahshatga soladi.
Diqqat savol: Bu do‘konlarda nimalar sotilgan va ularning haridorlari asosan kimlar bo‘lgan?

Javob: U yerda samuraylar uchun qilichlar sotilgan

3372. Indoneziya xalqida ajoyib udum bor. Mahalliy qizlarni 12 yoshdan boshlab mahalla oqsoqollari bir narsa bilan mukofotlashadi.Ushbu narsalar orqali qizlarning go’zallik darajasini aniqlash mumkin.
Diqqat Savol: bu qanaqa mukofot?

Javob: Xalqali taqinchoqlar

3373. Ko’pchilik fanlar nomi arab tilidan o’zlashtirilgan.Xususan,Abu Rayhon Beruniy astronomiya haqida shunday degan edi «Ilmi nujum ( astronomiya)fanining ildizi chirigan, shohlari mo’rtdir. Uning xossalari bir biriga zid. Unda haqiqat ustidan taxmin hokimlik qiladi». U yana bir fan haqida esa «X» boylik orttirishni maqsad qilib olgan soxta fandir» degan edi.
Savol:Beruniy qaysi fanni nazarda tutgan?

Javob: Alkimyo

3374. Shunday bir fikr bor
Agar sen xalqingni 1 yil boqmoqchi bo‘lsang «alfa» ek.
Agar 10 yil boqmoqchi bo‘lsang «betta» ek.
Agar butun umur boqmoqchi bo‘sang «gamma» ek degan
Savol alfa, betta, gamma larni ayting?

Javob: Alfa-Bug’doy. Betta-Daraxt, gamma-Ilm bilim

3375. Fransuzlar shunday deyishadi:
1. Birinchi o’z xatosini fasad bilan
2. Ikkinchi sous bilan
3. Uchinchi yer bilan yopadi.
Birinchi-arxitektor bo’lsa, ikkinchi va uchinchining ayting?

Javob: Oshpaz va Shifokor

3376. Bir tilshunos qassobdan har kuni til sotib olarkan. Bir kuni qassob nega har kuni til sotib olasiz deb so’rabdi shunda tilshunos meni soham xuddi shu tildek debdi.
Savol u qaysi til bilan shug’ullangan?

Javob: Lotin tili

3377. Yevropa muzeylaridan birida bir rassom o’zining ko’rgazmasini o’tkazadi. Unda Odam ato va momo havolar surati tushirilgan rasm ham qo’yiladi. Ekspertlar o’rganib ushbu rasmni yolg’on surat deb topishadi. Savol nimaga?
Javob: Rassom ularni kindigi bilan chizadi. Ularni Alloh yaratgan kindigi bo‘lmasligi kerak edi.

3378. Rebus
1. Dehqonlar kurtak payvand qilayotganda payvandtagni aynan shu harf shaklida kesishadi
2. Ibo, nomus
3. Inkor yuklamasi
4. Notalardan biri
Rebusni birlashtirib javobni ayting?

Javob: Tornado
1.T
2. Or
3. Na
4. Do

3379. To’rtinchi farzand yoki eskicha oy hisobida to’rtinchi oyda tug’ilgan degan ma’nolardagi arabcha ism qaysi?
Javob: Robiya

3380. Zakovat sandiqchasi ichidagi narsaning kimyoviy tarkibi 63,6 foiz Suv 12,8 foiz oqsil 11,8 foiz yog’ 10 foiz uglevod 0,8 foiz mineral moddadan Iborat.
Diqqat savol: Sandiqchani ichida nima bor?

Javob: Tuxum

3381. Fransuz olimlari inson umri davomida nimaga qancha vaqt sarflashini hisoblab chiqishdi. Unga ko’ra yevropalik erkaklar unga 117 kun, ayollar 537 kun sarflar ekan.
Nimaga?

Javob: kiyinishga
Bu ayollarni tushunmay o’tib ketsam kerak.
Bir kiygan kiyimni qayta kiyishmaydi ey

3382. Ulug‘ mutafakkir Mir Alisher Navoiy bu so‘zning har bir harfiga bir ma’no berganlar.
Bu so‘zda ittifoqlik, saodat, latofat, oqibat va muhabbat mujassamlashgandir.
Bu qaysi so‘z?

Javob: Islom

3383. Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarni kuzata turib bir murojaatni o’qib qoldim. Buning nechog’lik rost yoki yolg’onligi noma’lum. Xullas bir ayol turmush o’rtog’ining ishxonasidagi boshliqlari turmush o’rtog’idan ko’chada bir ishni qilishni talab qilayotganligidan noroziligini bildirgan. Sababi hozirgi karantin sababli bu ish sanitariya qoidalariga zidligi, nafaqat turmush o’rtog’ining balki farzandlari va o’zining ham sog’ligidan tashvishdaligini bildirgan. Mantiqni ishlatib o’ylab ko’ringchi ayolning turmush o’rtog’i qayerda ishlaydi (kasbi nima)?
Javob: DAN hodimi bo’lib ishlaydi.
Izoh: E’tirozda haydovchilardan ichganligini tekshirish uchun ulardan spirt hidi kelyotganligi yoki yo’qligi tekshirish buyurilganligi aytilgan. Bu esa sanitariyaga zid ekanligi sir emas.

3384. Ular soni odam tanasida 600 dan oshadi. Ularning rombsimon, uchburchak, to’rtburchak, uch boshli, ikki boshli kabi bir qancha turlari bor.
Diqqat savol: «U» nima?

Javob: mushak

3385. Fransuzlar birinchi bo’lib «X»ni ixtiro qilishgan. Fransuzlar bajarishni hohlamagan bir ish tufayli «X» paydo bo’lgan. Bu ishni qilishimiz va bu ishga e’tiborli bo’lishimiz hozirgi kundagi eng dolzarb vazifaligini hisobga olib «X»ni toping?
Javob: «Atir»
Fransuzlar yuvinishni hohlashmagani uchun har xil hidlarga qarshi atirni o’ylab topishgan. Hozirgi kundagi eng dolzarb muammo ham tozalikka rioya qilish va qo’llarni tez tez yuvish ekanligi menimcha hech kimga sir emas.

3386. Qafasda 3 ta quyon bor edi. Uchta qizcha ularga bittadan quyon berishlarini so’rashdi. Ularga so’raganlaridek bittadan quyon berildi. Lekin baribir qafasda bitta quyon qoldi. Buni qanday tushuntirish mumkin?
Javob: Qizlarning Bittasiga quyonni qafasi bilan bergan

3387. Hazilnamo savol. Keyptuanlik bir jurnalist 12-farzandini ko’rganida, unga «Nuqta» deb nom berib ko’rdi. Bo’lmadi, 13- farzandini ko’rganda «Tamom» deb ism qo’yib ko’rdi, bo’lmadi. Oradan bir yarim yil o’tib yana bir farzand ko’radi.
Savol: Jurnalist ota bu farzandiga qanday nom bergan?

Javob: Odatda, maqola tugagach, yana bir nihoya o’rnida tug’ilib qoladigan fikrni yozganda jurnalistlar «POSTSKRIPTUM» deb nomlashadi. Farzandini Postskriptum deb atagan.

3388. Savol: Mashhur insonlar ”U” haqida juda ko’p fikrlar aytishgan. Kimdur ”UNI” abadiy emas desa, yana kimdur ”UNING” kaliti yo’q “UNING” eshiklari doim ochiq turadi, ba’zida undan qochuvchilar ham topiladi deydi.
Savol: gap nima haqida ketayotganini bitta so’z bilan ayting?

Javob: omad

3389. Platon aytishicha bunday joylarni qurush davlat uchun burchdir.Qadimgi Rimda xatto qullarni ham bu yerga borishi majburiy hisoblangan. Ayniqsa faylasuf notiqlar bu joyga Tez tez borib turishgan. Qayerga?
Javob: Hammom

3390. Tergovchi guvohni so’roq qilmoqda: Bu odam o’zini qanday o’ldirdi? – Men kuzatib turuvdim, u o’z hayotidan juda norozi ekanligidan nolib, to’pqonchani peshonasiga qo’yib ikki marta tepkini bosib, o’zini o’ldirdi. Tergovchi biroz o’ylab turdida, guvohni qamoqqa oldi. Nima uchun?
Javob: Mantiq shundan iboratki to’pponchadan ikki marta otib bo’lmaydi. Birinchi o’qdan odam nobud bo’ladi. Demak guvoh qotil bo‘lgan.

3391. Bir haydovchi o’zi bilan haydovchilik guvohnomasini olmadi va bir tomonli yo’lda qarama-qarshi yo’nalishga qarab harakatlana boshladi. Lekin buni kuzatib turgan DAN xodimi uni to’xtatmadi. Nima uchun?
Javob: U mashinada boʻlmagan

3392. Hech qachon sovuq choyni ichmang, chunki sovuq choy oshqozon devorlarini zararlaydi. Yaponlarda shunday gap bor: «Kechagi choy … … kuchli»
Nuqtalar o’rnidagi ikkita so’zni ayting?

Javob: Ilon zahridan! Kechagi choy ilon zahridan kuchli.

3393. Maria,Ben va 4 ta do’stlar bir uyda yashashar edi. Bir kun Maria ishdan qaytganda Benning o’ldirilganligini ko’rib qoldi.Qotillik haqida xabar berdi. Detektiv yetib kelgach 4 ta do’stlar bilan suhbatlashdi…
Miya oshxonada ekanligini va 2 soat oldin ishdan qaytib to’g’ri oshxonaga borganini aytdi.
Jon ertalabdan buyon bog’da kitob oʻqib o’tirganini aytdi.
Jenifer hovuzda suzayotganini va 3 soatdan beri hovuzdaligini aytdi.
Jeyn esa o’zining xonasida rasm chizayotganligini aytdi.
Detektiv hammadan qo’llarini ko’rsatishini suradi va 4 ta do’stning qo’llarini ko’rgach kim qotilligini aytdi.
Savol: qotil kim va nega?

Javob: Ushbu qotillik haqidagi savolimizda qotil Jenifer bo’lgan. Chunki Jenifer 3 soatdan buyon hovuzda suzayotganligini aytgan. Suvda uzoq muddat bo’lgan odamning tanasi (qo’l-oyoqlari) murib qolishi aniq. Lekin Jeniferning qo’llari esa bunday emas. Shuning uchun ham detektiv qotil Jenifer ekanligini aniq aytgan.

3394. Savol. Chili davlatida shunaqa qonun bor. Uning diametri 80 santimetrdan oshmasligi kerak. Diqqat savol u nima?

Javob: ularning milliy bosh kiyimi «sambrero» (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/3516?comment=6100)

3395. Odamzod hamma narsaga toʻyishi mumkin lekin — Unga toʻymaydi. U hamma uchun bir xil shohga ham gadoga ham.
Uni toping?

Javob: Mehr

3396. Xitoy tilida ishora degan so‘z san’ati mavjud bo‘lib, bir tushunchani boshqa bir narsaga o‘xshatish bilan ifodalaydi. Misol uchun, biror kishini quyonni dumi deb atasalar, demakki, u uzoqqa bormaydi, quyonning dumi kabi bir xil turaveradi degan maqsadda aytiladi. Quyida insonlarga xos salbiy sifat haqidagi ishora haqida. 
Yana shunday ishoralardan biri “ko‘mir yutgan” ma’nosini anglatadi. Savol, ko‘mir yutgan deb qanday odamlarga ishora qilish mumkin? 

Javob: Ichi qora

3397. Hozirgi kunda Finlandiyada ushbu kasallik bilan kasallangan odamni harbiy xizmatga qabul qilishmaydi. Xitoy 2008-yil bu kasallikni tan olib, kasalxona ochib odamlarni davolay boshladi. Bir yildan so’ng AQSH da shunaqa kasalxonalar ishga tushdi. Bizda hali unday kasalxonalar yo’q bo’lsa ham, lekin shunday kasallar ko’p!
Kasallikni toping?

Javob: Telefonga mukkasidan ketganlar

3398. Yolg’on so’zlash bu juda og’ir gunoh sanaladi. Buni hatto Aflotun ham o’z bitiklarida yozib qoldirgan: «Men hech qachon yolg’on so’zlashmaganman, meni kasbimda yolg’on so’zlash yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi. Balki meni kasbim X bo’lganida yolg’on so’zlashishim mumkin edi».
Savol: Aflotun kimlarni ya’ni qaysi kasb egalarini nazarda tutgan?

Javob: «Tabib ya’ni Shifokor bo’lganimda bemorni ruxini ko’tarish uchun yolg’on so’zlagan bo’lar edim» deb yozgan.

3399. Bilamizki futbol millionlar o’yini, uni albatta muhlislarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Har bir jamoa muxlislari o’z jamoasiga atab qo’shiqlar kuylashadi (muxlislik qilishadi). Terma jamoalarga kelsak , muxlislikni qoyillatib qo’yishadi. Masalan o’sha Islandlarning ajoyib qarsakli harakatini aytishimiz mumkin. Bu harakatni Islandiyada «X» deb atasharkan ! Diqqat savol : Ushbu harakatni, «X» ni ikki so’zda ayting?
Javob: Vikinglar qarsagi

3400. Aksariyat yo’l harakati belgilarining shakli uchburchak to’rtburchak shaklida. Lekin negadir «stop» belgisining shakli sakkizburchak shaklida. Savol: nima uchun «stop» belgisi sakkizburchak shaklida?
Javob: Qor yoqqanda aynan sakkizburchak shaklidagi belgilar qorga burkanmaydi.