36-qism savol javoblar

Savol javoblar t.me/Eski_Savollar_Bazasi telegram kanalidan olingan.

3501. Fransuz mutaffakiri Mishel Monten «X» lar ishi haqida shunday degan ekan: «Baxtlilar,bu «X» lardir! Ularning muvaffaqiyatlari quyosh nurida yarqiraydi, muvaffaqiyatsizliklari esa tinchgina yer ostida yashiringan»
Diqqat savol: Mishel Montenning fikricha kimlarning muvaffaqiyatsizliklari yer ostida yashiringan?

Javob: Shifokorlar

3502. X- Katta Ayiq yulduz turkumidagi yulduz. U uchta kichik yulduzdan tashkil topgan, yorqinligi Quyoshnikidan 74 marta kuchlidir.
Xni ayting?

Javob: Mitsar

3503. «Bu ish» ni xalqimizning bema’ni odatlaridan biri desak mubolag’a bo’lmaydi. «Bu ish» ga «o’z mulkiga aylantirib olish» deb ta’rif berish mumkin. Bir mashhur o’zbek sanatkori «bu ish» ni amalga oshirgan bo’lsada, uning «xususiy mulki» ni boshqa birov olib qo’yganligi va o’zi yig’lab qolganligi haqida kuylaydi. «Bu ish» ni bir Amerikalik ham bajargan faqat uning maqsadi bizdagi odatdan butunlay farq qiladi.
Diqqat savol: «bu ish»ni ayting?

Javob: bu ish » Quloq tishlash»
Amerikalik esa mashhur bokschi Mayk Tayson

Ozodbek Nazarbek qo’shig’i:
Kuyib, kuyib kul bo’lsin
Seplar to’la sandiq qoz
Bugun meni yig’latding
Bir qulog’i chandiq qiz…

3504. Hindistonda «Ideal ayol qanaqa bo’lishi kerak»-degan so’rov o’tkazildi. Ko’plab erkaklar ideal ayolning ko’zlarini bir jonzot ko’ziga, qadam tashlashini esa boshqa bir jonzot qadamlariga o’xshatishdi.
Bu jonzotlarni ayting?

Javob: Sigir va Fil

3505. Dunyodagi eng yirik 10 ta daryodan faqat bir donasi oʻzi oʻqib oʻtadigan davlat nomi bilan ataladi.
Diqqat savol: Ushbu daryo nomini ayting?

Javob: Kongo

3506. Amerikada bu jonzot avval bo’lmagan. Uni AQShga qishloq xo’jaligiga foydasi tegadi degan maqsadda olib kelishgan. Foydasi tekkan ham. Lekin ko’p o’tmay ular shu qadar ko’payib ketganki natijada ularga qarshi kurash boshlangan. Chunki ular o’simliklarni, ekinlarni yeyishni boshlagan. Hatto ular sababli Amerikaga boshqa qit’adan har qanday jonivor olib kelishni taqiqlovchi qonun ham chiqarilgan.
Bu jonzotni nomini ayting?

Javob: Chumchuq

3507. Mark Tven fikricha mushuk bilan yolg’on o’rtasidagi farq nimada?
Javob: Mushuklarda 40 ta joni bor yolgʻonni umri qisqa

3508. «Shergʻozixon madrasasi», «Islomxoʻja minorasi», «Nurillaboy saroyi» kabi qadimiy obyektlar qaysi shaharda joylashgan?
Javob: Xiva

3509. Bu qushlar juda aqilli va sodiq do’st hisoblanishadi, agar ulardan biri kasal bo’lib qolsa sog’ayguniga qadar do’stini ovqat bilan ta’minlab turadi.
Bu qaysi qush?

Javob: Qarg’a
Va ular armiya to’plab bir birlari bilan jang ham qilishadi

3510. Yapon xalq maqoli – Uning birinchisini senga xudo, ikkinchisini insonlar, uchinchisini shayton jo‘natadi.
Diqqat Savol Gap nima haqida gap ketmoqda?

Javob: Xotin

3511. Ginnesning rekordlar kitobiga har kirishni orzu qilsa kerak. Maykl Jekson esa o’zi bilmagan holatda rekordlar kitobiga kiritiladi. Demak savol M.Jekson nima uchun rekordlar kitobiga kirgan?
Javob: M.Jekson 50 yilda davomida 50 marotaba qiyofasi o’zgartirgani (50ta plastik operatsiyaga)uchun rekordlar kitobiga kiritiladi.

3512. Xalifaligga qaytamiz biz bilgan Xalifa Umarni siz-u biz islom tarixidan yaxshi taniymiz xalifa Umarni oldiga bir kuni bir ortog’i tashrif buyurdi u o’rtogiga yonida o’tirib biroz kutishini aytdi va u davlat ishlarini tugatib yonidagi shamni o’chirib boshqa ikkinchi shamni yoqdi undan keyin o’rtogi nimaga bunday qilganni so’radi.
Diqqat: savol u nimaga bunday qilganni ayting?

Javob: Shamlarni almashtirishdan maqsad davlat mulkiga zarar yetkazmaslik
Izoh: o’rtog’i kelganda u davlat ishlari bilan band bo’ladi davlat ishlarini tugatib o’zini shaxsiy hayotiga qaytadi.

3513. Mashhur teleseriallardan birida bosh qahramon «Doktor Gregre» – » U «larga qachondir nimanidir so’raganda doim rost gapirish eng maqbul variant, sababi katta ehtimol bilan ular bergan savolini javobini o’zlari bilib bo’lishgan !
Savol : Ular deganda ushbu persanaj qahramoni kimlarni nazarda tutgan?

Javob: Ayollar

3514. AQSH dagi bir restoranda barcha hodimlar kallar hisoblanadi. Diqqat savol: Bu restoranning reklama shiori qanday?
Javob: Ovqatizdan soch tolasi topmaysiz.

3515. Qadimdan sharq bozorlarida o’z molini baland ovozda reklama qilib sotish odat bo’lgan. Ammo Sharqqa XVII asr boshlarida kirib kelgan bir mahsulot borki, u hech qachon baqirib sotilmagan. Uni reklama qilish uchun yoniga gul qo’yilgan. Bunda gulning go’zalligi qadriga yetgan odamgina uning qadriga yetadi degan falsafiy ma’no bo’lgan.
Uni faqat qariyalar sotishgan.
Savol: u mahsulot nima?

Javob: U mahsulotni avval yeyishga ham, sotishga ham cho’chishgan. U mahsulotga odamlar o’rganguncha o’n yillar o’tgan. Hozir ham uni bozorda birov maqtab turganini ko’rmaysiz.
Bu-achchiq qalampir edi.

3516. Bu shifobaxsh o’simlik ko’hna zamonlardan beri azizlanib kelinadi.
Bu o’simlik o’z o’rnida kuchli antibiotik o’rnida ishlatiladi. Rim askarlari, Misr
ehromlari qurilishida band bo’lgan quruvchilar kundalik ovqat mahsulotlari
tarkibiga qat’iy ravishda kiritilgan. Ularning fikricha, bu o’simlik lashkar-
quruvchilarga kuch-quvvat baxshida etish bilan birga ularni shijoatga chorlar ekan.
Savol: bu shifobaxsh o’simlikni nomi nima?

Javob: Sarimsoqpiyoz chesnok

3517. Samarqand do‘ppilaridagi belgilarning ma’nolarini ayting.
1-qalampir
2-katta tepalik
3-kichik tepalik
Bular qanday belgilar?

Javob: 1-Qalampir–> Farzand
2-Katta tepalik–> Qabr
3-Kichik tepalik–>Beshik
Izoh: Har bir insonning boshiga shu 3 narsa tushishini bilgan holda…
Boshga do’ppi kiyib yuramiz…

3518. Estoniyada turmushga chiqayotgan qizlar shisha ichiga qog‘ozga yozilgan so‘zlarni solib daryoga uloqtirar ekanlar. Savol qog‘ozga nima yozilgan?
Javob: Qizlik familiyasi

3519. Amerikalik psixolog tomonidan o’ylab topilgan savol test?
Ikki opa singilning onasi vafot etibdi. Marakalarining birida singil bir erkakni ko’rib uni yaxshi ko’rib qolibdi. Bir oy davomida u insonni qidiribdi lekin hech qayerdan topolmabdi. Keyin o’z opasini o’ldiribdi.
savol U nega unday qildi ?

Javob: Opasini o’ldirsa o’sha yigit qaytib kelishini bilgan.

3520. Inson hayotida juda kup buyumlar ishlatadi lekin bu buyum boshqa davlatda bilmadimu ammo O’zbekistonda har bir xonadonda bo’lsa ajab emas bu buyum ko’rinishidan juda oddiydek tuyuladi ammo aslida u o’ta sir va sinoatga boy buyum ekanini ko’pchilik o’ylab ham ko’rmasa kerak
Bu buyum inson hayotida muhim ahamiyatga ega ammo bu buyumni har kun ham ishlatmaymiz lekin bu buyum har kun ishlatilsa juda ham yaxshi bo’lar edi
Ho’sh savol bu buyumni siz menga maksimal aniqlikda aytib bering vaqt ketdi?

Javob: Bu beshik edi
Izoh: beshik har bir O’zbek xonadonida bor va qadrlanadi beshik ko’rinishidan oddiy tuyuladi ammo unga ancha mehnat sarflanadi va undagi naqshlar va beshikning to’g’riligi yosh bolalarni tanasini va ongini to’g’ri rivojlanishiga o’rni beqiyosdir.

3521. Bu ish bilan shug’ullanuvchi kishilar ishga kirishishdan oldin yaxshilab yuvinishadi, maxsus kiyim kiyishadi, oyog’iga etik, egniga maxsus korjama, xohlasa qo’lqop ham kiyishgan. Bu kishilar og’ir bosiq kishilar bo’lishligi shart. Ishga kirishishdan oldin iloji bo’lsa, soqol oligach odekolon sepishmaydi, hidli sovunda yuvinishmaydi.
Ular nima ish bilan shug’ullanishadi?

Javob: Asalari o’tkir, suniy hidlarga tajovuzkor bo’lib ketadi, keskin harakatlarni ham yoqtirishmaydi. Ular asalari boquvchilar.

3522. «Men devorni teshdim – kumushni ko’rdim; kumushni teshdim – oltinni ko’rdim».
Topishmoq javobini toping?

Javob: Tuxum

3523. Abu Xurayra r.a aytadilar;
Odam bolasi qulog’i tuproq bilan to’lishi…….. eshitib unga ijobat qilmagandan yaxshiroq, deganlar. Savol. Ulug’ sahoba nimani aytmoqdalar?

Javob: Azon

3524. «Agar mog’orlangan nondan penitsillin olish mumkin bo’lsa, unda sizdan ham biron narsa chiqarish mumkin.» Aslida, siz boshidanoq kim bo’lsangiz, siz oʻsha xohlagan odamingizga aylanishingiz mumkin.
Muhammad Ali
Bu soʻzlar kimga qarata aytilgan?

Javob: Ushbu so’zlar o’zlarining qobiliyatlariga shubha qiladigan odamlarga qaratilgan.

3525. XVI asrga oid bir ingliz manbasida uni qanday bo’lishi kerakligi ta’riflanadi: «U qordek oq ham, Marina Makdalina kabi serko’zyosh ham , yuzta ko’zli Argusga ham o’ta o’xshash hamda Mafusail kabi o’ta qari ham bo’lmasligi kerak».
Yuqorida qaysi mahsulotga ta’rif berilgan?

Javob: Bu- Pishloq.
Yelizaveta davrida pishloqqa jiddiy yondashilgan. Tadqiqotchilardan biri unga aynan ushbu sifatlarni bergan:» Uni rangi qor kabi oq bo’lmasligi, suyuqlik ko’pligidan yig’loqilikda Makdalinaga o’xshamasligi, teshikchalari yuz Argusning ko’zlaridek ko’p.. bo’lmasligi kerak».

3526. Insonda bilamiz suyaklar bir biri bilan birikan holda bo’ladi lekin shunday suyak bor hech qanday suyak bilan birikmagan u qayerda joylashgan?
Javob: Til osti suyagi no’hotdek suyak bor.

3527. To’rtta viloyatdan kelgan toshkentlik, buxorolik, samarqandlik va xorazmlik to’rt xil unvonli to’rt nafar harbiy xizmatchi bor. Ular – general, mayyor, leytenant va oddiy askar. Bizga shunisi ma’lumki, Alisher – buxorolik general. Bekzod – samarqandlik. Davron – oddiy askar. Mayyor – toshkentlik emas. Karim – leytenant emas.
Diqqat savol: Bu yerda kim xorazmlik?

Javob: Mayyor Karim.

3528. London metrosida shunday so’zlar yozib ketilganini ko‘rishimiz mumkin. The earth without art is just….. !
Ya’ni: Yer san’atsiz …. dir. Inglizchasiga javob to‘g‘ri va mantiqan mos tushadi.
Rasmda o‘chirilgan iborani toping?

Javob: «Eh» Earth

3529. «Ispaniya»
Osiyo
Gankok
Ancha yilik dam olishdan so’ng
«Qushlar»
So’ngra «cho’chqa».
Umumiylikni topgan bo’lsangiz aytingchi bugungi kunda uning yangicha nomi qanaqa?

Javob: KoronaVirus

3530. «Titanik» kemasi cho’kkanda tirik qolgan Noely Makfray ismli ayol bir yildan keyin do’stlari bilan restoranda o’tirganda ,birdaniga tanasida titroq bosib qo’rquvga tushadi-xuddi Titanik cho’kayotgan vaqtlardagidek.
Aytingchi bu ayol nima uchun bunday qo’rquv holatiga tushgan?

Javob: Titanik cho’kayotganidagi musiqani eshitib qoladi

3531. Yuqorida Siz ko’rib turgan rasmda bir davlatning milliy ichimligi aks etgan. Uning boshqalardan farqli jihati bu spirtli ichimlik ichiga qurt solib qo’yiladi. Bu ish ham o’zidan o’zi qilinmaydi. Buning ham sababi mavjud. Hurmatli bilimdonlar, spirtli ichimliklar xususiyatini D.I.Mendeleyev kashf etgan «sonni» va mantiqni ishlatgan holda nega ichimlik ichiga qurt solib qo’yilganligini ayting?

Javob: 40 gradus quvvatda qurtning chirimasligi ichkilik sifatli ekanidan dalolat beradi. Xazillarga ko’ra esa D.I.Mendeleyev aynan spirtli ichimliklardagi 40 raqamini o’ylab topgan deyishadi.

3532. Inson tanasidagi eng murakkab mushak qaysi?
Javob: Inson tanasidagi eng murakkab mushak — bu yurak. Olimlarning hisob-kitoblariga ko’ra, 70 yillik hayot davomida yurak 2,5 milliard martadan ko’proq uradi va butun tanada 175 million litrdan ko’proq qonni aylantiradi!

3533. Erkin Vohidov universitetni bitirgandayoq mashxur shoir edi. Uni yonida uylanish masalasi paydo bo’ladi. Ustoz Said Ahmadga maslaxat solib «3000 so’m pulim bor. Uylansammi, mashina olsammi uy olsammi» deydi. Said Ahmad esa hazillashib «Sen yaxshisi Uni sotib ol. Masala o’z-o’zidan hal bo’ladi» deydi.Birinchi U 1801-yil Richard Trevitik tomonidan ishlab chiqarilgan.
Nimani sotib olishni aytgan?

Javob: Avtobus

3534. Tipratikanlar sut emizuvchilarning qaysi turkumiga mansub?
Javob: Hashoratxo’r sutemizuvchi

3535. Mediklar orasida shunaqa hazil gap bor. Agar XXI asr ayrim yoshlari shu ketishda ketishsa kelajak A va Y larniki. Hozirgi yosh avlodni ko’z oldizga keltirgan holda javob bering?
A va Y bu tibbiyot sohasi?

Javob: Okulist va Lor
Chunki kompyuter telefon va boshqa sababla tufayli ko’z nuriga tasir qiladi . Keyinchalik okulistga borishga majbur bo’linadi.
Naushnik sabab quloq eshitish tizimiga tasiri bolib Lor doktoriga boriladi.

3536. Bu Tovar bilan savdo qiladigan tadbirkorlarimizning ishi bahorning ilk kunlarida ayniqsa gullab yashnaydi. Qaysi tovarligini toping?
Javob: Gul

3537. Nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday degan ekanlar: Men odamlar bilan toki ular «Laa ilaaha illallohu, Muhammadur Rasululloh,» deb shahodat keltirgunlarigacha, namozni to’kis ado qilgunlaricha vazakotni beradigan bo’lgunlaricha «X»ga amr qilindim. Qachonki shuni qilsalar, mendan qonlari va mollarini saqlagan bo’ladilar.
Savol: «X»-ni maksimal aniqlikda ayting?

Javob: Urush

3538. Bir sevgi borasida ishi yurishmagan odamni gapi bo’yicha, agar sevgan odamidan ketmoqchi bo’lsa albatta bu ishni qilish kerak emish.
Chunki bu ishni qilsa keyin ko’ngil xohishi bo’lsa ham sevgan insoniga qaytishni iloji bo’lmas emish.
Urush payti himoyalanuvchi, chekinayotkan tomon ham bu ishni qiladi.
Diqqat savol: Bu ish?

Javob: Ko’priklarni yoqish.
Sevganini vafosizligi uchun, yoki boshqa sabab bo’lsa, uni tel nomerini, smslarini, xullas unga tomon olib boruvchi har qanday yo’llarni yo’q qilish. Xullas sohilni bu tomoniga o’tib olib, ko’prikni yoqish))

3539. Portugal tilidan tarjima qilinganda: TAYOQ ZARBI ma’nosini anglatuvchi, oyoq va belni alohida harakatlantirib juft-juft bo‘lib o‘ynaladigan Brazilcha raqs turi shunday nomlanadi.
Bir paytlar bizda ham rosa XIT bo‘lgandi mana shun ashula. Qo‘shiqdagi so‘zlar: BIZ BAR OLDIDA KUN BO‘YI RAQS TUSHAMIZ degan so‘zlari bor edi.
Bu raqs nomini toping?

Javob: Lombada

3540. «Keng olamga sigʼmaydigan buyuk zot boʻlib ketganingda ham, tor quchogʼimda yigʼlab yotganingni unutma»
O’.Hoshimov asarlarini o’qigan bo’lsangiz, bu yozuv qayerda ekanini darrov topasiz.
Diqqat savol: Bu qayerdagi yozuv?

Javob: Beshik

3541. Haydovchi yuk mashinasini haydab ketyapti. Chiroqlari yoqilmagan. Osmonda oy ham yo’q. Yo’lni piyoda kesib otyapti.
Haydovchi qanday qilib piyodani payqashi mumkin?

Javob: Haydovchi mashinani kunduzi minib ketyabti.
Oy bu paytda bo’lmaydi. Chiroqlarni ham yoqish shartmas.

3542. Unda dukkakli o’simliklardagidek oqsil moddasi serob. Bundan tashqarii unda ruh elementi ham bisyor. Agar undan taom yoki sharbat tayyorlansa, kaloriyasi sigir go’shtinikidan 4 barobar yuqori bo’ladi. Xitoyda fermerlar maxsus beton bokslarda ularni boqib restoran va kafelarga sotadilar.
Savol: nima to’g’risida gap ketmoqda?

Javob: Xitoyda bu narsadan tayyorlangan sharbat o’ta tanqis hisoblanadi. Bu sharbat va taomlar chumolidan tayyorlanadi.

3543. O’tkir Hoshimovning “ Dunyoning ishlari” asarini onasiga, umuman barcha onalarga bag’ishlaydi. Yozuvchi olis bolaligini eslar ekan: “Balki olamdagi barcha onalarni joni birlashishidan U paydo bo’lgandir…” deya o’ylaydi. Diqqat savol: Uni toping?
Javob: Quyosh

3544. Kastor va Polidevk, Gerakl va Meleagr, Orfey, Peley va Telamon. Ularning
boshqaruvchisi kim?

Javob: Yason

3545. Konfutsiy aytgan ekan:Eshitsam unutaman, ko’rsam eslab qolaman, Bajarsam…..”
Diqqat savol:Bajarsa nima bo’lishini toping?

Javob: Tushunaman

3546. Antuan de Sent Ekzyuperi qanday qilib X yordamida cho‘lda ikki litr shudring yig‘ib olgani haqida yozgan. Futbol reportajlaridan birida Milosh Krasichning “X”i jamoani mag‘lubiyatdan qutqarib qolgani haqida aytilgan. X ni bir so‘z bilan nomlang?
Javob: Parashyut edi

3547. Suaxili tilini bilmaysiz. Lekin u tildagi bit so’zni mashhur multfilmdan ko’p eshitganmiz va ishlatganmiz. U so’zning ma’nosi «xavotirsiz yaxshi yashash» degani.
Bu Qaysi so’z?

Javob: Akuna matata

3548. Aynan mana shu poytaxt shaharning ichida boshqa bir davlat joylashagan.
Bu qaysi shahar va davlat?

Javob: Italiya poytaxti Rim va unda joylashgan Vatikan

3549. Bu shaharga mo’gullar asos solishgan. Uning ma’nosi «Saroy» degani. Siz menga bu qaysi
shahar ekanligini emas, u qaysi viloyat poytaxti ekanligini ayting?

Javob: Qarshi – Qashqadaryo viloyati poytaxti.

3550. Rus xalq topishmog‘i: Uyda muzlaydi, hovlida muzlamaydi. Nima?
Javob: Deraza oynasi

3551. U dastlab joriy qilinganda uni qo‘llash ommaviy ravishda til rakini keltirib chiqaradi degan mish-mishlar tarqalib ketgan. Uni toping?
Javob: Pochta markasi

3552. Biz bilamizki qurilish ishlari pastdan yuqoriga qarab ishlanadi. Shunday qurilish ishi borki, u yuqoridan pastga qarab ishlanadi,fundament esa eng oxirida qo’yiladi. Diqqat savol bu qanday qurilish?
Javob: Quduq Qazish

3553. Universitetlarda magistraturani bitirgan talabalarga, bitiruv marosimi bo‘lgan kuni diplom berilmidi, faqat diplomning nusxasi beriladi. Asl nusxa esa ertasi kuni beriladi. Diqqat savol nima uchun bitiruvchilarga o‘sha kuni diplomning asl nusxasi berilmidi?
Javob: Hammamizga ma‘lumki magistrlar hammasi bir xil kiyim kiyishadi.O‘sha tadbir bo‘lgan kuni diplomdan faqat nusxani olishadi va ertasi kuni kiyimni topshirishgach asl nusxasini olishadi.Magistr kiyimini qaytarib olishda muammo bo‘lmasligi uchun diplomdan faqat nusxa berishgan.

3554. Kornes Remengue bir asar qahramonini g‘aroyib fikrlari bilan ajralib turishini yozadi.
Masalan : Kuppa-kunduzi g‘irt begona kishiga boshimizni ishonib topshiramiz deb,sartaroshlarni nazarda tutadi.Yana bir g‘aroyib fikrida esa:»Ular olomon orasida odam ovlashadi» -deganda kimlarni, qaysi soha kishilarini nazarda tutadi?

Javob: Taksislar

3555. Itlar uchun qaysi sabzavotning 25 grammi o’ldiruvchi ta’sir ko’rsatishi mumkin?
Javob: Piyoz

3556. Inson qancha yil yashamasin uning uchun hayotda eng muhim 2 ta narsa bor.Insonning eng ko‘p vaqti ularda o‘tadi.Bu fikrni fransuz dramaturgi Marshel Ashar aytgan.1-narsa bu kravat,inson hayotining 1/3 qismi kravatda o‘tadi. Qolgan 2/3 qismi esa Unda o‘tadi. Diqqat savol U nima?
Javob: Oyoq kiyim

3557. Ushbu ro‘yxatga diqqat bilan e‘tibor qiling: arqon, tuz, arpa va suv .
Abu Ali Ibn Sino bir kasallikni davolashda aynan ushbu ro‘yxatdagilardan foydalangan. Diqqat savol u aynan qanday kasallikda foydalangan?

Javob: Oyoq chiqqanida
Izoh: Ibn Sino Oyoq chiqqanida, otga sho‘r arpa beradi va ot chanqab ko‘p suv ichadi,bemorni otga o‘tqizib,ikki oyog‘idan arqon yordamida bog‘laydi.Ko‘p suv ichgan ot qorni ishadi va chiqqan joyi o‘z o‘rniga sekinlik bilan tushadi.

3558. Alloh insonni eng mukammal, eng mukarram zot qilib yaratgan. Bas, shunday ekan, yomon odamlar qayoqdan paydo bo’ladi?
Nachora, X bor ekan, Y ham bo’laveradi. Buyog’i o’zingizga bog’liq: xohlang, X bo’ling, xohlang, Y…
O’tkir Hoshimov

X va Y ni toping?
Javob: X-nur Y-Soya

3559. Zoologiya fanida Karbdan Farelgacha degan ibora bor. Bu nimaningdur o‘lchovini bildiradi. Ya‘ni ozodalik,tozalik o‘lchovi desak ham bo‘ladi. Diqqat savol nimaning o‘lchovi?
Javob: Suvning tozaligini aniqlashda
Izoh: Karb va Farel baliqlar turi bo‘lib,ifloslangan suvdan tozalikkachani bildiradi.

3560. Bir binoning kiraverishida, Qur‘oni Karimning 89-surasi “Al-Fajr”, ya‘ni “Shafaq”dan 4 oxirgi oyati yozilgan: “Sen osoyishta bo‘lgan qalb! Sen Xudoning oldiga mamnuniyat va erishgan xursandchiliklaring bilan qaytgin! Mening qullarim bilan kir! Mening jannatimga kir!” so‘zlari bitilgan.
Savol: Bu qaysi bino?

Javob: Tojmahal

3561. Tarixda shunday bir inson yashagan u inson o’zi G’arblik bo’la turib sharqlik elatlar tilini mukammal o’rganadi. Va Sharqqa o’sha xalqlarning fuqarosi sifatida sayohat qiladi. Shu qadar u Sharqni sevib moslashganligidan hech kim uni G’arblik deb o’ylamagan.
U hattoki xonning nazariga tushib saroyda ham xizmat qilgan. Lekin uning bir ishi tufayli u G’arblik ekanligini sezib qolishadi!
SAVOL. U inson kim va qaysi bir ishi uchun uni Sharq fuqarosi emasligini sezib qolishadi?

JAVOB: Bu inson Herman Vamberi edi. U Xiva xonligiga ayg’oqchi bo’lib keladi o’zini darvesh deb tanishtirib xajdan qaytayotganligini aytadi. Tilshunos olim bo’lganligidan Turk tilini mukammal o’rgangan edi. U aqliy qobiliyati bilan hatto xon saroyida ham xizmat qiladi. Xon sovg’a qilgan eshshakda butun Xivani aylanib chiqadi.

3562. 1-aprel kuni Italiyalik odamlar yosh bolalarni hazil tariqasida do‘konga turli narsalarni olib kelishni buyurar ekan. Masalan shamolni ushlash uchun ip, qiltiqsiz cho‘rtan baliq va allaqanday tayoq. xo‘sh aytingchi tayoq qanaqa?
Javob: Bir tomonli tayoq

3563. Shunday kasb egalari bor: Ularni bitta uyining puliga butun shaharni qursa bo’ladi. Bitta ish kiyimiga katta kiyim fabrikasi ochsa bo’ladi. Ularni yeb ichishlari uchun alohida firma shug’ullanadi. Kamiga ular dunyodagi eng tez internet bilan taminlanganlar.
Savol: ular kimlar?

Javob: Kosmonavtlar

3564. Bir o‘rta yosh kishi donishmandning oldiga borib,men yaxshi yoki yomon inson ekanligimni qanday bilsam bo‘ladi deb so‘rabdi. Shunda donishmand sen borginda Ulardan so‘ra debdi. Shunda yigitning yodiga uylangan payti kelibdi.
Ular kimlar?

Javob: Qo’shnilar

3565. U uchun ikki-uch hissa ortiqcha to‘lashga to‘g‘ri keladi. U – dunyodagi eng mavhum va eng qimmatbaho matoh.
U-ni toping?
E.M.Remark

Javob: Baxt

3566. Qadimda fransuzlarda yangi tug‘ilgan chaqaloq yoniga bir nechta sham yoqib qo‘yish marosimi bo‘lgan, Bu qanday marosim va sham nimaga yordam bergan?
Javob: Bolaga ism berilgan qaysi sham oxirida o‘chsa o‘shanga qarab

3567. 1950-1951-yillarda Yevropada ayrim banklar o‘zlariga Olmaxonni emblema qilib olgan.
Diqqat savol: Qanday banklar?

Javob: Jamg’arma banklar

3568. Siz miyada qo‘shish-ayirishni yaxshi bilasizmi? Keling sinab ko‘ramiz:
Masalan, 46 ga 13 ni qo‘shsak, nechi?
To‘g‘ri, 59.
46 dan 13 ni ayirsakchi?
To‘g‘ri, 33.
Boloniya universiteti psixologlari bir eksperiment o‘tkazishgan. Unga ko‘ra, bir vaziyatda ishtirokchilar qo‘shishni osongina bajarishgan, boshqa holatda esa ayirishni. Olimlar bu holatni eksperiment boshlanmasidan oldinoq ishtirokchilarning qo‘shish yoki ayirishga ruhan tayyorligi bilan bog‘lashgan.
Diqqat savol, eksperiment ishtirokchilari bungacha qayerda bo‘lishgan edi?

Javob: Lift
Izoh: Liftdan yuqori qavatga ko‘tarilganlar beixtiyor qo‘shish amallarini, liftdan pastga tushganlar esa, aksincha ayirish amallarini osongina bajarishgan ekan.

3569. Qadimgi turkiy xalqlar yashash tarzidan kelib chiqib aytingchi nega to‘y va aza marosimlari o’ta uzoq davom etgan?
Javob: Uzoqdagi qarindoshlar yetib kelishga ulgurishi uchun
Chunki ko‘chmanchi bo‘lgan boshqa joylarga tarqalgan qarindoshlari yetib kelolmasligi mumkinda.

3570. Avstraliyalik Jeyms Harrison umri davomida 1173 marotaba u ishni qilgan va Ginnesning Rekordlari kitobiga kiritilgan. Qanday ish qilganligini aniq ayting?
Javob: Qon bergan.
Izoh: Uni «oltin qonli inson» deb ham atashadi. U universal qon beruvchi hisoblanib 200 000 mln dan ortiq bolaning hayotini saqlab qolgan.

3571. Xasan haftaning dushanba, seshanba va chorshanba kunlari yolg’on gapiradi va qolgan kunlari esa faqat rostni. Xusan esa Payshanba, Juma va Shanba kunlari yolg’on ishllatib, qolgan kunlari rost gapiradi. Kunlardan bir kuni ular orasida shunday suhbat bolib otdi:
Xasan: — Kecha men yolg’on gapiradigan kunlarning biri edi
Xusan: — Kecha men ham yolg’on gapiradigan kun edi.
Savol: Ushbu suhbat haftaning qaysi kunida sodir bo’lganini toping?

Javob: Payshanba

3572. Bunday insonlarni chivin ikki barobar ko’proq chaqar ekan. Ularning tana harorati ham boshqalarnikidan yuqori bo’lar ekan. Ularni farosatli odamlar darrov payqaydilar
Ular?

Javob: Homilador ayollari

3573. Dunyoda uning 600 dan ortiq turi mavjud. Nima uchundir uni ishlab chiqaruvchi
dastlabki fabrika Italiyada emas, balki 1848 yili Nyu-Yorkdagi Bruklin shahrida Antoini Segera
tomonidan ochilgan. Gap nima haqida ketayotganligini topgan bo’lsangiz, u sifatli bo’lishi uchun
tarkibida nima kamida 5.5% ni tashkil etishi kerak?

Javob: Tuxum. Gap makaron haqida edi

3574. Dunyoda shunday bir jonzot borki , u och qolgan paytida hatto o’zini o’zi yeyishi ham mumkin ekan.
Diqqat savol: u qaysi jonzot?

Javob: Chayon

3575. U akademiya emas lekin unda Olimlar bor, u Xarita emas unda Davlatlar bor, u Gallaktika emas lekin unda Yulduzlar bor gap nima haqida ketmoqda?
Javob: Mendeleyev Davriy jadvali

3576. Narshaxiyning ma’lumotiga ko’ra Arablar istilo qilgan hudud aholisi arablardan moddiy manfaatdor bo’lishgan. Arablar mazkur hudud aholisiga bir ishlari uchun 2 dirhamdan berishgan.
Qanday ish evaziga?

Javob: Masjidga borganliiklari uchun

3577. Biz bilamiz-ki ko’mir konlari va yer ostida bo’ldigan barcha ishlarda ustun sifatida yog’ochlardan foydalanishadi.
Savol: Nima uchun aynan yog’ochdan foydalanishadi ahir yog’ochdan ham bardoshliroq narsala bor-ku?

Javob: Temir ustun vaqt oʻtib zanglab erroziyaga uchraydi

3578. Bir gazetada tishlarni yaxshi holatda saqlashning uchta qoidasi keltirib o’tiladi:
1. Tishlarni bir kunda ikki marta yuvish;
2. Bir yilda kamida 2 marta stomatologga borish;
Uchinchi qoida esa ko’proq maslahatga o’xshab ketadi va unda tish emas balki burun eslab o’tilgan. Uchinchi qoidani yozib bering?

Javob: Begona ishga burun suqmaslik

3579. Bu ne ,,hayvon» qishda ovqat yeb, yozda uxlar, garchi qoni bo’lmasada badani issiq
U nima?

Javob: Pechka

3580. Sadiy uni xazinaning kalita degan. Eshik yopiq paytida u yerda nima borligini hech kim bilolmaydi, qimmatbaho tosh bormi yoki keraksiz buyum.
Irving esa uni ishlatilganida ham o’tmaslashib qolmaydigan yagona kesuvchi asbobga qiyoslagan.
U nima?

Javob: Til. Язык

3581. Inson X da bo’lgan vaqtda doimiylikdan biroz bo’lsada o’zgarishi bu fakt. Ya‘ni yurish turish, so’zlashuv, xatti- harakatlar. Yana bir ma’lumot X maktab darsligi bilan bir xil atalishini hisobga olgan holda X ni ayting?
Javob: Yo‘l harakati qoidalari

3582. Chingiz Aytmatovning » Oxirgi zamon nishonalari» asarida shunday ta’rif keltiriladi.
《U koinot qa’ridan chiqadi , uning yaratuvchisi esa go‘yo radar orqali uni koinotdan tutib oladi, Unga sayqal beradi va uyg’unlashtiradi. U insonlarga umrlarining qisqaligi evaziga mukofat qilib berilgan go‘yo》
Savol: Adib nimaga ta’rif bergan?

Javob: Musiqa

3583. Janubiy Koreyada ota-onalar farzandlarini pishiq-puxta, mustaqil bo‘lsin deb
ataylab shunday maktablarga berishar ekan. Hurmatli bilimdonlar, Janubiy
Koreyalik ota-onalar qanday maktab farzandlarini tezroq mustaqil bo‘lishini
ta’minlaydi deb o‘ylashadi?

Javob: Ular ataylab qo‘shni Mavze da joylashgan maktablarga
bolalarini o’qishga berishadi. Odamlar bilan suxbatga kirishishga, yo’l qoidalarini
puxta o’rganishga o’rganishsin deb shunday qilishadi.

3584. Naqadar mehribonlik. Sizni har yerda ko‘zatib sizdan xavotir olib turadi. Sizni chin ma’nodagi «do‘stingiz» siz haqingizda qayg‘uradi. Lekin bu mehribonlik pullik. Faqat siz pul to‘lamaslik uchun o‘zingizni munosib tutsangiz bo‘lgani. Sizdan pul olishmaydi. Aytingchi bu mexribon «do‘st» nima?
Javob: Antiradar

3585. Xitoy an’analariga ko’ra ,har bir rangning ramziy ma’nosi bor.
Sariq rang -imperatorni bildiradi.
Yashil-daraxt ramzi.
Qora-suvni ifodalaydi.
Pekinda mashhur taqiqlangan Shahardagi ko’pchilik binolarning tomlari empirator ramzi bo’lgan sariq ranga bo’yalgan.

Diqqat savol.
U yerdagi qaysi binoning tomi qora rangga bo’yalgan?

Javob: Kutubxona
Izoh: Qora rang – bu suv. Suv bo’lsa, kitoblar yonib ketmaydi deb o’ylashgan.

3586. Diniy
1.Eng birinchi Islomdagi qurilgan masjid qaysi?
2.Eng birinchi Qur’oni Karim tasvirini alohida kitob shaklida yozgan kishi kim edi ?

Javob: 1. Qubo
2. Ali ibn Abu Talha.

3587. Bir salatning 1893- yilda dastlabki retsepti quyidagicha: 0,5 ta begana, 2 ta kartoshka, 1 ta bodring, 3-4 ta salat bargi, bir qoshiq mayonez, 1/4 stakan bulyon va X dan 5-6 dona. Bu retsept to’liq bo‘lishi uchun yana nima qo‘shish kerak, ya’ni X nima?
Javob: X – alif, ya’ni zaytun donalari edi. Shuning uchun bu salatning nomi keyinchalik «Oliviye» bo‘lib ketgan.

3588. O‘rta asrlarda uzoq safarga otlangan dengizchilarning barchasida hech bo‘lmaganda bir dona u bo‘lishi kerak bo‘lgan. Uning bo‘lishi uchun kerak bo‘lsa «qurbonlik» qilish zarur bo‘lsa ham u bo‘lishi har bir dengizchidan so‘ralgan. Uning vazifasi qora kunda, vafot etsa yoki nochor qolsa yordamga kelish bo‘lgan. Diqqat savol, uni ikki so‘zda topib bering?
Javob: Tilla tish!
Izoh: O‘rta asrlarda har bir dengizchida hech bo‘lmaganda bitta tishi, tilladan bo‘lishi kerak bo‘lgan. Zarur bo‘lsa sog‘lom tishini ham qurbon qilib, tillaga almashtirishgan. Agar mabodo pul kerak bo‘lsa yoki dengizchi olamdan o‘tib qolsa, uni uyiga qaytarish yoki dafn marosimi ko‘ngildagidek o‘tishi uchun aynan shu tilla tishni sotib o‘tqazishgan yoki uyiga jo‘natishgan dengizchini.

3589. Erkak kishini kabinetida tanasi ish stoliga egilgan, qoʻlida revolver bilan oʻlik xolda topishadi. Stolda esa diktafon yotardi. Politsiya hodimlari diktafonni yoqishi bilan tasmaga yozib qoldirilgan ovozni eshitishadi. Unda shunday deyilgan. «Men ortiq yashay olmayman. Menga hayotni qizigʻi qolmadi…». Keyin oʻq ovozi eshitiladi.
Siz nima deb hisoblaysiz? Qanaqasiga politsiya hodimlari erkak kishi oʻldirilganini darrov anglab olishdi?

Javob: Diktofon o‘chirilgan holda topilgan,ya‘ni qotil o‘chirgan.

3590. Bu Koreys rassomi Xyuko Lining kartinasi. Siz bu skeletlarni egalarini juda yaxshi taniysiz. Endi fantazyangizni ishga solib
Bu skletlarni egalarini ayting?

Javob: Tom va Jerri

3591. O‘zbek xalq maqollaridan biri:
1.Ilon quvsa o‘rga qoch,
…. quvsa go‘rga qoch – degan.
Ilon o‘rga, ya’ni tepalikka yaxshi o‘rmalay olmas ekan, shuning uchun. Maqolni 2- qatoridagi hayvon uncha-munchaga quvlamaydi. ammo bir quvish qilsa, jahl otiga minsa undan qochish amru mahol. Ammo qabristonga kirib olsangiz, marra sizniki, uni shiddat otidan tushira olasiz.
Savol: 2-qatordagi nuqtachalar o‘rnidagi nomi keltirilgan hayvonni toping?

Javob: Tuya

3592. Viktor Gyugo muhabbatga quyidagicha ta’rif beradi:
Muhabbat — Yaratganning donoligi, erkakning esa…
Diqqat savol: jumlani siz davom ettiring?

Javob: Ahmoqligi

3593. Bir insondan yutuqlarini sababini so’rashibdi.
U hammasi sabr tufayli debdi.
Unga «qancha sabr qilma suvni elak bilan tashib bo’lmaydi» deyishibdi.
U » Bo’ladi …ni kutish kerak» deb javob beribdi.
Nuqtalar o’rnidagi so’zni toping?

Javob: Qish kelishini kutish kerak. Ya‘ni qishda muzlaydi.

3594. Yapon shifokorlari u xizmatchilar boshqalarga qaraganda 2 soat koʻp uxlashlari, har kuni bir soat oftobda toblanishlari zarurligini tavsiya qilishadi. Savol (sohasini farqi yo‘q) qaysi xizmatchilar organizmi tiklanishi uchun yuqoridagi holatlar talab etiladi?
Javob: Kechasi ishlaydiganlar

3595. Tarixni otasi Gerodot shunday yozadi. X yoʻq joyda donolik bo’lmaydi, sanʼat gullamaydi, kuch boʻlmaydi, boylik foyda bermaydi va aql ojiz qoladi.
X oʻrniga qo’yiladigan soʻzni toping?

Javob: Sog’liq

3596. Fransuz yozuvchisi Gi de Mopassan Eyfel minorasini juda ham yomon koʻrgan, ammo u har kuni uning restoranida ovqatlangan. U buni nima deb izohlagan?
Javob: Fransuz yozuvchisi Gi de Mopassan Eyfel minorasini juda ham yomon koʻrgan, ammo u har kuni uning restoranida ovqatlangan.
Buning Sababi Gi de Mopassan Efel minorasi Fransiyada hamma joyidan ko’rinar edi va uni ko’rmaslikning bir yo’li bor edi bu esa efel minorasining restaranida ovqatlanish edi faqat shundagina eyfel minorasini ko’rinmaslikning iloji bor edi

3597. Uni olish uchun 200 ta ishchi kun bo‘yi dala kezishadi. Boshqa 200 ta ishchi qayta ishlash bilan shug‘ullanadi. Natijada, bir qo‘shiq u hosil bo‘ladi. Oxirgi gapda bir harf o‘zgartirilganini aytsam, u nima ekanligini siz topsangiz?
Javob: Asal

3598. Tailand qonunlariga ko’ra pul va tangalarni oyoq bilan bosish mumkin emas. Bunday ishni qilgan shaxslarga jarima solinadi. Bu qonun o’ziga xos chuqur ma’noga ega.
Savol nima uchun Tailandda pul va tangalarni oyoq bilan bosish mumkin emas?

Javob: Qirol rasmi tushurilgan

3599. Pifagorni so’zlariga ko’ra, ushbu o‘simlik insonga tetiklik va yaxshi kayfiyat ulashadi. Rim yozuvchisi Katonni so’zlariga ko’ra, ushbu o’simlik tufayli rimliklar yuz yil mobaynida dori-darmonsiz yashashgan. Аngliyada ushbu o’simlik sharafiga haykal ham qo’yilgan.
Ushbu o’simlikni toping?

Javob. Karam

3600. X -insonning abadiy go’zalligi va latofatidir.
X- siz yuz jonsiz jasadga o’xshaydi.X ortida yashringa so’zni toping?

Javob: x- Hayo