56-qism savol javoblar

Savol javoblar t.me/Eski_Savollar_Bazasi telegram kanalidan olingan.

5501. Bechora uysiz bir o’zi sayr qildi, keyin tramvay ketidan yugurdi, chiday olamay suvga sakradi, oxiri ishxonasiga bordi!
Savol oxiri uysizning ushbu kuni nima bilan tugadi?

Javob: Jinnixona
Izoh: Bulgakovning «Usta va Margarita» dagi poet Безмонный

5502. Siz yuqoridagi tarqatmada bir kompaniyani qayta tashkil etish haqidagi maqola uchun ishlangan rasmni ko’rib turibsiz. Tarqatmaga diqqat bilan e’tibor bergan holda ushbu kompaniya nomini ni aniq yozib bering rasm?

Javob: Microsoft.
Izoh: Microsoft logotipi to’rtta kvadratdan iborat: qizil, ko’k, yashil va sariq.

5503. Ushbu men sizga ta’riflamoqchi bo’lgan kompaniya va uning mahsuloti sizu-bizga juda yaxshi tanish. Bu kompaniya Aqshda Nyu-Yorkda, Buyuk Britaniyalik biznesmen tashabbusi bilaman tashkil topgan. Qiziq tomoni ushbu kompaniya o’z nomini bir necha bor o’zgartirgan. Masalan uning birinchi, ilk nomida o’zi bilan bir joyda sotilishi mumkin bo’lgan mahsulot nomini ko’rish mumkin. Yordam berib aytishim mumkinki ushbu kompaniya nomi, mahsuloti kompaniya asoschisi nomiga qo’yilgan. Agar gap qaysi kompaniya va uning mahsuloti haqida boryatganini topgan bo’lsangiz, aynan kompaniyaning birinchi nomida qo’yilgan o’zi bilan bir joyda sotilishi mumkin bo’lgan mahsulot nomini ayting?
Javob: Colgate-Palmolive.
IZOH: Colgate firmasini birinchi nomi Colgate(tiw pastasi) va Palmolive (shampun)

5504. Yakob BronOvskining aytishicha, yapon ustalari qilich yasashdan oldin metallni u shu rangga ega bo’lguncha isitadi. UNI ikki so’z bilan yozing?
Javob: Chiqayotgan quyosh
Izoh: Yaponiya kunchiqar davlat

5505. Bu asar, komediya deb atalishiga qaramay, hozirgi komediyalarga o’xshamaydi. Bu asar o’rta asrlar siyosiy falsafasi haqida juda katta (muhim) ma’lumot beradi. Bu asar Ejen delakrua, Djeffri Cheser, Anna Axmatova kabi yozuvchilar uchun ilhom parisi bo’lgan. Qaysi asar?
Javob: Dante Aligeri – Ilohiy Komediya

5506. X ni
Ko’zlariga botirib yeydi.
Qari qo’tos kabi omoch sudraydi,
G’o’zapoya bo’lib kiradi Y ga .
Va kasov bo’ladi, tandir so’raydi.
Savol: Shoir nazdida X va Y ni toping?

Javob. X bu Quyosh. Y esa qish.
Izoh: Quyosh hamma yerni isitadi. G’o’zapoya ham qishda uyni isitadi.
Manba : Salim Ashur. «Atalgan kunlar».

5507. Navoiy hazratlari «Hayrat-ul abror» ning maqolatlarining birida «Insonlarning qilgan gunohlari uchun tavbasi ALLOH huzurida X-siz bo’lmas»-deyiladi. X-ni ikki so’zda yozib bering?
Javob: Ko’z yosh edi!
Izoh: Chunki chin ko’ngildan pushaymon bo’lgan kishigina uni tuyib turolmasligini aytadi, hazrati Navoiy!

5508. Savolda 79-X so’zi boshqa 2 so’z bilan almashkan
79-X Evzora va Aziya kontinentlarida derlik hamma joyida uchrashadi 79-X ni qo’lga ushlab ko’rganingizda uning xitin qobig’i qalin va qattiq ekanligini sezish mumkin
Diqqat savol: 79-X o’rnidagini 2 so’zda yozib bering?

Javob: Oltin qong’iz

5509. Alfa o’zidan o’zi yonib ketadi, tashqi kuchlarsiz juda ham tez sovib ketadi. Mendeleyev jadvalini 11 guruh elementlari bilan juda yaxshi chiqishadi. Asabga qarshi va juda ham yaxshi yuvish vositasi hisoblanadi.
ALFA ni toping?

Javob: Ayol
11 guruh elementlariga oltin kumush va mis kiradi. Barcha ayollarga yoqadi

5510. Savol. A.Navoiy o’zining «Saddi Iskandariy» asarida bir qancha olimlar obrazini ifodalagan. Masalan: Filotun-Aflotun (Platon),
Xurmus(Germes),
So’qrot (Suqrot),
Arastu (Aristotel) ifodalangan siz menga aytingchi dostonda «Nikomaxos» deya kimning obrazi tasvirlangan?

Javob: Arastuning otasi edi.

5511. Bilamizki mashinalar harakatlanishi uchun yoqilg’i kerak. Xuddi shunday insonlar ham nimadandir energiya olib harakatlanadi. Meditsiya tomondan qarasak inson 3 narsadan energiya oladi. U narsalar barcha mahsulotlarda bor. Ammo inson energiya olishi uchun 3 narsadan 2tasi kifoya va 3-sini organizm zahiraga olib qo’yadi. Aynan shu uchinchisi esa ba’zida turli kasalliklarga sabab bo’ladi. Hozirda ko’pchilikda buni kuzatishingiz mumkin. Diqqat savol 3-zahiradagini alohida qolgan 2tasini alohida jami uchtasini maksimal aniqlikda ayting?
Javob: 3-yog’
1 oqsil; 2 uglevod.
Manba.valeologiya (salomatlik haqidagi fan)maruzalar matni

5512.Bilamizki, Temuriylar davlatini boshqarishda malikalar alohida o’rin tutgan. Ushbu malika oqila va farosatli ekanligi bilan mashhur bo’lgan hamda u eriga o’z hukmlarini o’tkaza olgan. O’ziga qarshi chiqqan nevarasini jazolash uchun Sherozga borar ekan, hukmdor o’zi bilan xotinini ham olib ketadi. U yerda nafaqat shaxzodaning oila a’zolari, balki malikaning qatiy talabi bilan sayyidlar ham o’limga mahkum etiladi. Xudojoy bo’lishiga qaramasdan hukmdor talabni bajarishga majbur bo’ladi. Sayyidlarga nisbatan bunday hukm chiqarishga hatto Amir Temur ham jurat qilolmasdi. Ammo bu qaror tez orada o’z kuchini ko’rsatdi. Duoibad olgan va qarg’ishga qolgan hukmdor tez orada nafaqat vafot etdi, balki butun avlodiga ham qiron keldi. Agar siz qaysi malika yoki hukmdor ekanligini bilgan bo’lsangiz, ularning birinchi farzandlari ismini ayting?
Javob: Mirzo Ulug’bek

5513. ULAR Fransiya va G’arbiy Germaniya shaharlarida bo’lib o’tadigan xokkey bo’yicha jahon chempionatiga maskot sifatida tanlanganida, ba’zi muxlislar dopingga ishora qilishgan. ULARNING ismlarini yozing?
Javob: Asteriks va Obeliks

5514. 2016 yil bo’lib o’tgan Angliya superkubogi vaqtida, Joze Mourino Arsenal ustozi Arsen Vengerga qo’l uzatishni xohlamaganligidan xabaringiz bor albatta. Savol muallifining do’stlaridan biri hazillashib Mourino Arsen Vengerni U deb o’ylagan bo’lsa kerak va shuning uchun qo’rqib qo’l uzatmagan dedi. U
mashhur tarixiy shaxs bo’lib, A. Dyuma o’z asarlaridan birida u haqida ham yozib ketgan. U kimligini toping?

Javob: Sezar Bordjiya.
Izoh: ma’lumki Sezar
Bordjiya o’z raqiblarini
qo’lidagi uzuk bilan zaxarlab
o’ldirgan. U raqiblarini
qo’lini qisganda zaxar uzuk
orqali ularga o’tgan. A.
Dyumaning Graf Monte Kristo
asarida bu haqida aytib o’tilgan.

5515. X-biz deyarli har kuni uchratadigan narsa. Ayrimlarda uzun, ayrimlarda esa kalta. Olimlar aniqlashicha X beldagi og’riqlarga sabab bo’larkan. Ammo shunga qaramay X ni afzal bilish davom etmoqda. Yordam sifatida shuni aytish mumkinki Yevropa aholisining bir qismi aynan «X» da yashaydi. Savol. X-?
Javob. Kabluk (poshna)

5516. Yuqoridagi rasmda ko’rib turgan xaritada Saxara (https://t.me/zakovat_intellekt/30030) cho’li va kvadratlarga ko’zingiz tushishi mumkin Buni qarangi kimsasiz Bu cho’lda ham insoniyat oldidagi katta muommolardan birini yechsa bo’lar ekan, ya’ni kichik kvadratda: Germaniya uchun O’rtanchada: Yevropa uchun Kattasida: Butun dunyo uchun yetarlicha bo’lgan X mavjud ekan Hurmatli bilimdonlar mantiqan o’ylab ko’ringchi Cho’ldagi bu hududlarda Butun dunyo Yevropa va Germaniyaga yetarli nima ishlab chiqarilsa bo’ladi ?

Javob: Quyosh batarekalaridan Elektr energiya.
Izoh: Shu kataklardagi maydonda yuqorida sanab o’tilgan hududlar uchun yetarli bo’lgan elektr energiya ishlab chiqarilsa bo’lar ekan Sabab Saxara quyoshli kunlar ko’p va eng issiq harorat ham shu yerda kuzatilgan

5517. Bizni shahar nomi «Orange Sity» ekanda bunga sabab har hafta oxiri ya’ni shanba yakshanba kunlari tongda biz ko’rgan xunuk manzara tufayli ekan Savol shuki biz nimani ko’rganmiz Yana qo’shimcha qilib shuni Aytamizki bu koreys xalqi uchun ayniqsa yoshlari uchun odat tusiga kirgan. Mantiqan O’ylab ko’rinchi «Orange Sity » deb atalishiga qanday Xunuk manzara sabab bo’lishi mumkin?
Javob: Ular juma va shanba kunlari dam olishadi. Kechki sayr restoran va kafelarda mast bo’lib tabiiyki ko’chaga chiqib qayd qilishadi. Ko’cha orange rangga kiradi. Ertalab esa buni guvohi bo’lasiz

5518. Bu inson bitiklarining birida shunday degan edi «Har bir ruh ezgulikka intiladi va bu yo‘lda har narsaga tayyor turadi. Ruh ezgulikning mavjudligini his etadi, uni izlaydi, ammo uning qayerda ekanini anglashga kuch-quvvati yetmay qiynaladi» deb yozadi. Yordam tariqasida yana bir joyni bir necha ming yillar ilgari dengiz qariga g’oyib bo’lganini hikoyasida keltiradi.
Uning bir necha lirik asarlari, dostonlari va bir qancha komediyalari bizgacha yetib kelgan u ko’p vaqtini she’r yozishga sarflagan. U kimligini anglagan bo’lsangiz kerak.
Savol: Siz bu insonni kimligini emas uni laqabining ma’nosini aytib bering?

Javob: «keng yelkali» degan ma’noni anglatadi.
Izoh: Aflotun Atlantida haqidagi hikoyasida Gibraltar yaqinida g’aroyib qit’a bir kecha kunduzda suv tubiga g’arq bo’ldi deb yozadi .
Aftotunning laqabi Platon bo’lgan bu laqabni unga Suqrot bergan

5519.
1.Alisher Navoiy kimni «Malik ul kalom» deb atagan?
2.Alisher Navoiy kimni «Shoirlarni Odam ush-shuarosi» deb atagan ?
3.Alisher Navoiy bolalik chog’ida odob va muomalasi bilan qaysi mashhur tarixchining mehrini qozonadi ?
4.Alisher Navoiy aruz vazniga bag’ishlab qanday asar yozgan?
5.Bir ulkim, qiyomat kuni ajri bor,
Angakim, bu zulm aylamish, zajri bor.
Navoiy aytyaptiki, U o‘tkazgan zulmi badaliga qiyomat kunida unga jazo ham beriladi.
U kim?

Javob:
1.Mavlono Lutfiy
2.Rudakiy
3.Ali Yazdiy
4.Mezon ul-avzon
5.Iskandar Zulqarnayn

5520. Afsonaga ko’ra, XVII asrning boshlarida arman Avedislari alkimyoviy tajribalar jarayonida mis, qalay va kumushning maxsus qotishmasini olishgan. Armiyaga bo’lgan buyruqni bajargandan so’ng, sulton Avedis avlodlariga «ALFA-larni yaratuvchining o’g’li» deb tarjima qilingan familiyani berdi. Avedis tomonidan asos solingan kompaniya mahsulotlari Richard tomonidan reklama qilinadi.
Diqqat savol: Savol matnida qaysi so’z Qaysi so’z ALFA bilan almashtiriladi?

Javob: Plita.
Izoh: Qo’ng’iroq bronzasiga yaqin bo’lgan qotishmadan Avedis harbiy orkestr uchun zindonlar yasashni boshladi; turkchada «plastinka (musiqa asbobi)» — zil. «Zildijan» kompaniyasi [ziljyan] (zil + arman familiyalarining odatiy tugashi -yan) zarbli cholg’u asboblarini ishlab chiqarishda etakchi hisoblanadi. Beatles barabanchisi Ringo Starr (Richard Starkey) har doim Zildjian mahsulotlarini afzal ko’rgan.

5521. «Ba’zisi do’st, kelar qoshimga, Ba’zilari dushmandan battar» deya xitob qilgan H. Hayne ijodi davomida bir kishi bilan do’stlashadi va bir muddat uning g’oyalarini targ’ib qilishga beriladi. Ammo bu g’oyalarda kishining erkiga zo’rlik o’tkazish ustuvor ekanligini payqab undan ajraladi. Agar o’sha inson kim ekanligini topgan bo’lsangiz, bizga uning oxirigacha tugata olmagan asarini ayting?
JAVOB: Karl Marksning «Kapital» asari.
1843-yilda H.Heyne u bilan do’stlashib qoladi va uni g’oyalarini targ’ib qiladi. U insoniy tuyg’ular haqida kitoblar yozadi shu bilan birgalikda iqtisodiyot haqida ham
Bu kitobi nashrdan chiqadi ammo uning davomi bo’lgan 2-nashri, 3-nashri chiqishga ulgurmaydi

5522. XIX asrda ular kumushdan yasalgan bo‘lib, unga «men shu yerda uxlab qoldim» deb yozilgan bo‘lar edi. Hozirgi paytda ular ancha kamtarona- qog‘oz, mato, sintetik materiallardan yasaladi. U nima?
Javob: kitob orasiga qo‘yiladigan xatcho‘p

5523. Bastakorlar gildiya (https://www.test-uz.ru/bilet_view.php?id=6371)laridan birining shiorida «Yangi ULAR uchun yangi musiqa» iborasi mavjud. Biz uni «ULAR» bilan almashtirganimizni bilgan bo’lsangiz, ingliz tilida Jon Keyj o’ylab topgan yangi yil orzusini yozing?
Javob: Happy new ears.
Yangi baxtli quloqlar uchun yangi musiqalar.

5524. Buyuk sahna qiziqchisi Russell Peters ning London da bergan konsertlaridan birida u o’zining Livanda tungi klubga borganini gapirib beradi. Mahalliy tilda «Shelter» deb ataladigan bu klubga uni to’rtta livanlik barzangi olib boradi. Ular tungi klub deya bo’sh mashinalar turar joyini va joy markazida turgan boshqa bir barzangini ko’rsatadilar, borib unga uchrashishini aytadilar. «Sizlarchi» deb berilgan savolga barzangilar «mashinani to’xtash joyiga qo’yib qaytamiz» deb javob beradilar. Savol – tungi klubning joylashuvi qayerda?
Javob: Livanda bor bo’lgan bu tungi klubning nomi «bomb shelter – bombadan saqlanish joyi (бомба убежище)» bo’lib, u yer ostida joylashgan. Mashina turar joyining bo’shligiga sabab – uning tagida tungi klub borligi

5525. Fermopil jangida fors sarkardasi: «Bizning qo’shinlarimiz shunchalik ko’pki, biz otgan o’qlar quyoshni yopadi» deydi. Spartalik raqibi esa unga aqlli javob qilib: «Bu juda yaxshi …..men jang qilishni yaxshi ko’raman …». Javobini to’ldiring?
Javob: «… soyada.»

5526. Portugaliya qo’shinlari Afrika qabilalari bilan urush paytida ularga jungli ichida tez-tez pistirma qo’yishgan. Ammo, Afrikaliklar har safar bilib qolaverishgan. Qanday qilib buni uddasidan chiqishayotganini tushungan Portugaliyaliklar, Yevropadan bir narsani olib kelib, uni pistirma qo’yishda ishlatishni boshlashadi. Buning natijasida, Afrikaliklar oson tuzoqqa tushishni boshlashadi.
Savol: Portugaliyaliklar Yevropadan nima olib kelishgan?

Javob : ovozli kinematograf. (Magnitafon javobi hisobga olinmaydi!)
Izoh: Tasavvur qiling, qalin junglida 100ta askar pistirmada o’tiribdi. Begonalardan cho’chigan o’rmon hayvonlari va qushlari iniga kirib ketishgan. Natijada o’rmon jim-jit bo’lib qolgan. Buni mahalliy qabila vakillari yaxshi tushunishgan va agar, oldinda o’rmon tinchib qolgan bo’lsa, unda pistirma borligini bilishgan. Shuning uchun Portugaliyaliklar Yevropadan ovozli kinematografni olib kelishadi va o’rmon ovozini yozib olib uni imitatsiya qilishadi. Natijada, mahalliy qabilalar jangchilari osongina Yevropaliklarning pistirmalariga tushib qolishgan.
Manba: Wikipedia.org, 2016-yil.

5527. Griffinlar oilasi nomli multserialining bir epizodida, Styuwi va Brayin bir ishni qilmoqchi bo’lib turganlarida, Styuwi X ni qo’liga oladi.
Shunda Brayin unda:
-Styuwi bu narsa sening qo’linga qanday tushib qoldi, bu ahir boshqa serialdanku, deb aytadi.
Unga javoban Styuwi:
-Ular ham doim bizlardan o’g’irlashadi, deb javob qaytaradi.
Demak savol, gap qaysi serial haqida ekanligini topgan bo’lsangiz, X ostida yashirilganni Ikki so’zni yozib bering?

Javob: Portal to’pponchasi
Izoh: Dialogda boshqa mashhur Rik va Morti serialiga ishora qilingan

5528. Eski va yangi kashfiyotlarni birlashtirayotganda extiyot bo’lish kerak. Vikipediyada yozilishicha, o»ttiz yillik urushning janglarining biridan so’ng fransuz grafi otdan tushmay turib, suv so’ragan. Graf bir qo’liga ko’zani olib, ikkinchi qo’lida pistolet bilan SHU ISHni qilishni boshlagan. 3 so’z bilan SHU ISH ni maksimal aniqlikda yozib bering?
Javob : dubulg’a pardasini ko’tarish
Izoh: Savolda biz eski va yangi texnologiyalar haqida gapirdik. Agar o’ttiz yillik urushni qachon bo’lganini eslaganingizda u paytlar endigina pistoletlar ommalashayotganini tushungan bo’lardingiz. Eski texnologiya esa otliq askarlarda (bu yerda Grafda) albatta zirhli sovutlarni bo’lishidir. Endi tasavvur qiling. bir qo’lida ko’za to’la suv, boshqasida pistolet, Suv ichish uchun esa dubulg’a pardasini tepaga ko’tarish kerak. Bu ishni bajarish uchun Graf pistoletdan foydalangan va qurol otilib ketgan. Sizga bu ishni qilishni tavsiya etmaymiz)
Manba: Wikipedia.org, 2016-yil.

5529. Bir sovet fantastik asarida, butun Chexoslavakiya sanoati majburan Sovet O’yni o’rganish programmasiga ishlashga majbur bo’ladi. Shu asardagi Chexoslavakiya lideri esa bunga izoh berar ekan: «Biz X-ning X-iga aylandik» deb aytadi? Savolimiz juda oddiy, X ning o’rnida qaysi so’z turibdi?
Javob : Сателлит
Izoh: Сателлит so’zi bilsangiz ingliz tilida ham rus tilida ham 2 ta ma’noga ega. Birinchi ma’nosi bu Oy ya’ni Yerning sun’iy yo’ldoshi. Ikkinchi ma’nosi esa » qaysidir davlatning qarami». Shunday ekan Chexoslavakiya lideri o’z so’zida : «Biz Satellitning (ya’ni oyning) satellitiga (ya’ni qaramiga) aylandik» deb aytib o’tgan.
Manba: Р.С. Кац. История советской фантастики, 1993

5530. Amerikaning bir qancha Shtatlarida Ular judayam ko’pchlikni tashkil qilishadi va u shtatlarda svetafor chiroqlari har doim yashil rang tepada bo’lib qizil eng pasda bo’ladi. Agar qizil tepada bo’lib qolsa Ular svetaforni sindirb ketishadi.
Savol: Ular kimlar va nega svetaforda yashil rang tepada bo’lishi kerak?

Javob: AQSHning ko’p Shtatida Ular ya’ni Irlandlar ko’pchlikni tashkil qiladilar va ular uchun yashil rang har doim Irland bayrog’i bo’lib kelgan. Shu sabab ular qizillar rangi deb hisoblagan rang Irland yashil rangidan pasda bo’lishi kerak.
Manba : «O’lmas» filmi

5531. Nima uchun XVII asrlarda yelkalari keng ochiq ayollar libosini kiyish ayol kishilar uchun chinakam sofdillik rostgo’ylik va haqiqiy uy bekasi bo’lishga arziydigan sifatni bildirgan?

Javob: Sababi o’sha paytlarda ayollar badanidagi toshmalar uchuqlar va ugrilar ularni toza emas degan fikrga olib kelgan va shu asosida yelkalari bo’ynilari ochiq keng liboslar ayollarni rostgo’y hech nimani berkitmaydigan toza ayolligini anglatgan.
Manba : «Dunyo kelin kuyovlar» kitobi

5532. Bu shoirning g’azallari falsafiy fikrlarga boyligi sababli ko’pchilik UNING mohiyatini yaxshi anglamaydi. Anglay oladiganlar esa kam sonli o’qimishli ma’naviyati va dunyoqarashi keng insonlar bo’lishgan. O’z qahramonlarining o’qimishli ekanligini ko’rsatmoqchi bo’lgan Abdulla Qodiriy ham bu shoirni «O‘tgan kun» va «Mehrobdan chayon» asarlarininh har ikkalasida ham eslab o’tgan.
Savol: U kim?

Javob: Fuzuliy

5533. «Antiqa soat»
Ko‘rib turganingizdek ushbu elektron soat umuman XVII asrda ishlab chiqarila boshlagan yog‘och soatlarga o‘xshamaydi. Shunga qaramay bu antiqa soatda kreativlik mavjud.
Diqqat savol: Suratda nima yashirilgan?

Javob: Kakku qushi

5534. «Mahsus sana?»
Ushbu kunda fransuzlar vatandoshlari kiyimlarigi qog‘oz baliqchalar yopishtirishga harakat qilishadi.
Diqqat, Ushbu kunning sanasini aniq ayting?

Javob: 1-Aprel

5535. «Rassom mayatnik!»
Ushbu rasmda siz qumli mayatnik BU PAYTda hosil qilgan tasvirni ko‘rishingiz mumkin.
Diqqat savol: Qaysi paytda?

Javob: Zilzila paytida

5536. «Mening qizim!»
Sitsiliyaning Fransiyaga qarshi isyoni paytida fransuzlar tomonidan o‘ldirilgan qizning qasosi uchun jangga kirgan ona “Mening qizim!” deya hayqiradi.
Diqqat savol: Bu qichqiriq italyan tilida qanday jaranglaydi?

Javob: MAFIA (Ma fia)

5537. Yevropalik kelin kuyovlar yangi uyga ko’chib kirishganda har doim kuyov kelinni qo’lida ko’tarib kiradi va bu ishi orqali uy egasi( domavoy)ni aldab o’tishadi.
Savol: Ular uy egasi(domavoy)ni nimaga ishontirishadi?

Javob: Yevropaliklar
fikricha Uy egasi yosh bolalarni sevadi va kuyov o’z bolasini uyga olib kiryapganiga ishonadi.
Manba : Dunyo kelin-kuyov Kitobi

5538. «Gugurt»
Diqqat savol: Nega xo‘jalikda ishlatiladigan gugurt donalarining bosh qismiga temir moddasi ham qo‘shiladi?

Javob: Maqsad: Sochilib yotgan gugurt donalarini magnit orqali boshini tepaga qilib qutiga taxlash.

5539. «Antiqa logotip»
Bir necha yil oldin ma’lum kompaniyalarning krizis logotiplari chiqarildi. Misol uchun «Apple» kompaniyasining olmasi ikki tomonidan tishlangan edi.
Diqqat savol: Qaysi kompaniyaning logotipining so‘ngi harflari asta-sekin oqarib berayotgan edi?

Javob: Xerox
Xerox printerlar ishlab chiqaruvchi kompaniya

5540. 1970 chi yillarda Manchester-Yunayted darvozabonni bir ma’suliyatli o’yin vaqtida kutilmagan holat tufayli o’yinni to’xtatishga majbur bo’ladi. Zaxirada boshqa darvozabon yo’qligi tufayli, uning o’rnini maydonda harakat qilayotgan bir o’yinchi egallaydi va, o’yin oxirigacha to’p o’tkazib yubormaydi. Endi savol! darvozabon aynan qanday sabab tufayli maydonni tark etishga majbur bo’lgan?
Javob: Jag’i tushib osilib qolgan. Himoyachilarga baqiraman deb,
Alex Stepney ismli darvozabon

5541. Yevropadagi davlatlardan birida, yilning aynan ma’lum kunida ichi garmdori kukuni bilan to’ldirilgan pechenyeni ogohlantirmasdan berish odati mavjud. Ushbu odat haqidagi maqolada tez-tez keltiriladigan ism va familiyani yozib bering?
Javob : Gay Foks
Izoh: Gay Foks – «porox fitnasi»ning eng mashhur ishtirokchilaridan biri ekanligini bilsangiz kerak. «porox fitnasi» – Angliya Lordlar palatasini portlatish ko’zlangan eng yirik fitna hisoblanadi. Bunga atab Angliyada Porox Fitnasi kechasi nomli bayram bor. Bu bayramda osmonga salyutlar otiladi, pitardalar portlatiladi va olovlar yoqiladi va ichi chili qalampiri bilan to’ldirilgan pechenyelar ham sovg’a qilinadi. Kimdir shunaqa pechenyenini yeb qo’ysa pitarda uning og’zida portlagandek bo’larkan))
Remember, remember,
The Fifth of November,
Gunpowder treason and plot;
For I see no reason
Why Gunpowder Treason
Should ever be forgot.
Manba: Wikipedia.org, 2016

5542. Agar »U»larni inson sifatida tasavvur qilsak, ular o’zaro »aka- uka» tutingan (ular boshqa boshqa davlatdan) . Akasi 1923- yilda »tug’ilgan» bo’lsa, ukasi 1934-yilda »dunyo yuzini ko’rgan». Qizig’i ayni vaqtda ukasining »gavdasi» akasinikidan katta. Diqqat savol: Gap qaysi tutingan »aka-ukalar» haqida ketmoqda?
Javob: Gap Olimpiyskiy (Kiyev), va Olimpiashtadion (Berlin)
stadionlari haqida ketmoqda

5543. Hisob-kitoblarga ko’ra, yoshlar orasida ULARning ommabob emasligini hisobga olmagan amerikalik sotsiolog, odatda Respublikachi nomzod hisobiga 4,7% ga adashadi. ULARni 2 (ikki) so’z bilan atang?
Javob : Statsionar telefonlar ( mobil telefonlar va boshqa telefonlar javobi hisobga olinmaydi! )
Izoh: So’rovnomani o’tkazyotgan sotsiologlar har doim adashiga sabab ular, so’rovnomani telefon orqali aynan stationar telefonlarga qo’ng’iroq qilish bilan o’tkazadi. Lekin demokratlar partiyasini tarafdorlarini juda katta qismini yoshlar tashlik qiladi. Tabiiyki ularda ya’ni yoshlarda statsionar telefonlar mavjud bo’lmaydi odatda. Shuni hisobiga faktga ko’ra so’rovnoma 4.7 foizga Republikachilar tarafiga xato chiqar ekan.

5544. Bibi Xojar onamiz chaqalog‘i Ismoil alayhissalom bilan sahroda qolganligi ko‘pchilikka ayon. Suv izlab ko‘p sargardon bo‘lishadi. Allohning izni bilan Ibrohim alayhissalom oyog‘i ostidan buloq otilib chiqadi. Ular chanqoqlarini qondirishgach, Xojar onamiz suvga «To‘xta, to‘xta» deydi.
Diqqat savol: Bu ibora arab tilida qanday yangraydi?

Javob: Zamzam.
(Qabul: Zam zam)

5545. Ushbu asar nemis yozuvchisining ta’kidlashicha “shoh asarlaridandir”. Shu boisdan dunyo kitobxonlari tomonidan hali hanuz sevib o‘qilmoqda. Ma’lumot o‘rnida aytib o‘taman, Napoleon bu asarnni har doim yonida olib yurgan. Yozuvchi esa bu asar haqida, u asar aynan o‘z hayoti ekanligini aytadi.
Diqqat savol: kim va qaysi asar haqida gap ketmoqda?

Javob: V.Gyote «Yosh Verterning iztiroblari»

5546. Uning sovug‘i immunitetni oshiradi, hushyorlikni saqlashda yordam beradi, shamollashni oldini oladi, metabolizmni tezlashtiradi va soch to‘kilishini kamaytiradi. Uning issig‘i esa mushaklarni bo‘shatadi, charchoqni bartaraf etadi, burun bitishini yo‘qotadi.
Diqqat savol: gap nima haqida ketmoqda?

Javob: Dush

5547. Tog‘ay Murodning «Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi» romanida qo‘mita faollari bir narsaga har xil ta’rif berishadi. To‘poriroq faol «quti» deydi, ilg‘orroq faol «oyna» deydi.
Diqqat savol: Eng o‘qimishli faol uni nima deb tanishtiradi?

Javob: Televizor

5548. Bu ishni qilgan odamlar ba’zan kichkina rezina koptokchani esdalikka olib qo‘yishi mumkin. Bu koptokdan keyin stressni tarqatuvchi sifatida foydalansa bo‘ladi.
Diqqat savol: Nima ish?

Javob: Donorlik qonini topshirish.
Izoh: Qon yaxshi sirkulyasiya qilish uchun rezina koptokchani mahkam bosib turish aytiladi.Keyinchalik u donorda qolishi mumkin.

5549. Blits savollari.
Mavzu: «bir oyoqlilar» haqida topishmoqlar
1.Bir oyog‘i bor, 3 ko‘zi bor. Savol: Nima u?
2.Bir oyog‘i bor, bir qalpog‘i bor. Savol: Nima u?
3.Bir oyog‘i bor, 2 ko‘zi bor, 1 dumi bor. Savol: Nima u?

Javob:
1.Svetafor
2.Qo‘ziqorin yoki soyabon
3.Xo‘rozqand

5550. Mening xolimga birodarlar qilmangiz havas. Boshim yerga qaraganu oyog’im oyoqqa. Taqdirim qursin na tog’da na kunduz yorug’lik ko’rmasdan o’tib ketaman.
Savol: gap nimaning nomidan aytilyapti?

Javob: Etikka qoqilgan mix

5551.Hokku:
Menga sovg’a berishdi,
Uyga olib ketyapman suvli kosada.
……..
Hokkuni ikki so’z bilan yakunlang?

Javob: Oltin baliqchani

5552. Tarqatma Material
Islandiyada «Baxtli Hayot» tushunchasini tarqatmadagi kabi raqamlarda tasvirlashar ekan,
0- armonlar sonini
1- bitta oilani
2- ikki farzandni
3- uch yotoqxonali uyni
4- to‘rt g‘ildirakli avtomobilni
5- besh kunlik ….
6- olti xonali ….
7- dunyoning 7 mo‘jizasiga sayohatni
8- kuniga sakkiz soat uyquni
9- kuniga to‘qqiz stakan suv ichishni bildirar ekan.
Diqqat savol: Siz 5 va 6 raqamlari nimani anglatishini to‘liq yozib bering?

Javob: 5 kunlik ish
6 xonali maosh summasi

5553. KVN hazilini yakunlang:
“- Sen kimsan?
-Men o‘g‘riman.
-Nega buncha kichkinasan?
-Chunki men …”

Javob: Kissavurman.
Qabul: Cho‘ntak o‘g‘risi

5554.Bu kasallik necha yuz yillar oldindan ma’lum va bor, ammo bu kasallik bilan yerda hech kim kasallanmagan.
Savol: bu qanday kasallik?

Javob: Dengiz kasalligi
Izoh: bu kasallikka yerdamas dengizda chalinishadi

5555. Birinchisi birinchini xotini bo’lgan
Ikkinchisi esa uchinchini xotini bo’lgan
Savol: Gap kimlar haqida ketyapti?

Javob: Petr I xotini Ekaterina I
Petr III xotini Ekaterina II

5556. Bunday personajlarni Hollywoodda suratga olingan “Doktor  No”, “Ajdarni chiqishi ”, “Qochoq”
filmlarida, “O’zbekfilmda” suratga olingan “Kichkina Tabib” filmida ko’rishimiz mumkin.  Diqqat savol: Kinofilmlarda kam uchraydigan bu personajlarni umumiyligini fahmlagan bo’lsangiz, aniq yozib bering?

Javob: Bir qo’llik personajlar. James Bond haqidagi film “Doktor No” da professional qora tanli killer, Bruce Lee ishtirokidagi “Ajdarni chiqishi” filmida bosh salbiy obrazidagi Xan, Harisson Ford
ishtirokidagi “Qochoq” filmida qotil, “Kichkina Tabibda” Zikir Muhammadjonov
ijro etgan rol bunga misol bo’la oladi.

5557.Rasmda siz bir kitobning muqovasini ko’rib turibsiz. Savol: Bu kitob nomini toping?

Javob: O’tkan kunlar.

5558.Turli tillarning afzalliklarini tahlil qilib, bitta Internet foydalanuvchisi Xda ulardan kamida ikkitasi borligini payqaydi. Afzalliklar deganda nimani nazarda tutayotganimizni taxmin qilib, X ning qaysi til ekanligini ayting?
Javob: C++ dasturlash tili

5559. Bu kichik oila bilan tanishing.
Bu oilada 4 aka ukalar bo’lib ko’proq biz 3 tasini ko’rganmiz.
1 – eng kattasi lekin eng pakanasi.
2- o’rtachasi o’z nomi bilan.
3- eng kichigi eng bo’ydori. (To‘rtinchini tasvilashga so’z ojiz ).
Ular X ning tarkibiy qismiga kiradi . X ni asosan ikkita turini ko’ramiz . Hozir ularni nomini zamonaviy yoshlar ko‘p ishlatishadi .
Savol: sizlar menga x ni nimaligini emas yoshlar bu nom bilan nimani atashlarini aniq aytib bering?

Javob: Uchrashuv
Izoh: yoshlar uchrashuvni ko’pincha «strelka» deb atashadi. Aka ukalar bular soat strelkalari edi. X esa soat

5560. Kinoda imitatsiya uning ta’sirini oshirishda muhim hisoblanadi. Masalan, daryo to’lqini imitatorlar tog’oraga suv solib ham hosil qila olishadi. Gugurt mikrafonga yaqin qilib chaqilsa portlash ovozi, kraxmal solingan qopcha kaftga olib ishqalansa qorni g’ichirlash ovozini berarkan.
Savol. Bu qo’shimcha jihozlar orasida ipak lentacha ham bor ekan, ho’sh bu lentachadan qaysi maqsadda foydalaniladi?

Javob: Ipakni tarang tortib qo’yvorilsa o’q ovozini berar ekan.

5561. X tufayli Germaniya qamoqxonalariga uyali telefonlar, giyohvand moddalar va hatto o’qotar qurollar yetkaziladi. 2018-yilda X larga qarshi kurashish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. X nomli daryo va musiqiy janr ham mavjud.
Diqqat savol. X ni toping?

Javob: Dron

5562. 1880-yilda fermerlar birgalikda yovvoyi X itlaridan qo’ylarni himoya qilish uchun Y qurishga qaror qilishdi. Bu devorning uzunligi 5 614 km bo’lib, hatto Rossiya va Xitoy chegarasi (4 209km) dan ham uzunroq. Ba’zi joylarida balandligi 2 metrgacha borishi mumkin.Avstraliyani ikkiga ajratib turadi.
Diqqat savol: X Va Y ni yozib bering?

Javob: X-Dingo Y-Devor
Dingo Devori

5563. Parijlik mashhur Sharl Anri Sanson Jozef ismli professor shifokor bilan qo’shni bo’lgan. Ular tez tez choyxo’rlik qilib turishgan. Skripka chalib u yoq buyoqdan suhbatlashib o’tirishgan. Shunday choyxo’rliklardan birida professor Sansonga bir yangilik qilganini aytadi. Sanson uchun bu yangilik ma’qul keladi. Xursand bo’lib shu kundan boshlab professorni o’ziga hamkasb deb atay boshlaydi.
Savol: Sanson qanday yangilikdan xursand bolganini emas qo’shnisi Jozefning familiyasini topib bering?

Javob: Jozefning familyasi Gilyaten edi. Sharl Anri Sanson esa parijning eng nomdor jallodi bo’lgan.
Manba: «Daqiqa qadri» kitobidan

5564. Germaniyada 2006 yildan beri bir kompyuter o’yini o’ynalmoqda. Unga ko’ra avtomobillar bir biri bilan o’zaro to’qnashadi. Ikki tomondan kelib uriladigan avtomobillar jangini ikkita raqamli mashinalar boshlab beradi.
Savol: Siz har ikkala raqamni va bu raqamlar nega qo’yilganligini topib bering?

Javob: 10 va 23
2006 yilda jahon chempionatida mashhur futbolchilar Zidan va Matteratsiylarning kalla qo’yishi bu o’yinga sabab bo’lgan. Zidan 10, Matteratsiy 23.
Manba: «Daqiqa qadri» kitobidan

5565. U qo‘llari bilan temirdan biz loyga ishlov bergandek foydalanar edi. U uzoq o‘tmishdagi bobosidan qo‘shimcha 40 yil umr meros olgan. U podshox edi va bir marta hukm chiqarishda adashgan edi.
Diqqat savol: Yuqoridagi ma’lumotlarga tayangan holda uni kimligini topgan bo‘lsangiz, undagidek boshqalarda takrorlanmaydigan sifatini ayting?

Javob: Eng chiroyli ovoz sohibi.
Izoh: Bu Dovud Alayhissalom edi.

5566. Lapiflar qadimgi yunon afsonalaridagi xalq hisoblanadi. Afsonalardan biriga ko’ra Lapiflar va ULAR o’rtasidagi urush Gippodamiya ismli ayol sabab vujudga kelgan ekan. O’z avtomashinasiga bog’lanib qolgan va undan hech qachon tushmay yashaydigan inson haqidagi 2023-yilgi film nomi ham U.
Savol: Uni bir so’zda yozib bering?

Javob: Kentavr
Izoh: Savol matnida Gippodamus ismining asosi Ippo ya’ni ot so’zi hosil qiladi. Kentavrlar esa bilasiz yarmi ot yarmi inson ko’rinishidagi mifologik personaj hisoblanadi. O’z mashinasiga xuddi inson otning tanasiga o’rnashib olgandek hayot tarzi kechiradigan inson haqidagi filmga ham metaforik ravishda kentavr deb nom berishadi.

5567. Polat Alemdar va Iskandar Buyuk suhbati:
Iskandar: Fildan buyuk fil ovchisi bor.
Polat: Fil ovchisidanda buyuk U bor.

Diqqat savol: Uning nechta ismi bor?

Javob: 99 ta. Allohning 99 ta ismi
Izoh: …Fil ovchisidanda buyuk Alloh bor.

5568. Eng ko’p ur yiqitlar boks, futbol, xokkey kabi sport turlarida sodir bo’ladi. Ammo Nikolay Vasilevich Gogol shashka o’yinini ham jang bilan tugashi mumkinligini aytgan.
Savol: Bu jang qaysi ikkita personaj o’rtasida chiqqan?

Javob: «O’lik jonlar» asari qahramonlari Chichikov va Nozdrev o’rtasida
Manba: «Daqiqa qadri» kitobidan

5569. «Ertakchi bolajon»
“Ertakchi bolajon” ko‘rsatuvida 3 yoshli bola “Zumrad va Qimmat” ertagini aytib bermoqda. U Qimmatni yomon qiz ekanligini bildirish uchun 2 ta sifatni ishlatdi. Birinchisi “to‘polon qilarkan”
Diqqat: Siz ikkinchisini toping?

Javob: Salom bermas ekan

5570. Bilimdonlar faraz qiling yangi qonun chiqdi.
Unga ko’ra agar fuqaro o’rtacha kattalikdagi bir g’o’lani Yunusoboddan Sergeligacha olib boradigan bo’lsa unga 500 000 so’m pul mukofoti beriladi. Ammo bu qonundan keyin ko’pchilik bunga ishonmadi va bu ishga qo’l urmadi. So’ng yangi qonun bilan mukofot narxi 3 000 000 ga ko’tarildi. Shunda siz nima bo’lsa bo’lar deya bu ishga bel bog’ladingiz. Qiyinchilik bilan bo’lsada vazifani to’liq bajardingiz va xalqning ko’z o’ngida mukofot pulini sanab oldingiz.
Bunday qonunlar bugungi kunda chiqarilmasligi aniq. Ammo mil.av IV asrlarda yashagan Xitoy faylasufi Shan Yan tashabbusi bilan shunday qonun qabul qilindi.
Savol: qani aytingchi bunday g’o’lalarni tashish mamlakat uchun kerak bo’lmasa ushbu qonun nima sababdan qabul qilindi?

Javob: Xalqni qonunlarga ishontirish uchun.
Izoh: o’sha davrlarda xalq qonunlarga unchalik ishonmagan, qonunlar endi paydo bo’layotgan payt bo’lgan va shunday qonunni ijrosini ko’rsatish orqali odamlarni qonunga ishontirgan

5571. Ular bugungi kunda turlari juda ham ko’p. Aslida ular jonsiz bo’lsa ham ba’zilari ko’payish, ko’chib yurish, ziyon yetkazishni ham uddalashadi. Ularni birini hatto mashhur bir afsona bilan ham bog’lashadi. Ularning ba’zilarini nomlari biologiyaga oid kitoblarda qayd etilgan. Savol: Ular nima?
Javob: Kompyuter va tarmoq viruslari.
Afsona: Troya afsonasi troyanski viruslar uchun

5572. Ba’zi bir manbalarda yozilishicha Roleks kompaniyasi marketing bo’limi tvga reklama berayotganda reklamani qanchalik g’alati tuyulmasin soat 10:10 va 22:10 da emas , balki aynan SHU ikki vaqtda berishlarini talab qilishar ekan. Diqqat savol: Qaysi vaqtlar ekanligini aniq yozib bering?
Javob: 12:15 va 00:15
Izoh: soat strelkalari 12:15 va 00:15 bo’lgan paytda ular L harfini yuzaga keltirishadi. O’z o’zidan bu strelkalar RO va EX harflari orasiga tushib L harfini hosil qilishadi va tomoshabin to’laqonli ROLEX yozuvini kreativ tarzda o’qiy olishadi.

5573. Xalqimizning qalbida doimo musiqa, kuy-qo’shiq navolari jo’sh uradi. Shoshmaqom, Dugoh, Segoh, Buzruk… Xalqimizga juda ham tanish bo’lgan bir kuy borki, kuyning boshlanishi 4 raqami bilan bog’liq.
Savol: gap qaysi kuy haqida ketmoqda?

Javob: Madhiya
Izoh: Shubhasiz, mamlakatimizdagi barcha musiqa bilan shug’ullanuvchi shaxslar intervallar haqida chuqur bilimga egadirlar va O’zbekiston Respublikasi madhiyasinining nota shaklidagi ifodasiga ko’p marotaba duch kelganlar. Ahamiyatli joyi shuki, har bir o’zini hurmat qilgan ijodkor milliy ramzidagi ilk intervalni yoddan bilishi tabiiy. Bu 4 ma’nosini anglatuvchi interval – kvarta deb nomlanadi va milliy madhiyamiz ham aynan shu intervaldan boshlanadi

5574. Misrliklar matematik jumboqlarni yechishni o‘ziga xos uslubidan foydalanishgan. Bu usul ,,Xatolar uslubi» deb nomlanadi va xar bir xato masalani yechimiga tobora yaqinlashtirib boradi. Bu uslubni Alleks Bellos bir sport turiga o‘xshatgan ekan.
Diqqat: Qaysi sport turiga?

Javob: Golf

5575. Aniqlanishicha, Ilya Repinning «Ivan Grozniy va uning o’g’li Ivan» kartinasini chizishga undagan omillardan biri U ekan. Repin Uni xorijiy davlatlardan birida ko’rganligi va bu sahnani chizishni xohlaganligi manbaalarda keladi.
Diqqat savol: Sizdan uni bunday surat chizishga undagan narsani so‘ramayman. Aytingchi u qaysi mamlakatda bo‘lgan edi?

Javob: Ispaniya
Izoh: Repin korridani Ispaniyada ko‘rib, u ham qonli sahnali kartina yaratishni xohlaganini aytib o‘tadi.

5576. Bu narsani yasaydigan odam bu narsani ishlatmaydi. Bu narsani sotib oladigan odam o’zi bu narsadan foydalanmaydi. Bu narsani ishlatadigan odam bu narsani ishlatayotganini bilmaydi.
Savol: Bu narsa nima narsa?
Manba: Konfutsiy «kecha-bugun» asari

Javob: Tobut.
Izoh: Beshik javobi ham to’g’ri lekin biz savolda manbaani ko’rsatdikki adashib ketmaslik uchun.

5577. “Agar sovuq qotsang – isitadi, agar isib ketsang – salqinlik beradi, agar xafa bo‘lsang – yupatadi, agar asabiylashsang – xotirjam qiladi”.
Diqqat: Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri Uilyam Gladston yuqoridagi ta’rifni nimaga berganini topishga urunib ko‘ring?

Javob: Choy

5578. “Choy puli” – bu yaxshi ko‘rsatilgan xizmat uchun ofisiantga ko‘rsatiladigan norasmiy minnatdorchilik.
Diqqat Savol: O‘rta asrlar Yevropasida kimlarga “tomoq puli” to‘langan?

Javob: jallodlarga.
Izoh: mahkum boshini qiynamasdan uzishi uchun jallodga pul to‘lagan.

5579. Nutq egasini toping:
«Menga ham Kyupen beringlar, iltimos. Axir necha yillardan beri bu holatda turib, belimda bel qolmadi»

Javob: Piza minorasi (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/6737?comment=43781)

5580. Futbolchi Pirloning aytishicha tanasida 3 ta tatuirovka bor. O‘g‘lining ismi Nikola va qizi Anjelaning ismilarini yoqasini yopmagan paytida Pirloning bo‘yin sohasida ko‘rishimiz mumkun.
Diqqat savol: Xotinining ismi har doim nima bilan berkitilgan bo‘ladi?

Javob: Nikoh uzuki
Izoh: Xotinining ismi nomsiz barmoqqa yozilgan.

5581. JARda bo‘lib o‘tgan FIFA-2010 jahon chempionatida Daniya terma jamoasi bosh murabbiyi Morton Olsen o‘z qo‘l ostidagi jamoasi bilan birga tushgan plakat chiqariladi. Ushbu plakatga mashhur bir film nomi yozilgan edi.
Diqqat savol: Qaysi film?

Javob: Oushenning 11 do‘sti.

5582. 2 katta 5 dan
2 kichik 0 dan
Diqqat savol: Yuqoridagi tengsizliklar qayerda to‘g‘ri bo‘lishi mumkinligini ayting?

Javob: «Tosh qaychi qog‘oz» o‘yinida.
Izoh: ✊(0) ✌️(2) ?(5)

5583. Petr Vaylning yozishicha, IKS har bir musulmonning qalbida joylashgan ekan.
Diqqat, Italyanchadan «qadamlab o‘lchamoq» ma’nosini beruvchi IKSni toping?

Javob: Kompas

5584. 1976-yildan beri Eyfel minorasini qaysi ayol nomi bilan atashadi?
Javob: Margaret Tetcher
Izoh: Eyfel minorasi kabi Tetcher xonimga ham «temir ayol» laqabi berilgan.

5585. Fransuzchada «Milliy jilet» deb ayting-chi?
Javob: Gilotina

5586. Luis Suarez o‘zi uchun foydali shartnoma imzolagandan keyin, ,,Daily mirror” gazetasi: ,,Luis loves Liverpool” nomli sarlavha bilan chiqqan.
Diqqat savol: Bu sarlavhani originalida yozib bering?

Javob: ,,£uis £oves £iverpool”
Izoh: Bu bilan Suarezning nimaga jamoada qolishni xohlaganiga ishora qilingan.
Funt-sterling belgisi shunday

5587. «Blits savollari»
Mavzu: Arab xalq iboralari va topishmog‘i
1.Arablar qachon «tog‘ga qor tushibdi» deyishadi?
2.Arablar qachon «dadam uyda qo‘zichoqni bo‘g‘izlayapdi» deyishadi?
3.Topishmoq: Kuchukning oyoqlari nechta, agar dumini ham hisoblasak?

Javob:
1.Sochlari oqarsa
2.Xurrak otib uxlayotgan bo‘lsa
3. 4ta. (Chunki dum oyoq emas)

5588. «Pianinochini otmang, u qo‘lidan kelganicha chaladi?»
Oskar Uayld o‘zining «Amerika taasurotlari»da Kolorado shtati Ledvill shahridagi barda pianino joylashgan tomonda shu yozuvni ko‘rganini yozadi. Chunki kovboylar pioninachilarni jaxl ustida otib tashlashavergan.
Shu ibora bo‘yicha latifa ham mavjud:
«Gʻarbda kovboy barga kiradi va pianino tepasidagi shu lozunga ko‘zi tushadi, lekin pianinochining o‘zi yo‘q edi.
-Pianinochi qani? – hayron bo‘ladi kovboy.
-Bilasizmi, kecha barga U kirgan edi.»
Diqqat, savol: UNI ikki so‘zda aniq ayting?

Javob: Savodsiz kovboy (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/6746?comment=43871)

5589. Betta – XІX-XX asr boshlarida O‘rta Osiyoda xotin-qizlar kiyimi hisoblangan paranjining yelkadan yon tomonga osiltirib tikilgan ikki yengsimon qismi BETTa deb atalgan. Shuningdek, hunarmandlar ham kulollar charxida loydan yasalgan xom idishlarni tekislash va silliqlashda ishlatiladigan charm, latta yoki kigiz bo‘lagini BETTA deb atashgan.
Diqqat savol: Betta oʻrnidagi unlilari bir xil boʻlgan bir soʻzni yozib bering?

Javob: Bandak

5590. Savolda Bir soʻzda harflar tushurib qoldirilgan.
PAT birinchi bor XIII asr oxiri XIV boshlari Yevropaning zodagon oila uylarining past qismida ishlatila boshlagan. PAT qal’alar, saroy zallari va yuqori jamiyat zodagonlari uylarining ichki qismining bir boʻlagiga aylangan.
Rossiya esa «Eman gʻishtlari» deyilgan.
Savol: Harflari tushurib qoldirilgan soʻzni toʻliq holda yozib bering?

Javob: Parket

5591. Ayrim ma’lumotlarga ishonadigan bo‘lsak , Iskandar Zulqarnaynning vasiyatiga ko‘ra tobutini to qabrgacha ALFA ko‘tarib borishlari kerak edi . ALFA ning eng kichkinasini 1998-yildan O‘zbekiston taniy boshladi .
Savol: Ushbu  O‘zbekistonlik ALFA ni 1998-yil qaysi kompaniya bilan hamkorlik qilganini toping ?

Javob: Teshavoy korporation
ALFA bu tabiblar edi. Kichkina tabib filmini esladingiz degan umiddaman.

5592. Italiyadagi eng katta avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniya boʻlib, 125-yil yaʼni 1899-yilda tashkil qilingan. Asoschisi Jovanni Agnelli. Bir Inglizcha hazilda uning abbreviaturasi «Buni yana ta’mirla Tony» deb rasshirofka qilinadi. Diqqat savol, ushbu kompaniya nomini yozib bering?
Javob: FIAT
Izoh «fix it again, Tony»

5593. Ushbu toponimning kelib chiqishi haqida maʼlumotlar kam boʻlsa-da, xuddi shu nom ostidagi tarixiy joyning gʻorlari koʻp oʻrganiladi. Hozirda ushbu hudud Fargʻona viloyati Soʻx tumanidagi qishloq va mahalla nomi sanaladi. Ushbu toponimning eski nomlari orasida «ravon oqadigan suv», «hayot suvi», «rahmat suvi» kabilar ham bor. Diqqat savol, gap qaysi toponim haqida ketmoqda?
Javob: Obishir
Izoh: «Obiravon», «Obihayot», «Obirahmat» nomlari ostidagi bu toponimning hozirgi va eski nomi «Obishir» deyiladi. Savol muallifi esa Soʻx tumanidagi Obishir mahallasida yashaydi.

5594. «Baxt» nomli Koreya serialidagi bir sahnada qahramon yer yuzi xavf ostida qolganligini taʼkidlab turib, U ni eslab oʻtadi. Biz biladigan «U» haqida esa 1 faktda u asosan O’lim, ochlik, urush va Fath kabi timsollarni ifodalaydi. «Hozir U» nomli film ham bor. Google dan qidirmasligingiz uchun qachon chiqqanligini sir tutamiz lekin asosiy qahramonlaridan biri Laurens Fishbornligini aytib oʻtishim mumkin. Diqqat savol, u oʻrnidagi 1 soʻzni yozib bering?
Javob: apokalipsis
Qabul: turli tildagi tarjimalari
Izoh: ushbu serialda virusdan qoʻrqqan boy odam apokalipsis yaqin yer yuzi xavf ostida degan soʻzlar bilan detektivga murojaat qiladi.
Menimcha hammamiz apokalipsisning 4 chavandozi haqida eshitganmiz.
Apocalypse now filmi esa 1997-yilda ekran yuzini koʻrdi.

5595. Koʻp maʼlumotlarga ishonadigan boʻlsak ushbu qizilsoqol, koʻpgina janglarda akalari bilan mardonavor jang qilgan. Baʼzi odamlar qizil soqolni yomon deb bilishadi. Lekin biz unday hisoblamaymiz. Diqqat savol, biz sizdan qizil soqol kimligini emas, balki ushbu qizil soqolning poytaxti qayerligini soʻraymiz?
Javob: Jazoir
Izoh: menimcha qizilsoqol kimligini topdinglar bu oʻsha mashhur Qaroqchi Xayriddin Barbarossa boʻlib, Shahid at-Turboniy qalamiga mansub asarda uning poytaxti deb Jazoir aytib oʻtilgan.

5596. Diqqat savolni Rassel Krou beradi.
Bu Afsona 1 klub tarkibida oʻynagan sanoqli insonlardan biri. Maydon markazida totli uzatmalarni amalga oshirib oʻz jamoasiga chempionlikni olib kelgan va ushbu klub tarixidagi mantiqan imperatorga aylangan.
Diqqat savol, ushbu 10-raqam egasi kimligini emas, balki qaysi jamoada toʻp surganligini yozib bering?

Javob: Roma
Izoh: Bu imperator Italiya afsonasi Franchesko Totti boʻlib oʻzining karerasini Italiyaning Roma jamoasida boshlagan va ushbu klubda faoliyatini yakunlagan. Savol matnidagi totli sizga yordam berdi deb umid qilaman. Preambulada esa unga qiyofadosh inson taʼkidlab oʻtildi. Yana bir fakt Rassel Krou bir roli uchun mukofotni aynan Totti ning qoʻlidan olgan

5597. Uni maktabda ham, koʻchada ham aqli past, nodon, odam boʻlmaysan deb pastga urishgan. Uning aqli zaifmi yoʻqmi bilmadim-ku, lekin hozirgi kunda hamma foydalanadigan ixtirosidan tashqari, oʻsha davrda qiyin boʻlgan bir necha liniyali telegrafni ham yasagan. Ajablanarlisi u bu ishni oddiy gazeta sotuvchi boʻlganligida yasagan va atigi 16 yoshda edi. Kongress tomonidan oltin medal mukofotini olganidan keyin, unga yana bir mukofot «A’lo medal» bilan taqdirlangan. Bu medal Amerika floti tomonidan beriladi. Diqqat savol ushbu fikrlar kim haqida?
Javob: Tomas Edison
Izoh: qanchalik hayratlanarli boʻlmasin, janob Edison lampa yaratishdan oldin koʻp liniyali telegrafni ham yasagan. Aytgandek, «A’lo medal» unga qharbiy qurol va ilmiy ishlarga asoslangan laboratoriya qurganligi uchun berilgan…

5598. Ramzshunoslikka qiziquvchilar uchun ajoyib savol.
Bu belgini koʻpchilik ingliz tilidan kelib chiqqan deb oʻylaydi. Aslida esa bu belgi lotincha «et» soʻzidan olingan boʻlib, «alfa» maʼnosini anglatadi. Sizlarga yordam tariqasida aytishim mumkinki, bu belgini Uilyam Bleykning mashhur sheʼridagi soʻnggi qatordan ham koʻrishingiz mumkin. Aytgandek sheʼrni Googledan qidirishga hojat yoʻq, sizga oʻzingizning klaviaturangiz yordamga keladi.
Diqqat savol xohlang ushbu belgini xohlang umumiy nomini yozib bering?

Javob: Ampersand kodi
Qabul: &, va, and, и turli tillardagi tarjimalari (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/6763?comment=43960)
Izoh: Uilyam Bleykning «Toʻrt Zoa» sheʼriy kitobidagi soʻnggi qatorda yaʼni 9chi kitobning soʻnggi qatorida aynan ushbu belgiga koʻzingiz tushishi mumkin.
…..
The dark Religions are departed & sweet Science reigns.
Bu haqida yana Den Braunning «Ibtido» asarida ham maʼlumot berib oʻtilgan.

5599. Edmund Kirshning fikrini eshiting:
-Afsuski, hatto mana shu qudratli komputer ham bunday murakkab oʻlchamli modelni boshqara olmaydi. Simulyatsiyani soddalashtirish zarur edi. Va men insoniyat faoliyatining boshqa bir sohasidagi texnologiyalardan foydalanish yordamida masalaga yechim topdim. Menga U yordam berdi.
Biz taniydigan u esa 1928-yildan mashhurlikka erishishni boshlagan. Bunga sabab qilib Villi ni aytishimiz mumkin.
Diqqat savol? U oʻrnidagi ism familyani yozib bering?

Javob: Walt Disney
Izoh: Villi bu «Villi paroxodi», yani 1928-yilda yaratilgan birinchi ikki oʻlchamli oq-qora multfilm hisoblanadi. Uni yaratgan inson esa Walt Disney. Edmund Kirsh ham maqsadiga erishish uchun multfilmlashtirish sanʼatidan foydalanadi.

5600. Qilich koʻtarganlar, albatta, qilich zarbidan o’lajak.
Siz hozir Alfadan iqtibosni eshitdingiz. Alfa qadimgi grek tragediyachisi hamda tragediyaning otasi hisoblanadi. Qadimgi Gretsiyada tugʻilib Italiyada vafot etgan. Bir manbada esa Alfadan koʻra, Nitshening yovuzlar bilan urushayotganlar oʻzi yovuzga aylanib qolishdan saqlanishi kerak soʻzlarini oʻzlarining holatlariga tushishini aytib oʻtishadi. Diqqat savol siz yuqoridagi iqtibos muallifini Prometey yordamisiz ayting?

Javob: Esxil
Qabul: Aeschylus
Izoh: ushbu soʻzlarni tragediya otasi Esxil ozining Zanjirband Prometey asarida keltirgan.
Manba «Den Braun Ibtido»