68-qism savol javoblar

Savol javoblar t.me/Eski_Savollar_Bazasi telegram kanalidan olingan.

6701. Syuzen Nikolson otasining 50 yillik faoliyati haqida kitob yozdirib, unga «Otamning mehmonlari» deb sarlavha qo’yadi.
Diqqat savol: sarlavha nomidan kelib chiqib aytingchi, Syuzenning otasining familiyasi kim bo’lgan?

Javobi: Dunyoga mashhur mehmonxonalar qiroli Konrad Xilton edi. Syuzen Nikolson – Xilton esa uning qizi bo’lgan .Konrad Xilton.

6702. Shunday predmetlar borki, O’rta asrlarda ularni ko’rsatish bilan jangdagi mag’lubiyat bildirilgan.
Diqqat savol: qaysi predmetlar?

Javob: Mayda chaqalar

6703. Tarixda bu shahar poytaxt bo’lgan , uni xatto Yevropa va Osiyo o’rtasidagi oltin ko’prik deb atashgan.
Savol: gap qaysi shahar haqida ketmoqda?

Javob: Konstantinopol, ya’ni hozirgi Istambul

6704. Jon Batisni fikricha X ga 1ta odam,
Y ga 2ta odam,
Z ga 3ta odam yetarli. Savol: X,Y,Z nimalar?

Javob: Komediya Tragediya Drama

6705. Qisqa_Savollar_4taligi
1.2004-yilda shaxmatchi Rustam Qosimjonov qayerda 1-o’rinni olgan?
2.Gʻavvoslarning maxsus kiyimi qanday nomlanadi?
3.Ochiq kosmosga chiqqan 1-Ayol kim??
4. 1 Akademik soat necha daqiqaga teng?

Javoblar:
1.Liviya (Tripoli)
2.Akvalang
3.V.Tereshkova
4. 45

6706. Rim lashkarboshilari o’zlari bilan katta-katta janglarga haykaltaroshlarni ham olib yurishgan. Urushda mardlik ko’rsatgan jangchi yo zobitni rag’batlantirish maqsadida ularning haykali yasalgan. Bir haykal yasashga bir necha hafta yo oy zarur.
Ular bir yo ikki kunda haykalni tayyorlashgan. Savol: haykaltaroshlar bu ishni qanday uddalashgan?

Javob: Ular rimdayoq boshsiz harbiy haykallarni o’zlari bilan olib olishgan. Mardlik ko’rsatgan jangchini bir kechada bosh qismini yasab o’rnatib qo’yishgan.
Mana shunday ijodiy ayyorlik bo’lgan.

6707. Demograflarning o’z o’rganishlari davomida »Osmonga tosh otsang kimningdir boshiga tushadi» dagan maqol aynan Koreyslar uchun mos kelishini yana bir bor ta’kidlashmoqda. SAVOL. Nimaga asoslanib bunday fikrga kelganlar?
JAVOB: Demagrafiya ism, familya, tug’ulish va hokazolarni o’rganadigan soha hisoblanadi. Koreyada familyalar o’rganilganda 1 o’rin KIM, 2 o’rin PAK, 3 o’rin IR va hokazo egallar ekan. Bundan kelib chiqadiki koreyslarda KIMlar

6708. Amerikalik bir zodagonning qizi belgiyalik bir zobitga turmushga chiqadi. 1920 yili ular o’g’il ko’radilar. Savol u mashhur belgiyalik o‘g‘ilni ism-sharifini bizga aytasizlar?
Javob: Erkyul Puaro

6709. Taniqli lashkarboshi- shox Kir II ning sevimli oti Dajla daryosiga g’arq bo’lib o’ladi. ~oyat qahrlangan hukmdor gunohkorni jazolashni buyuradi. Bu- aqlbovar qilmas jazo edi. Lekin shoxning amri vojib-jazo amalga oshadi. Savol: Shox Kir II gunohkorni qanday jazolagan?
Javob: Shox Kir II sevimli otining g’arq bo’lgani uchun Dajla daryosini o’limga mahkum etgan ekan. ~oyat qahrlangan hukmdor daryoni quritish uchun 360 ta ariq qazishni buyuradi. Shundan so’ng daryo ming yillar davomida qurib yotgan.

6710. 1940 yili nemis Germaniyasi Fransiyani deyarli urushsiz taslim qiladi. Havo orqali tashlangan tashviqot varaqalarida keltirilgan bir ibora fransuzlarni ruhan sindirgan edi.
Savol: varaqadagi matn muallifi kim?

Javob: Nostradamus. U 1940 yilga kelib Fransiya davlati yo‘q bo‘ladi, u boshqa davlat tasarrufiga o‘tadi deb bashorat qilgan edi

6711. Birnecha yil oldin Twitter (Tvitter) Ijtimoiy tarmog‘ida Samarqandda bo‘layotgan voqealardan ajablangan bir foydalanuvchi tomonidan, shunday tvit qoldiriladi: Samarqandda kimdir «X» o’ynayapdi shekilli, ko‘chaga tuyaqush, ilon va qo‘ylar chiqib ketibdi.
Kristian Van Olsburg «X» muallifi hisoblanadi, «X» nomli film ilk bor 1995 yil ekranlarga chiqqan, bosh rolni Robin Uilyams ijro etgan.
Diqqat savol: «X» o‘rnidagi so‘zni toping?

Javob: Jumanji.
Izoh: Kristian Van Olsburg Jumanji kitobi mualifi hisoblanadi, Jumanji filmi ilk bor 1995 yilda ekranlarga chiqqan.

6712. U raqib egizaklar bir xil vazifani bajaradilar. Garchi bir-biriga raqib esada, navbatma-navbat ishlaydi. Odob bilan o‘ziga navbat kelishini kutadilar. Xohlagan taqdirda ham sherigining ruxsatisiz bir ish qila olmaydi. Bir tana ichida navbatma-navbat bir ishni ado etadi.
Savol: u nima?

Javob: Shaxmat Soati

6713. Rossiyada dengizchilarni tayyorlaydigan yunga maktablari ancha yillardan beri mavjud. XIX asrda bu maktablarga kirib o‘qish juda qiyin bo‘lgan. Avval dvoryan va chinovniklarning bolalari qabul qilingan. Ular pul to‘lab o‘qishgan. Keyin esa talabgorlar imtihon bilan qabul qilingan. Ularning orasida ayrim bolalarga imtiyozlar bo‘lgan.
Savol: kimlarga qo‘shimcha imtiyozlar berilgan?

Javob: Dengizchilarning bolalariga

6714. 1908 yil latifasidan:
Kechqurun — Mendeleyev, ertalab — Mechnikov!
Savol: latifada nimalar nazarda tutilgan?

Javob: Mendeleyev aroqni standartlagan, Mechnikov — bakterilog olim kefir ichishni targ‘ib qilgan.

6715. «Труд» gazetasi «Shlyapangizni yeching, xonimlar» nomli maqola e’lon qilib, unda ayollardan u ishdan oldin dori iste’mol qilmaslik, teleserial ko‘rmaslik, keng shlyapa kiymaslik, oyoq kiyimga ham katta e’tibor qaratish kerakligi so‘raladi.
Savol: qanday ish qilishdan oldin bunday cheklovlar joriy qilinadi?

Javob: Avtomobil haydashdan oldin.

6716. 1959-1961 yillar davomida bo‘lib o‘tgan bu urushda qurbonlar soni 1 milliarddan oshgan. Urush shunchalar avjiga chiqadiki, jabrdiydalar qo‘shni davlatdan boshpana izlashgan.
Savol: voqea joyi va qurbonlar nomini toping?

Javob: Xitoy. Chumchuqlar.

6717. Alfa inglizcha so’z hisoblanadi. Alfa bug’doy uni, yog’idan va shakar aralashmasidan tayyorlanadigan shirinlik turlaridan biri hisoblanadi. Alfa tayyorlashda ba’zan xamirturush, sut, asal va qiyomdan ham foydalaniladi.
Diqqat savol: Alfani ikkita bir xil unli qatnashgan so’zda yozib bering?

Javob: Kreker

6718. Koreyslarda shunday afsona bor:
Koreya birinchi hukmdorining o’g’li yetti yoshigacha gapirmagan ekan. Bir tabib uni yetti yoshida gapirtirib, mamlakatning eng obro’li kishisiga aylangan.
Diqqat savol: rivoyatda tilga olingan tabibning familiyasi kim?

Javob: Hozir ham Koreyada eng ko’p uchraydigan familiya – Kim.

6719. Nemislarning Baden- Baden shahri qadimgi Rimga qarashli bo’lgan vaqtida shahar bir g’alati nom bilan atalgani tarixda yozib qoldirilgan.
Diqqat savol: qaysi nom bilan?

Javob: Baden- Baden cho’milish degani. Qayerda cho’milish mumkin- suvda. Suv qadimdan «Akva » deb nomlanadi. Javob- Akva

6720. Rossiyaning «Kommersant» jurnali sharxidan : «Avval kartoshka, konki, tamaki, shturman, so’ngra esa ULAR . ULAR deb ikki kishining familiyasi keltiriladi.
Diqqat savol: kimlarning?

Javob: Guus Xiddink va Dik Advokatlar. Maqola nomi » Gollandiya Rossiyaga nima berdi» deb ataladi.

6721. Odatda shanba kunlari teatr, kino zallari to‘la bo‘ladi. 1998 yil 4 iyul shanba kuni Germaniya kinoteatrlari deyarli bo‘m-bo‘sh bo‘ldi. Ertasi kuni esa kinoteatrlarga tushuvchilar soni har kungidan ham ko‘paygani kuzatildi.
Savol: shanba kuni nima voqea bo‘ldi?

Javob: Shanba kuni Germaniya jahon chempionatidan chiqib ketadi. Ertasi kundan futbolga qiziqish kamaydi.

6722. Svetayeva, Kuprin, Bunin , Aleksey Tolstoy, Gorkiy. Ularning hayotini yaxshi bilasiz. Ro’yhatda bir holat bo’yicha kimdir ortiqcha.
Diqqat savol: kim ortiqcha va nima uchun ? Bergan javobingizni izohlab yozing. Chunki savolda izoh ham talab qilinmoqda?

Javobi: Bunin.
Izohi: Boshqalar chet elga ketib, yana Rossiyaga qaytib kelishgan. Bunin qaytmagan

6723. Agata Kristi «ularning jinoyatchiga aylanishini politsiya xodimlari xohlashmaydi» , deb aytgan edi. Chunki ularning jinoyat paytida alibi topishi oson.
Diqqat savol: kimlar haqida so’z ketyapti?

Javob: Egizaklar.
Izoh: Biri jinoyat qilsa, ikkinchisi alibi hosil qilishi mumkin.

6724. Alfa- qadimiy rivoyat afsonalarda aytilishicha, inson qalbiga qo’rquv va dahshat solib turadigan afsonaviy, ko’zga ko’rinmas maxluq. Bu maxluqlar , odatda, insonlarning mudhish xotiralaridan yuzaga kelgan. Alfani ko’rgan zahoti barcha inson tarashaday qotib, insonning tabassumi birdaniga so’nadi.
Diqqat savol: Alfani toping?

Javob: Dementor.

6725. O’zbek, Ozarbayjon, Eron musiqa san’atida maqom yo’nalishi bor.
Diqqat savol: yana qaysi bir Osiyo xalqi san’atida milliy maqom maktabi mavjud?

Javob: Hind xalqi musiqa san’atida.

6726. Yapon telekanallaridan birida 2003-yildan beri tarixiy-sotsial , animatsion roliklar berib borish yo’lga qo’yilgan. Bitta umumiy nomdagi bu film- roliklarning muallifi bir inson ekanligi diqqatni tortadi.
Diqqat savol: bu tarixiy film- roliklarning muallifi kim?

Javobi: Filmlarning umumiy nomi hokku. Muallif Matsuo Basyo. Javob – Matsuo Basyo.

6727. Ular 200 yil avval Sariq Jek, To’polonchi Mur, Jon, Redklif va hokazo deb nomlangan.
Diqqat savol: ular nima va bugun qanday ataladi?

Javobi: To’fonlar. Ular erkak ismlari bilan atalgan. Bugun esa go’zal ayollar ismi bilan ataladi: Rita, Juana va hokazo.

6728. Xitoyda shunday gap bor:
«U ishni ota-onang hayotligida qilib ol, yo‘qsa boyib ketsang u ishni qilish yanada qiyinlashadi».
Savol: ota-ona o‘lguncha yo o‘zi boyib ketguncha nima ishga ruxsat bo‘lgan?

Javob: Xitoyda er-xotin boyib ketsa yo ota-onalardan kimdir vafot etgan bo‘lsa, ularning ajralishga haqqilari yo‘q.

6729. Abdulla Qodiriy «Gʻirvon qishloqlik Mallaboy» qissasida ilk parovoz Gʻirvon qishlog‘idan o‘tishini eshitgan xalq o‘zicha parovozni jonzot deb tasavvur qilib, unga atab ayrimlar bir narsa ham ko‘tarib olishgan edi.
Savol: nima olib chiqishgan?

Javob: Odamlar beda, arpa ko‘tarib chiqishadi.

6730. Feodalizm davri Xitoyda birmuncha og’ir kechgan. Ayniqsa, dehqonlar har tanob yer uchun jonlarini berishlariga to’g’ri kelgan. Nihoyat davlat siyosati o’zgarib har bir dehqonga foydalanishi uchun ma’lum miqdorda yer ajratib berishgan. Dehqon bu yerga sholi, makkajo’xori va boshqa ekinlar ekishi mumkin. Shartnomaga muvofiq o’sha yerning bir qismi bog’ qilinishi va shu bog’ga albatta Xitoyga xos bo’lgan bir daraxtdan ekish talab qilingan. Savol: Xitoyga xos bo’lgan daraxtning nomini ayting?
Javob: Xitoy bilasiz, shoyilar mamlakati. Shoyilar ipak qurtidan
olinadi. Ipak qurti nima iste’mol qiladi. Tut bargi. javob esa Tut daraxti.

6731. Buyuk tabib Abu Ali ibn Sino umrining oxirida shunday fikrga kelgan: Ibn Sino kasalni davolashdagi birinchi dori-darmon deb uni bilgan. Agar u bo’lmasa, har qanday giyoh, malham va dori bir pul. Savol: Ibn Sino kasalni davolashda nima birlamchi degan?
Javob: Ishonch

6732. Bir oltoy afsonasida xudo Ulgen odamlarni yaratgach qarg’ani odamlar uchun o’lmas qalb olib kelishga yuboradi. Qarg’a qalbni olib qaytayotganda ULARNING ustidan uchib o’tayotganida qalbni tumshugidan tushirib yuboradi. Shundan so’ng insonlar o’lishni boshlaydi, ULAR esa bir sifatga ega bo’lishadi. SAVOL: O’sha sifatni toping?
Javob: Doimo yashil bo’lib turish
Izoh: Bu archalar edi

6733. Agar ikkita rassom ikkita xonani ikki soatda chizsa, 18 ta xonani 6 soatda chizish uchun nechta rassom kerak?
Javob: 6ta

6734. O’rta asrlarda Alfa ga insonning allohga bo‘lgan e’tiqodini susaytiruvchi vosita sifatida qaralgan.
Aflotun alfa ko’proq ojiz va layoqatsizlarga xos; Moler esa alfa ni insonni hayvondan ajratib turuvchi xususiyat deb hisoblagan. Savol alfa-?

Javob: kulgililik(kulgi)

6735. Chingiz Aytmatovning «Asirga tatigulik kun» asarida U bor hududlarda qog’oz parchalari, g’ijjimlangan gazeta, sigaret qoldig’i va pachaqlangan konserva bankalari juda ko’p sochilib yotardi.
Savol U-?

Javob: poyezd o’tgan joy

6736. Bir asardan:
Doim xushchaqchaq yuradigan Jamila Karimni ko’rdiyu kayfiyati tushib ketdi, xomush bo’lishiga sabab esa Karimni o’tgan tasodifiy uchrashuvdagi birgina xatosi edi. Jamila sinfdoshi Karimdan bunday xatoni kutmagan edi. Begona inson ham unday xato qilmaydi. Jamilaga alam qilgani asarda birgina xato qilmaslik osonligi va «bepul» ekanligi deb ta’kidlangan.
Savol Karimning birgina xatosini aniq ayting?

Javob: Salom bermagani edi

6737. Bu bir sport turi bo’yicha jahon chempionati pratakoli. Endi aytingchi bu qaysi sport ‘turi’?
FINAL MATCH CONRAD – BUTKIN
1st Set
R – R
R – P
R – S
P – R
2nd Set
R – S
P – P
P – P
P – R

Javob: Tosh,qaychi,qog’oz.
Зачет: Rock, paper, scissors.
Камень, ножницы, бумага.

6738. Yandex.ru hodimlarining kuzatuvlari natijasida foydalanuvchilar qaysi davlatdan eng ko’p «nima» ni izlashlari to’g’risidagi ma’lumotni taqdim etishdi unga ko’ra:
Afg’onistonda- «urush» va «film»
Bolgariyada «qalampir», «salat» va «ritsept»
Xitoyda «magazin» va «mahsulot»
Argentinada «chempionat» va X
Diqqat savol X ni yozib bering?

Javob: Tango

6739. Itoatsizlikdan, birovga nisbatan kek saqlashdan, birovga adovatdan, og’izdan yomon har xil so’z chiqishdan, turli xil axloqsiz ishlardan va boshqa yomon holatlardan saqlab ulardan sizni qaytaradi.
Savol man hozir qaysi O’zbek mentalitetimizga oid so’zni ta’rifladim?

Javob: Andisha

6740. Ryunoske Akutagava shunday degan: «Odamlar alfaga o‘xshashadi. Ularga jiddiy qarasang – kulgili. Jiddiy qaramasang – xavfli.»
Savol. Alfa ni toping?

Javob: Gugurt

6741. Alisher Navoiydan keyin yashagan barcha turk shoirlari o’zlarini Navoiydan judayam past daraja ko’rishgan. Lekin XIX asr ikkinchi yarmida Xiva xonligida Shermuhammad Munis degan shoir bo’lgan. U unchalik mashhur qo’lyozmalar yaratmagan bo’lsada o’zini Alisher Navoiydan ustun qo’ygan.
Savol bunga sabab nima deb o’ylaysizlar?

Javob: Shermuhammad Munis shunday deydi:kim bo’libdi u Alisher, U Alini sheri(Halifa Alini nazarda tutgan), men Shermuhammadman( ya’ni Muhammad s.a.v. ni sheriman). Javob oddiygina ularni ismida edi.

6742. Diqqat maqol ham topishmoq ham bo’lmagan so’zlar:
Qo’l savatdaligida oyoq asos bo’lsa erkin uchadi

Ushbu so’zlarda bir dona ortiqcha so’z mavjud.Siz menga o’sha ortiqcha so’zni emas,balki o’sha bir dona ortiqcha so’zdan tashqari bu so’zdagi barcha so’zlarga bog’liq bo’lgan boshqa bir so’zni bir so’z bilan yozib bering?
Javob to’p(⚽️)
izoh:
Qo’l +to’p=gandbol
savat+to’p=basketbol
oyoq +to’p=futbol
asos+to’p=beysbol
uchish +to’p= voleybol
Ortiqcha so’z bu bo’lsa so’zi

6743. Ikki ajoyib do’stlarim bor zehn,
Ular savol yozishar sizlarga BUGUN TEKIN
Eshiting unda U rasman kiymagan tojni,
Chiroy ila rom etgandir barcha muhtojni.
Laqabi erur tabiat va yegulik,
Ism ma’nosi qimmat tosh boylik.
Unga yetolmas ayol zotlik.
Savolni anglagan shu on,
Menga ayting yaratgandir qaysi inson-?

Javob Rashid Nuri Guntegin
Izoh ta’rif «choliqushi» asari edi

6744. Nafaqat biz, balki butun dunyo xalqlari muloqot jarayonida doimo ishlatadigan bu so’zni Koreys xalqida faqatgina er-xotinlar yoki o’zaro urushib qolganlargina ishlatishar ekan. Agar siz biror koreys bilan muloqot jarayonida huddi shu so’zni ishlatsangiz uning yuz ifodasi o’zgarishi aniq. Koreyslar bilan ishlash jarayonida bilib bilmay ishlatgan bu so’zim uchun ko’p tanbex eshitganman!
Bizda esa bu so’z hurmat ma’noni kasb etadi.
Ana endi savol biz kundalik hayotimizda muloqot jarayonida doimo takrorlaydigan bu so’z?

Javob: SIZ! (TANGSHIN)
Koreyslarda bu so’z ishlatilmaydi, muloqot jarayonida esa suhbatdoshingizni ismi yoki lavozimi bilan chaqirishingiz zarur. Begonalarga murojatda esa opa, aka deb,agar tengdosh bo’lsangiz (chogiyo, yogiyo) qaravoring deb murojat qilinadi!

6745. Qadimda qizlar turmushga chiqishdan oldin uylariga folbinni chaqirishgan. Folbin bir idishga suv, ikkinchisiga don solib qo’ygan va tovuqni qo’yib yuborgan. Agar tovuq donga borsa qizni bo’lajak eri oilaparvar, agar suvga borsa eri irodasiz, oilani o’ylamaydigan bo’ladi deyishgan.
Savol: agar tovuq ikkalasigayam bormasachi?

Javob: Agar tovuq ikkalasigayam bormasa qizni bo’lajak qaynonasi judayam yomon bo’ladi deb o’ylangan.

6746. Rebus:
1.Hijriy yil hisobining to’qqizinchi oyi
2.Arabcha bayram so’zi
3.Qashqadaryodagi tuman

1+2+3=?
Javob: Ramazon iyd(hayiti) muborak

6747. Alfa- yunon afsonalarida paydo bo’lgan afsonaviy hayvonlardan biri hisoblanadi. Alfa odatda insonlarga yomonlik qilmaydi, aksincha insonlarni noma’lum xavf- u xatardan ogohlantiradi. Alfalar afsonalarda yunonlarning sharob ma’budi Dionisga yo’lboshchilik qilishgan.
Diqqat savol: Alfani toping?

Javob: Kentavr

6748. Bir tomondan ko’prik, boshqasida deraza yoki darvoza har xil usulda, klassikadan boshlab gotika modernngacha
Qancha ilgari usulda ham bo’lsa ham U shuncha ‘balandda’.
Savol U nima-?

Javob: Euro nominallari?

6749. Noqonuniy ishlar bilan shug’ullangan odamlarni topish politsiyachilarning asosiy vazifasi hisoblanadi.Bir kuni katta neft oligarxining kompaniyasida g’ayriqonuniy pul o’zlashtirish amalga oshirildi.Politsiya faqat offisdagi
710 57735 34 5508 51 7718
Raqamlarni topdi va bu o’zlari uchun kerakli boshliqni ismni aniqlash uchun yetarli boldi.
Savol Hurmatli detektivlar politsiyachilar topgan jinoyatchini ismini ayting?

Javob: Bill
Izoh:Sonlarni teskari o’qilsa BILL IS BOSS HE SELLS OIL yozuvi chiqadi!

6750. 100 nafar eng buyuk tarixiy shaxs (ingl. The 100: A Ranking of the Most Influential Persons in History) — Michael H. Hartning 1978-yil chiqarilgan va 1992-yilda qayta nashr qilingan kitobi.
Ushbu kitobda tarixiy shaxslarning qisqacha biografiyalari keltirilgan: Unda birinchi o’rinda Muhammad (s.a.v),
uchinchi o’rinda Iso Masix turibdi.
Sizlar esa ikkinchi o’rinda kim borligini ayting-?

Javob: Isaak Nyuton edi.

6751. Termiz arxeologiya muzeyi eksponatlari orasida bundan bir necha ming yillar oldin dafn etilgan bir ayol qabri ham bor o’sha davr urf odatlariga ko’ra marhuma o’zining eng aziz buyumlari, 7 kunlik oziq ovqat hamda 1 dona tilla tanga bilan dafn etilgan. O’sha davr etiqodiga ko’ra marhuma 7 kunlik oziq ovqatni jannatga yetib olish ushun bosib o’tiladigan 7 kunlik yo’lda sarflagan.
Diqqat savol: Marhumaga tilla tanga nima uchun kerak?

Javob: Jannatga kirish uchun to’lov sifatida foydalangan.

6752. «Jasorat tugagan kuni alfa boshlanadi» degan edi bir faylasuf. U ko’proq donishmandlik, hayotiy boy tajribani o’zida mujassamlashtiradi.
Alfa nima?

Javob: Keksalik( qarilik)

6753. Ayrim tarixiy manbalarda u yovuzlik ramzi hisoblanadi u boshlanishi bilan kimdir vafot etarkan va u orqali nargi dunyoga ketarkan. Qo’shimcha ravishda uni faqat kunning ikki qismida ertalab kechqurun uchratish mumkun savol gap nima haqida ketmoqda?
Javob: Kamalak. Kamalak chiqishi

6754. Samolyotda ikkita xristian bir musulmon bilan yonma-yon joyda o‘tirib qolibdi.
Ulardan biri musulmonni ustidan kulish uchun sherigiga: -Bilasanmi Jeyms shu musulmonlardan juda to‘ydimda. Qayerga borsam musulmonlar… Amerikadayam, Yevropadayam, Osiyodayam shular. Bularni dastidan qayerga qochib ketsa bo’larkin-a? desa, haligi musulmon unga qarab shunday debdi: -Siz X ga boring, u yerda birortayam musulmon yo‘q!
Savol -X?

Javob: Do’zax

6755. Qadimgi yunonlarda Zevs, Rimliklarda-Yupiter, Yahudiylarda-Yaxve gap nima haqida ketayotganligini anlagan bo’lsangiz turkiy tilda so’zlashgan xalqlarda qanday nom bilan atalgan?
Javob: Tangri

6756. Bu ish qon xujayralarinig rivojilanishiga va butun sistemaning tiklanishiga yordam beradi”, – deydi Janubiy
Kaliforniya universiteti gerontologiya va biologiya fanlari doktori Valter Longo. Uning fikriga ko‘ra, Bu ish mobaynida, energiya olish uchun, odam organizmi immuniyet sistemasidagi keraksiz xujayralarni qayta ishlab chiqaradi ayniqsa shikast yetganlarini.
Bu ishni 2024-yil uchun
«ilk qadamini» qachon boshladi?

Javob: 11-Mart
Izoh: ro’za tutish haqida edi gap

6757. Italiyalik bu «Hakka» tillaga o’ch «jonivor» deb eshitganmiz.
Lekin u bir necha bor o’z o’ljasi «tillani» o’zining asosiy raqiblari «X va Y» ga oldirib qo’ygani va ularni o’ldirishi haqida e’lon bergan karikatura turibdi.
X va Y ko’pincha yonma yon raqiblar sifatida kelishini hisobga olib ikkisini bir komentda yozib bering?

Javob: Ronaldo va Messi
Izoh: «Hakka» deb Balotellini nomladik. Tillaga o’ch jonivor shunchaki Hakkaga bo’lgan ta’rif hamda «Oltin to’p» uchun kalit edi.
Balotelli: Men oltin topga erishishim uchun Messi hamda Ronaldoni o’ldirishm kerak.
Manba: tribuna.uz

6758. «Vazirning qo’li», «ayolning beli», «sulton sevadi», «imom hushidan ketdi».
Savol Turkiyada bunday gaplarga qayerda duch kelishingiz mumkin?

Javob: kafe,restoranlarda
Izoh: Quyidagi berilganlar ovqat nomlari edi.

6759. Xitoyda ko’k choy juda keng ommlashgan deyarli butun aholisi ushbu choyni iste’mol qiladi.
Qora choyni nega iste’mol qilmaslik haqida xitoyliklarda ikkita asosiy sabab bor ekan. Ikkisida ham xitoyliklar o’z salomatliklarini o’ylab fraza orqali qora choydan ko’k choyni ustun bilishadi.1-Ko’k choy tabiiy quritilish quyosh nuri orqali tayyorlansa -qora choyga kimyoviy ta’sirlar. Bu frazalar xitoyliklarni salomatligi hamda tejamkorligiga e’tibori katta ekanini hisobga olib 2-sababni yozib bering?

Javob: Qora choy tishni sarg’aytiradi
Tishlar qancha sarg’aymasa shuncha kam tish pasta ketadi

6760. Tarixga yuzlanamiz. Bu shaxs haqida ko’pchiligingizni xabaringiz bor! Bu shaxs «qahva shaydosi» bo’lgan. U doim qochib yurgan sabab esa Nashriyot ochishi bilan bog’ladi!. Bu shaxs tinimsiz bir ish uchun mehnat qilgan .
Bu shaxs kim deb so’ramaymiz U kimlardan qochganligini yuqoridagi mantiq oraqali toping?

Javob: Qarzdorlardan!
Izoh: bu Shaxs Balzak.
Nashriyot ochgan(katta pul sarflab) ammo Kutilmagan omadsizlik tufayli Bankrot bo’lgan va katta qarzga botgan!
Umri davomida tinimsiz,mehnat qilgan (asarlar yozgan)nega?
Qarzini uzish uchun…

6761. Men birortasini ayblaganimni hech eslolmayman. Odamlarni o‘z tabiatlariga tashlab qo‘yaman. Kim menga yaxshilik qilsa – unga yaxshilik qilaman, kim menga yomonlik qilsa – uni kechirib qo‘yaman. Agar yana takrorlayversa U ishni qilaman !
Siz menga u ishni yozib bering?

Javob: Oliyjanoblik ila javob beraman!

6762. «Men sizga nimani olib kelishim kerak? Nonushta, tushlik yoki kechki ovqatmi?». Bu savol odatda muayyan turdagi muassasalarda so’raladi. Muassasa nomini ayting?
Javob: Kazino

6763. Braziliya o‘rmonlaridan o‘tuvchi Maisi daryosi qirg‘oqlarida piraxa qabilasi yashaydi. Agar siz qabila ayollaridan biridan nechta farzandi borligini so‘rasangiz, u Bir harakat bilan javob qaytaradi xolos. Chunki u farzandlarini sanamaydi, ularni yuzidan taniydi.
Bu harakatni biz odatda noqulay vaziyatdan chiqish uchun qo’llaymiz!
Bu ish-?

Javob: Tabassum qilish ?

6764. Quyidagi navlarni yozib oling. «Jiguli» , «Martovskiy» , «Baltika» , «Brusnichnoye», «Admiralteyskoye» .
Diqqat savol: xuddi shu nomlar bilan ataluvchi ikkita mahsulotni toping?

Javobi: Birinchisi pivo, ikkinchisi olma navlari.

6765. Eng kuchli qo’riqlash tizimi Misr fir’avnlarida, yapon syogunida bo’lgan. Bugun eng mustahkam qo’riqlash tizimi bir soha kishilarida ekan.
Diqqat savol: kimlarda?

Javobi: Modelerlarda eng mustahkam qo’riqlash tizimi faoliyat olib borar ekan.

6766. Germaniya -32, Rossiya-44, Polsha-84, Fransiya- 87, Amerika-95 o’rinda.
Diqqat savol: birinchi o’rinda turganini toping?

Javobi: Mendeleyev davriy jadvalida Germaniy-32, Rutiniy- 44, Poloniy- 84 , Fransiy-87, Ameritsi- 95, birinchi o’rinda vodorod turibdi. Javob- Vodorod.

6767. U fan bilganga oson, bilmaganga qiyin. Yana bir fan borki, u aksincha, bilganga qiyin, bilmaganga oson ekan.
«Jahon adabiyoti» jurnalida bosilgan bu uchqur fikr ostida ikki aniq fanlar yotibdi.
Diqqat savol: qaysi ikki fan?

Javobi: Fizika va adabiyot.

6768. Alfa- qimmatbaho toshlar va ukpar bilan bezatilgan , bosh kiyimga taqiladigan qimmatbaho taqinchoq, buyum hisoblanadi.
Diqqat savol: Alfani toping?

Javob: Jig’a

6769. Qadimgi Rim shoiri va notig’i Publitsiy so’zlari:
«Biz odamlardagi bir o’zgarishni ko’rgach , ularga qiziqishimiz ortadi».
Diqqat savol: qanday o’zgarish haqida so’z ketmoqda?

Javob: «Odamlarning bizga bo’lgan qiziqishi, bizning ham ularga bo’lgan qiziqishimizni orttiradi».

6770. ALFA insonga ona suti, ota namunasi, ajdodlar o’giti bilan singadi. ALFAda insonning iymoni, e’tiqodi , axloqi , hayotining ma’nosini qanday tushunishida va ichki dunyosi namoyon bo’ladi.
ALFA bu?

Javob: Ma’naviyat

6771. Namozda bo‘lsang, qalbingni ehtiyot qil!
Odamlar orasida bo‘lsang, tilingni ehtiyot qil!
Birovning uyida bo‘lsang, Xni ehtiyot qil!
Ovqat ustida bo‘lsang, oshqozoningni ehtiyot qil!
Nima deb o’ylaysiz X ?

Javob: Ko’zni (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/8545?comment=62667)

6772.
-Bir yozuvchi nashriyotga yangi «asar»ini:
-Uzr, bu ishga sal no‘noqman, o‘zlaring qilib olarsizlar, – deya ilova bilan yuboribdi.
Muharrir bu ishni qilib chiqqunicha bo‘lari bo‘pti va javob xatini:
-Baraka topgur, keyingi safar siz faqat bu ishni qilib yubora qoling, o‘zimiz X ni qila olamiz!- deya yo‘llabdi.
Diqqat savol !
Bu ish va X ni toping!?

Javob: bu ish tinish belgilarni qo’yish!
X-asar yozish!

6773. Mashhur insonlardan biri o’ziga yaqin bo’lgan 2 ayolga shunday ta’rif bergan.
Birini «tosh oyoqli xonim»,
ikkinchisini esa juda yaxshi eshitish qobiliyatiga egadir deb ta’riflaydi.
Hurmatli bilimdonlar bu ikki ayol bu mashhur insonga kim ekanligini aniq ayting?

Javob: Vladimir Nobokov o’zining yuqoridagi va pastdagi qo’shnilariga shunday ta’rif bergan.

6774.
1……..
2.Jamoat joyidagi stol.
3.Telefon
4.Restoran menyusi
5.Pult-tv
6.Выключател
7.Gilam
8.Klaviatura
9.Yostiq

10.Bozor sumkasi (ko’p marotaba ishlatiladigan)
Ushbu ro’yhatdagi bog’liqlikni anglagan holda ro’yhatdagi birinchini aniq ayting?

Javob: Muz

6775. SHTRIX KOD
BIBLIYA
DOLLAR
VISA
RULETKA
TELEFON KLAVISHI
Yuqorida berilganlarni umumiy qilib hosil bo’ladigan Alfa ni aniq yozib bering?

Javob: 666 soni

6776. 1.Akula turi.
2.Qirol gvined.
3.To’tiqush.
4.Kardinal bernard.
5.Xoin.
Savol bu ro’yhatdagilarni bir so’z bog’lab turadi, shu so’zni ayting?

Javob: Yago

6777.1.Robert.
2.Gustav.
3.Bertal.

4.Pol
ushbu ro’yhatda ko’rsatilgan barcha insonlar bir alfa ni yaratganlar.
siz alfa nima ekanligini topgan bo’lsangiz menga bu ro’yhatda ko’rsatilmagan shu alfani yaratganlardan biri bo’lgan mashhur va ma’lum insonni ayting?

Javob: Malevich
Alfa bu qora kvadrat

6778. Sotsiolog Kevin Beylz o’z kitobida shunday yozadi:
X– sizning oyoq kiyimingizni yoki shakaringizzni tayyorlaydi.
X ning sizning televiroziringiz tayyorlangan fabrikadagi g’ishtga aloqasi bordir,
X bugunki kundagi deyarli xamma narsani arzon qib beruvchi «omil» hisoblanadi, shuning uchun dunyo miqyosda jaddallik bilan kengaymoqda
savol X ni aniq ayting?

Javob: Qullik

6779. Tojikistonda 1992-1997 yillarda fuqarolar urushi bo’lib o’tgan.
Bu urushga sabab, boshqa viloyat boshqa viloyat bilan bordi-keldi yo’q edi. Bunga esa sabab Alfa Edi.
Savol Nega Tojikistonda bir viloyat aholisini boshqa viloyat aholisi bilan bordi-keldisi yo’q edi?

Javob: Tojikiston tog’lar orasida joylashgan. Tog’lar Orasi uzoq bo’lgani uchun Aholi bir-biriga begonalashib ketgan edi. Bordi keldi ham yo’q edi. Shu sabab Urushning boshlanishiga asosiy sabab edi.

6780. Xalq tabobatida bir davo usuli bor. Bir stakan qaynagan suvni olasiz, bir qoshiq tuz, bir qoshiq gorchitsani soldiz, iching uni, ichdizmi?
Endi ozgina kuting, ikki dona tuxumni oqsil qismini olib iching endi.
Orqasidan shakar solmasdan achchiq qilib kofe iching.
Savol: xo’sh sizda nima yuz bergandiki bu muolajani qildingiz?

Javob: Bu sianiddan zaxarlanishda qo’llaniladigan davo edi.
Bu modda kumushni qayta ishlashda qo’llanilib, bunday joyda ishlagan aholilar doimiy shu tabobat usulini qo’llab kelisharkan.
Agar oshqozonga sianid tushgan bo’lsa bir stakan suvga tuz va gorchitsa solib ichilsa juda tezlik bilan odam qayt qila boshlaydi, va sianidlarni ma’lum qismi chiqib ketadi. Tuxum oqsili esa oshqozonda qolgan sianidni qamrab oladi. Kofe tuxum oqsilini tezda parchalab tashlaydi. Natijada tuxum oqsili bilann sianid ham parchalanadi.

6781. Aynan bu turk yozuvchisi va jamoat arbobi » Inson panoramasi» epopeyasi, shuningdek «835 misra» va » Quyoshni madh etuvchi qo’shiq» she’riy to’plamlarining muallifi hisoblanadi.
Diqqat savol: u kim?

Javob: Nozim Hikmat.

6782. Bu aktyor XX asrdagi eng beg’am ota rolini ijro etib , kino tariximizdan joy oldi.
Diqqat savol: bu qaysi aktyor?

Javob: Rahim Pirmuhammedov.

6783. 1662-yili italiyalik filosof Domaskin melanxoliklar I ni, xoleriklar E ni, flegmatiklar O ni, sangviniklar A ni ko’p ishlatishlarini isbotlab bergan.
Diqqat savol: temperament sohiblari bu harflarni qachon va qaysi holatda ishlatishgan?

Javob: Kulganda: xi-xi-xi, xe-xe-xe va hokazo.

6784. 1948-yilda golland kompozitori Paul Sheffer bir antiqa musiqali asar yaratib, uni » Aniq musiqa» , yoki » Конкретная музыка» deb ataydi . 15 daqiqalik bu musiqa asarga umuman o’xshamas edi.
Diqqat savol: kompozitor nega asariga «Aniq musiqa» deb nom bergan?

Javob: Shefferning musiqiy asarining antiqaligi u 100 foiz tabiiy ovozlardan iborat bo’lgan.

6785. X-yunon mifologiyasining afsonaviy maxluqlaridan biri hisoblanadi. X- ning ko’rinishi vampirizm mavzusida ko’plab dastlabki o’zgarishlarni keltirib chiqardi. X – o’z qurbonlari jasadlarini qoldirib ketmaydi. X tufayli ko’plab kelishmovchiklar ham kelib chiqadi. X – go’zalikka va jozibaga ega bo’lgan odamlarni silkituvchi qip-yaltiroq iblis hisoblanadi . X ning yunon ilohlariga bevosita aloqasi bor. X maxluqini Buyuk Britaniya olgan televizion seriallarining birida uchratishimiz mumkin. X inson kuchi bilan oziqlanadi, organizmni butunlay bo’shatadi, uni quritadi.
Diqqat savol: X ni toping?

Javobi: Lamiya.
Izoh: Lamiya ayol ko’rinishidagi vampir ilon hisoblanadi. «Afsungar» serialining qismlarining birida Lamiya ritsarlar o’rtasida janjal chiqargani hammamizni esimizda bo’lsa kerak.

6786. Alfa- shvedcha so’z bo’lib, joziba, sehr- jodu ma’nolarini bildiradi. Alfa- skandinaviya afsonalarida tilga olingan, ko’p ertaklarda uchraydigan mahluq hisoblanadi. Alfalar mahalliy aholini sehrgarligi, jodugarligi va qo’rqinchliligi bilan qo’rqitgan. Alfalarning ba’zilarining ko’rinishlari qo’rqinchli, ba’zilarining ko’rinishlari odamdan farq qilmaydi.
Diqqat savol: Alfani toping?

Javob: Troll

6787. Ular juda qadimiy va kamtarin bo’lgan afsonaviy xalq hisoblanishadi. Ular tinch, xotirjam hayot kechirishni va vijdonan parvarish qilingan ekin dalalarni yoqtirishadi. Ular semirishga moyil va tamakiga juda o’ch bo’lishadi. Ularning ko’zi o’tkir, eshitish qobiliyati yaxshi rivojlangan, zarurat tug’ilsa hatto juda tez yugurishadi.
Diqqat savol: gap qaysi afsonaviy xalq haqida ketmoqda?

Javob: Hobbitlar

6788. Alfa inglizchadan kirib kelgan so’z hisoblanadi. Alfalarni Buyuk Britaniya (shu jumladan , Shedlend, Gebrid, Irlandiya va boshqa orollarda), Islandiya, Korsika, Sitsiliya, Xokkaydo ( Yaponiya) da ko’rishimiz mumkin. Alfalarning 20 dan ortiq turlari mavjud. Alfalarning bo’yi 40- 125 santimetrni tashkil etadi.
Diqqat savol: Alfalarni toping?

Javob: Ponilar

6789. Ovozi ingichka kimdir qoʻshiq aytishni yoqtirardi va uni qoʻshigʻini eshitgan odamlar unga «qoʻshiq aytib turing umrimiz uzayadi» deyishibdi
Savon: oʻsha kimdirning qoʻshigʻi nima uchun umrni uzaytiradi?

Javob: Kulguli boʻlgan.
Izoh: kimdirning aytgan qoʻshigʻini ustidan odamlar kulgan

6790. Rasulullox SAV ni sahobalari hayotini o’rganamiz
Savffon ibn Umayya U ni Muhammad SAV o’ldirib kel deb jo’natdi. Men seni himoyamga olaman bir narsa bo’lsa dedi.
U borib islomni qabul qilib keldi. U qaysi sahoba edi?

Javob: Umayr ibn Vaxb r.a

6791. Qabilasiga yaqinlashganida peshonasida bir nur yarqiradi. U qo’rqib ketib ey Alloh bu nurni boshqa joyimga muhrla dedi. Nur Uni asosiga tushdi bu sahoba kim edi?
Javob: Tufayl ibn Amr r.a

6792. Alloh o’z kitobida mo’minlar uchun qaysi surada 4ta daryo vada qiladi,va bu daryolar nimalardan iborat?
Javob: Muhammad suras
1.Sutdan
2.Asaldan
3.Aynimagan suvdan
4.May, sharobdan

6793. Bu sahoba ko’plab gazotlarda qatnashganlar. Ko’plab mushriklarni qatl qilganlar. Juda ham shijoatli bo’lganlar. Xatto bir gazotlarni birida 7ta qilich sindirganlar. Kim bu sahoba?
Javob: Abu Dujona r.a

6794. 1924 yillarda Turkistondagi bir jurnalda bozordagi bir voqea chop etilgan.
Bozorga soliqchilar kirib kelishsa hamma sotuvchilar savdo qiluvchilar Azroilni ko’rganday qochishgan . Suv sotib yurgan bolalar ham qochishgan xatto Ular ham deyilgan. Ular kim?

Javob: Gadoylar Tilanchilar

6795. U ni miloddan avvalgi 45-yilda Rim imperiyasi davrida bo’lib chiqishgan. 1582 yilda Yana qaytadan bo’lib chiqishdi va hozirgi kunimizgacha shunday ishlatilyapdi nima u?
Javob: Kalendar
Yilni 365 kunga bo’lish

6796. Bu usul o’rta asr turkiy ko’chmanchi qabilalarni jangovor usullaridan otlik suvoriylar Keng chuqur yoyilib dushmanni o’rab olib orqasidan zarba berishdir.
Bu jang uslubi Boburiylar asoschisi Bobur har jangda qo’llagan va buni buyuk san’at ham deb atagan. Bu jang uslubi jang boshlangdan qo’llanilmaydi jang qizigan va eng og’ir damda qo’llaniladi bu jang uslubini XVI asrda rus otlik askarlari qo’llashni boshlagan.
Bu jang uslubi qanday nomlanadi?

Javob: To’lg’ama yoki To’lg’amish

6797. Bu shaharni bilganlar Murdalar ustidagi shahar deyishadi.
Bu shaharni ostida » Katakomb»
Ommaviy qabriston joylashgan bo’lib uzunligi 322 km dan oshadi va 6 000 000 insonni suyaklari saqlanadi.
Bu qaysi shahar?

Javob: Parij

6798. Rasulullox SAV bir sahobaga daraxtdan xurmo terib tush dedilar. U sahoba daraxtga tirmashib chikayotganida oyoqari ingichkaligidan sahobalar kulishdi. Shunda Rasulullox SAV kulmanglar qiyomat kuni bu oyoqlar Uhud tog’idan og’ir keladi deb marhamat qildilar. Gap qaysi sahoba haqida ketyapdi?
Javob: Abdulloh ibn Ma’sud r.a

6799. Bu sahoba otalaridan oldin islomga kirgan. Dovud payg’ambar tutgan Ro’za kabi ro’za tutganlar ya’ni bir kun ro’za bir kun ro’za emas
Har 3 kunda qur’onni xatm qilganlar. Abu Xurayra r.a bu sahoba haqida Mendan hadis rivoyat qilish bo’yicha o’zib ketdi deganlar.
Kim bu sahoba ismlari?

Javob. Abdulloh ibn Amr roziyalloxu anxu.

6800. Bu davlat Yevropadagi eng qashshoq davlat hisoblanadi. Turizm yo’q hisobi bir yilga 19 ming turist tashrif buyurar ekan. Ongli bilimli odamlar mamlakatni tark etishadi.
Garchi qashshoq yashashsa ham xushchaqchaq quvnoq ko’rinishadi
Davlat tili rumin tili bo’lsa da Yana bir til bor yo’qolib ketish arafasida. YUNESKO muhofazasiga olingan til.
Savol: Qaysi davlat va qaysi til?

Javob: Moldaviya davlati. gagauaz tili