70-qism savol javoblar

Savol javoblar t.me/Eski_Savollar_Bazasi telegram kanalidan olingan.

6901. X- subtropik doimiy yashil daraxt va uning mevasi hisoblanadi. X- diametri 10-15 santimetrga yetadi. Bu daraxt haqida birinchi bo’lib 1750-yilda uelslik ruhoniy Griffits Xyudjes xabar bergan.
Diqqat savol: X ni toping?

Javobi: Greypfrut.

6902. Buxoro atamasi bir necha manbalarda turlicha bayon qilinadi. So’g’dcha «Bug’ » va «oro» Tangri jamoli ma’nosini bildiradi. Sanskrit tilida » Buxoro» so’zi Vixora deb qayd etilgan.
Diqqat savol: Vixora qanday ma’noni anglatgan?

Javob: Ibodatxona.

6903. Chili yaqinidagi bu ikki orol turistlar o’rtasida juda mashhur. Ularning birida Robinzon Kruzo yashagan.
Diqqat savol: ikkinchi orolda kim yashaganini toping?

Javob: Ikkinchi orolda Aleksandr Selkirk yashagan . Robinzonning prototipi.

6904. Samarqandni mo’g’ullardan himoya qilgan sarbadorlar aynan ular bo’lgan ekan.
Diqqat savol: ularni toping?

Javob: Mavlonozoda Samarqandiy, Abu Bakr Kalaviy va mergan mavlono Rudakiylar sarbadorlarga yetakchilik qilishgan.

6905. Dunyoda qaysi asar gazetada parchalarga bo’lib chop etilgan 1-asar hisoblanadi?
Javob: Robinzon Kruzo

6906. Germaniyaning Krumbax shaharchasi mamuriyati sayyohlarni jalb qilish uchun, shaharchada shunday bir yangilik qildiki natijada sayyohlar oqimi sezirarli darajada ortdi, mamurat qilgan ish unchali katta ham emas va kam xarajatli, bu ish sayyohlar biln birga mahaliy aholiga birday manzur bo’ldi.
savol Krumbax mamuriyati qanday ish qilgan?

Javob: Antiqa bekatlar qurishgan

6907. Islomiy davlatlardagi sapyorlar mina va bombalarni zararlantirish uchun simlarni kesishdan oldin simlarga shunday tarif berishadi:
qizil-qon, jon
ko’k-hayot ili jannat
Diqqat savol endi ular
sariq rangga qanday ta’rif berishadi?

Javob: Dushman

6908. Rossiyada bir magazin bor ekan.Har safar ishchi hodim kerak bo’lsa antiqa usulda e’lon berarkan. E’lon mazmuni taxminan shunday:
Bizga katta menejer, menejer, kichik menejer, kichik menejer assistenti, kichik menejer assistenti yordamchisi zudlik bilan ishga taklif etiladi.
Ana endi savol ushbu magazin nomi qanday edi?

Javob: Matryoshka

6909. Bir hakim zot aytadi
Har qanday narsa kichik bo’lib boshlanib, vaqt o’tishi bilan kattalashib boradi.
Lekin Alfa bunday emas. U boshida katta bo’lib, so’ngra kichrayib ketadi.
Istalgan narsa borki, ko’paygan sari narxi tushib ketaveradi. Lekin betta bundan mustasno. U qancha ko’paysa, shuncha narxi oshadi.
Diqqat savol. Hakim ta’rifda keltirgan alfa va bettani maksimal tezlikda toping?

Javob:
Alfa- Musibat
Betta – Odob

6910. Jonni achitguvchi tig’i bo’lmasa,
Har o’tgan uzardi balki be’ozor.
Husnini beg’ubor saqlamoq uchun,
Atrofiga askar tizganmi qator?
Diqqat bu nima bo’lishi mumkin.?

Javob: Atirgul

6911. Alfa-fransuzchadan «chaqmoq, chaqin» deb tarjima qilinadi. Alfa- pirogning bir turi hisoblanadi. Alfa- XIX asrda Fransiyada paydo bo’lgan va odamlar tomonidan tayyorlana boshlagan.
Diqqat savol: Alfani toping?

Javob: Ekler

6912. Alfa-yunonchadan «neft» degan ma’noni anglatadi. Alfa-aromatik uglevodoroddir. Alfa- rangsiz, o’ziga xos hidli plastinkasimon kristall hisoblanadi.
Diqqat savol: Alfani toping?

Javob: Naftalin.

6913. X- hayvonlarni tutish uchun tashlanadigan sirtmoqli arqon , kamand hisoblanadi.
Diqqat savol: Xni qo’sh undoshli bir so’zda yozib bering?

Javob: Lasso

6914. Ushbu 1954-yilda yozilgan asar qahramoni o’zining makkorligi, mahoratli baliq tutuvchiligi, chaqqonligi, juda ham ohista harakat qilishi bilan asarda bayon qilingan. U o’zining qilgan qilmishi oqibatida o’zining yomon ahvolga tushishiga sabab bo’ladi va misli ko’rilmagan boylikka qisman erishadi.
Diqqat savol: Ushbu qahramonning ismini yozib bering?

Javob: Gollum.
Izoh: Gap » Uzuklar hukmdori» asaridagi Gollum haqida ketayotgan edi.

6915. Ushbu rus yozuvchisi (1878-1927) yillar oralig’ida yashab o’tgan. Ushbu inson XX asr boshlarida axloqiy buzuqlik tashviq etilgan asarlari bilan mashhur bo’lgan rus yozuvchisi hisoblanadi.
Diqqat savol: ushbu rus yozuvchisi kim?

Javob: Mixail Petrovich Artsibashev.
Manba: Abdulhamid Sulaymon o’g’li Cho’lponning » Kecha va kunduz » romanidan olingan.

6916. Ushbu so’z o’tkir zehnli, xushfe’l, idrokli, fahm- farostli, ziyrak va boshqa ma’nolarda keladi. Ushbu so’z qiz bolalarga ism sifatida ham qo’yilgan paytlar ham bo’lgan.
Diqqat savol: Alfani toping?

Javob: Fatonat

6917. Professor uning labaratoriyasida kuchli portlash sodir bo’lgani va katta zarar ko’rgani haqidagi xabarni umuman bosiqlik bilan qarshi oldi. Bunga sabab uning ish stolidagi bir predmet edi.
Qanday predmet?

Javob: Kalendar
1-aprelni ko’rsatib turgan edi, professor 1-aprel bayram xazili deb qabul qilgan.

6918. X – o‘limga xukm bilan barobar. Qizig‘i, jallod bir onda qurbonga ham aylanishi mumkin.
X – ?

(Franchesko Totti).
Javob: Penalti

6919. Mana bu aforizmga e’tibor bering.
Unda zaxarli nayza uchi va oltinday shirali asal topish mumkIn.
Savol nima haqida gap?

Javob: Aforizm

6920. Bir teatr minaturasida uning yo’qligi shunday tushuntiriladi.
U o’g’lini imtixoniga ketgan.
Savol u kim?

Javob: Sufliyor

6921. Kanadaning bir tibbiy kompaniyasi reklama plakatida quyidagi rasm ko’rsatilgan: tun holati ko’p qavatli uylarning faqat 2ta derazasida chiroq yoniq holatda qolganlari o’chik, ikkinchi ko’p qavat uyning 2ta derazasida chiroq o’chik qolgan uy chiroqlari yongan holat ushbu keltirilgan suratni ko’z oldizga keltirib kompaniya qanday kasallik davosi uchun dori reklama qilganini ayting?
Javob: uyqusiz va xurrak

6922. «OSMON VA YER O’RTASIDA» dagi filmda sevgi X ga qiyoslanadi, emishki X (sevgi)dan ko’p narsa kutasanu, hech narsa ololmaysan. Filmda sevgi nimaga yoki kimga qiyoslangan?
Javob: Qorbobo

6923. Sendvich pishirganda uning qalinligi 4 smgacha bo’lib, 240°С li pechda 7 daqiqa turushi kerak. Bu raqamlar orasida 0,5 detsibel ko’rsatkichi ham bor.
Savol 0,5 d ko’rsatkich nimani bildiradi?

Javob: Iste’mol qilganda chiqadigan ovoz

6924. Alfa ga o’rtacha 10 dollar tiksangiz, sizga 290 dollar bo’lib qaytishi mumkin. Alfa ning eng qimmatlari va ko’pi AQShda. Dunyo bo’ylab uni quyidagi taqsimotda ko’rishimiz mumkin.
Internet-21%,
Televideniya-36%,
Radio-27%
Gazeta 16%.
Hurmatli bilimdonlar Alfani topinglar-?

Javob: Yuqoridagi savolni javobi Reklama

6925. U quyidagi xususiyatlarga ega ekan.
1.Yurakga foydasi bor.
2.Qarishni sekinlashtiradi
3.Astma va allergiyani oldini oladi.
3.Tishni oqartirish xususiyatiga ega
4.Onkologir kasalliklarga davo vositasida va onkologik kasalliklarni oldini olishda
5.Teriga ajin tushishni oldini oladi.
Berilgan ma’lumotlar asosida
U ni toping?

Javob: Qulupnay

6926. Hind kino yulduzi shunday degan: Samalyotda uchayotgan chog’ida Men osmonda U siz 7 soat ucha olgan ekanman, Yerda ham U siz yura olaman.
U-?

Javob: Sigaret

6927. Men hozir sizlarga ta’riflamoqchi bo’lgan san’at turi o’tgan asrning 60-yillarida Yevropada keng yoyila boshlaydi. Bu san’atda og’riqli usullar juda ham ko’p! Uning face, neyl, mendi, pirsing, skays, implant, breding kabi turlari mavjud!
Endi savol: ushbu san’atni aniqlagan bo’lsanglar! Shu san’at turi bo’yicha «chempionimiz» toping!?

Javob: Nargiz Zokirova!
Bu san’at esa – BODY ART (tana san’ati) edi!
Face-yuzga chizish,
Neyl-tirnoqqa,
Mendi-xina yordamida badanga sur’at,
Skays-tishni bo’yash,
Implant-ko’zni oqiga rasm chizish,
Breding-yaralar orqali rasm hosil qilish va tamg’a bosish turlari edi!

6928. Ushbu so’z arabcha so’z bo’lib, badbaxt, baxtsiz, baxtsizlik keltiruvchi, shumoyoq, shumqadam degan ma’nolarni bildiradi
Diqqat savol: qaysi so’z?

Javob: Manhus.

6929. Ushbu kimyoviy davriy jadval elementi havo tarkibida bo’ladigan rangsiz va hidsiz gaz( elektrlampochkalari, signal, reklama )va shu kabilarni yoritish asboblarini to’ldirish uchun ishlatiladi.
Diqqat savol: bu qaysi kimyoviy element?

Javob: Neon

6930. Alfa-lotincha so’z bo’lib, hovuz , havza , suv ombori degan ma’noni anglatadi. Alfa- suyuqliklar, suyuq gazlar, to’kiladigan mahsulotlar saqlanadigan , yoki tashiladigan ko’chma, yoki stansonar rezervuar, idish hisoblanadi.
Diqqat savol: Alfani toping?

Javob: Sisterna.

6931. Shaxmatchi jahon chempioni bo’lganda azal-azaldan unga lavr gulchambari kiygiziladi. Lekin negadir 1972-yili Reykyavikdagi jahon chempionatida g’olibga oq qayindan gulchambar kiygizilgan.
Diqqat savol: nega?

Javobi: Chunki, Islandiyada lavr daraxti o’smaydi.
Izoh: Reykyavik shahri Islandiyada joylashgan.

6932. Argentina aholisining deyarli 90 foizini aynan ular tashkil etishadi.
Diqqat savol: kimlar?

Javob: Yevropalik muhojirlar.

6933. Alfa- qal’a va qo’rg’on devorining burilish joylariga va darboza yonlariga qurilgan soqchilar turadigan qorovulxona hisoblanadi.
Diqqat savol: Alfani toping?

Javob: Burj

6934. Ushbu fan – organizmdagi kasallik jarayonlari va holatlarini, kasallikning paydo bo’lish sabablarini va oqibatini o’rganadigan fan va soha hisoblanadi.
Diqqat savol: Ushbu fan qanday nomlanadi?

Javob: Patologiya

6935. Buning paydo bo’lish tarixi bir filmdagi to’rt kishiga borib taqaladi. Ular o’ylab topgan buyum tufayli ko’pchilik insonlarning og’iri yengil bo’ladi. Ushbu buyum orqali butun bir hududni tegishli yo’llar orqali kezib chiqish mumkin edi.
Diqqat savol: menga ushbu buyumni o’ylab topgan shaxslarni emas, balki ushbu buyumni o’zini ikki so’z bilan yozib bering?

Javobi: Kafanduzd xaritasi.
Qabul emas: Xarita.
Izoh: Garri Potter filmining 3 qismida Sirius Blek, Piter Petergryu, Jeyms Potter, Rimus Lyupin tomonidan o’ylab topilgan Kafanduzd xaritasi Fred va Jorj orqali Garri Potterga berilgan edi va Garri Potter ushbu xarita orqali butun Xogvars va Xogsmit hududlarini hech kimga bildirmasdan, qisqa yo’llar orqali sayr qilardi.

6936. Ularning barchasini bir ko’rinishlari orqali tanib olishimiz mumkin. Ularning biri qiziquvchan, biri mehribon-u kezi kelganda qattiqqo’l, biri sarguzashtsevar, biri hayvonsevar, biri jiddiy va ishchan, ba’zilari kulushni va boshqalarni kuldurishni yoqtiruvchi, biri sodiq inson, biri uyatchang va mard va hokazodir. Ularni Buyuk Britaniya va AQSh hamkorligi ostidagi filmda ham ko’rishimiz mumkin.
Diqqat savol: Ularni bir nom bilan atang va ularni qanday ko’rinishlari orqali tanib olishimiz mumkinligi haqida ayting?

Javobi: Uizlilar . Biz ularni albatta, mallarang sochlaridan bilib olishimiz mumkin.
Izoh: Savolda jami barcha 9ta Uizliga, Artur, Molli , Bill, Charli, Persi, Fred, Jorj, Ron, Jinni Uizlilarga ta’rif berdik.

6937. Romandan parcha: «Voy azamat-ey!Bir kun umr koʻradimi, bir soatmi, baribir. Kurashadi, olishadi, yashaydi. Balki hayotning maʼnisiyam shudir oʻzi! Tirikmisan, kurashasan. Yo yengasan, yo yengilasan.»
Diqqat savol: Agar siz bu parchani qaysi romandan olingani topgan boʻlsangiz, gap nima haqida ekanini toping?

Javob: Ninachi.Bu parcha «Ikki eshik orasi»romanidan olingan

6938.
1)……………
2)Taqinchoqlarni tozalashda
3)DvD disklarni «yamash»da
4)Manikyur
5)Devordagi teshikchalarni yamashda.
savol: gap qaysi mahsulot haqida ketayotganini topgan bo’lsangiz, birinchi o’rindagisini toping-?

Javob: Tish tozalash.
Tish pastasi haqida edi

6939. U dunyoga kelganida doya hamshira uni o’lik tug’ildi deb hisoblagan. Lekin xonada tamaki chekib turgan amakisi stol ustida yotgan chaqaloqning to’satdan yutalayotganini bilib qolgan. Va shunday qilib, uning hayotini qaysidir ma’noda tamaki asrab qoldi deyish mumkin. Savol: Bu mashhur inson kim bo’lishi mumkin?
Javob: Pablo Pikasso

6940. Fuzayl ibn Iyoz rahimahulloh aytadilar: besh narsa badbaxtlik alomatidir!
1) Qalb qattiqligi.
2) X
3) Hayosizlik.
4) Dunyoga rag’bat.
5) Uzun orzu.
X-?

Javob: Ko’zga yosh olmaslik

6941. Bu inson Angliyadagi kichik shaharchalardan birida tugʻilgan.U olti yoshida Kanadaga koʻchib kelgan va butun hayoti shu yoqda oʻtgan.U bolaligidan tabiatga mehr qoʻygan boʻlib,hayvonlarni kuzatib ,ularni oʻrganar edi.Keyinchalik tabiat va hayvonlar haqida yozgan asarlari va ularga chizgan rasmlari katta shuhrat keltirdi.U «Amerika skautlari» dasturiga asos solgan edi.
Diqqat savol: Siz menga bu inson kimligini emas, balki uning asaridagi boʻrini laqabini ayting?

Javob: Lobo

6942. Bu inson mazkur yozgan asari tufayli Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan. Oʻzi esa bu asar haqida shunday degan:»Men oddiy baliq,oddiy dengiz,oddiy baliqchi va oddiy bola haqida yozdim».
Diqqat savol: Agar siz gap nima haqida ketayotganini bilgan boʻlsangiz menga bu asarga kim prototip qilib olinganini ayting?

Javob: Gregorio Fuentes. Bu asar Ernest Hemingueyning «Chol va dengiz» asari edi.

6943. 1949-yilda chiqqan bir mashhur antiutopiya janridagi asar personaji nomi bilan ataladigan ushbu mukofot fuqarolarning shaxsiy hayoti va erkinliklarini juda qo’pol ravishda buzgan hukumat yoki biror tashkilotga beriladi. Mukofot g’oliblari orasida foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini to’plash borasida nizoli siyosatga ega «Google» kompaniyasini, Rossiya prezidenti Vladimir Putinni, Angliya sobiq bosh vaziri Toni Blerni ko’rish mumkin.
Savol: Bu mukofot nomini ikki so’zda yozib bering?

Javob: Katta ogʻa
«Big Brother» mukofotidir.

6944. Xalqimizda shunday bir atama bor.Bu atama «Toʻrt mujasi sogʻ» atamasidir. Toʻrt muchasi sogʻ deyilganda ushbu toʻrt narsa tushuniladi:
1.Rux
2.Tana
3.X
4.Aql
Diqqat savol: Xni toping?

Javob: Qalb

6945. Go’zallikning 1-qoidasi-Simmetriya. Insonlar, hayvonlar va o’simliklar dunyosi unga ko’ra yaralgan.
Go’zallikning 2-qoidasi esa X. Dunyo bo’ylab o’tkaziladigan g’o’zallik tanlovlarida ham aynan X ga e’tibor berilarkan. X-?

Javob: Proportsiya

6946. Oxirgi uchirilgan navbatdagi «Kolumbiya» parvoz kemasining parvozi falokat bilan tugadi. Bu kosmik kema alfa deb nomlangan edi, «Kolumbiya» kosmik kemasi nomi qanday bo’lgan?
Javob: STS-107

6947. Ushbu usul folbinlik usullaridan biri hisoblanadi. Ushbu usul kaftdagi chiziqlarga qarab fol ochishni o’rganadi . Ushbu usul grek tilidan qo’l, fol ochish, gumon qilish , taxmin qilish degan ma’noni anglatadi.
Diqqat savol: ushbu folbinlik usulini bir so’zda yozib bering?

Javob: Xiromantiya.

6948. Ushbu so’z fransuzcha so’z hisoblanadi. Ushbu so’z bilan bo’ydor kishilardan saralab tuzilgan polkning harbiy xizmatchisini atashadi.
Diqqat savol: Ushbu so’zni toping?

Javob: Grenadyor.

6949. Feodal Angliya jamiyatida shaxsan ozod sanalib, unvonli feodallardan farqli o’laroq, yerga mustaqil ravishda ishlov bergan mayda zamindorlar Alfalar deb nomlanadi.
Diqqat savol: Alfalarni toping?

Javob: Yomenlar

6950. Yelkaga , kamarga osib, yoki cho’ntakda olib yuriladigan yapaloq suvdon, suyuq narsalar sut, yog’ va shu kabilarni saqlash, yoki tashish uchun ishlatiladigan , badli katta idish Alfa deb nomlanadi.
Diqqat savol: Alfani toping?

Javobi: Flaga.
Qabul:» Flasche»- nemis tilidan olganda.

6951. Alfa-daraxtlarga yopishib oxsadigan yashil buta hisoblanadi. Alfa- qon tomirlarni mikroblardan tozalashda hamda terini husnbuzar toshmalardan tozalashga yordam beradi. Yevropada Alfadan gulchambarlar tayyorlashda ham foydalaniladi
Diqqat savol: Alfani toping?

Javob: Qorag’at

6952. Dante juda yuqorilab ketgan amaldorlarga shunday maslahat berib bir o’xshatish qiladi; parvozi qancha yuqori bo’lmasin, u qush yerga yaqin uchishni kanda qilmaydi.
Diqqat savol: qaysi qush nazarda tutilgan?

Javob: Qaldirg’ochning parvozi qancha yuqori bo’lmasin, u dam-badam yer bag’rilab uchishni kanda qilmaydi

6953. Avstraliya qonun chiqaruvchi palatasi ikki palatadan iborat.
Diqqat savol: har ikkalasini nomma-nom ayting?

Javob: Qonun chiqaruvchi palata:ikki palatali Vakillar palatasi va Senat federal parlamentidan iboratdir.

6954. Mol boquvchi, mollardan ko’proq sut olish uchun ularga tuz berar ekan. Savol: Tuz mollarni sutini oshirishda qanday yordam beradi?
Javob: mollar Tuz yesa chanqar ekan va ko’proq suv ichar ekan. Ko’p suv ichsa suti ham ko’payar ekan…

6955. Mushriklardan bir guruh o’z qavmlarini butlarga sig’inishdarini yoqtirmay o’zlariga yangi din axtarishdi
Oxiri biz Ibrohim payg’ambar dinidamiz dedilar va o’zlarini X bilan atashdi. Ular o’zlarini kimlar deb nomlashdi?

Javob: Sobiiylar

6956. Allohga muxabbat, Allohdan qo’rqish, azob uqubatdan najot, balolarga sabr rizq va’dasi. Visol qurbat hosil qilish balolardan omonlik, mag’firat va’dasi. Nafsdan xavfda bo’lish bular hammasini bir so’z bilan ayting?
Javob: Taqvo

6957. Yahyo Payg’ambar bani Isroil qavmiga 5 narsani buyurdilar bular nimalar?
Javob:
1.Allohga ibodat va shirk keltirmaslik
2.Namoz o’qshga
3.Ro’za tutishga
4.Sadaqa qilishga
5.Allohni ko’p zikr qilishga buyurganlar

6958. Bu sahobani Onalari Ummu Salama onamizni singillari bo’lgangan ya’ni Payg’ambar a.s ga qayinsingil bo’lgan. O’zlari Yavmud Dor kuni Usmon r.a bilan birga shahid bo’lganlar bu sahoba kim edi?
Javob: Abdulloh ibn Zam’a r.a

6959. Arab raqamlari arablar tomonidan emas balki bosh1a davlat vakillari tomonidan ixtiro qilingan ekan.
Qaysi davlat?

Javob: Hindistonliklar

6960. Ko’pchilik bu tashkilot haqoda unutib yuborishgan. O’tgan asrni 60 70 chi yilarrida taraqqiy etgan edi. NATO ga o’xshab bu blok ham kommunizmga Qarshi ish olib borar edi. Buyuk Britaniya va Aqsh bosh edi bu blokka 1979-yil parchalanib ketdi. Sababi Eron Pokiston Turkiya Iroq o’zlari Aqsh va Angliyadan bosimidan mustaqil siyosat yurgizishni xohlashdi. Bu blokni nomini ayting?
Javob: SENTO

6961. Bu davlat qadimiy davlatlardan hisoblanadi. Bu davlatni o’z kalendari bor va hozir ularda XVII asr. Ularni konstitutsiyasi 1600 yil qabul qilingan va hozirgacha. Amal qiladi bu qaysi davlat?
Javob: San Marino

6962. Bu odam o’rta asrlarda mashhur. Rim katolik cherkovi kardinali bo’lgan. U haqida zamondoshlari shunday deyishgan Agar Xudo bo’lsa u Xudoni oldida juda ko’p ishlariga javob beradi. Agar Xudo bo’lmasa U ajoyib umrni yashab o’tdi. Siyosatchilar qizil Iblis deb atashgan. Kim u?
Javob: Kardinal Rishlye

6963. 1593 yilda shaxsiy matbaa xodimi bir taniqli musulmon olimini mashhur kitobini Yana arab tilida Italiya da Florensiyada chop ettirgan
Uni kutubxonasida saqlangan.
Tarixchilar Yevropa uyg’onish davrini musulmon olimlari asarlari beshik vazifasini o’tagan degan xulosaga kelganlar.
Savol. Qaysi olimni qaysi kitobi edi?

Javob: Abu Ali Ibn Sino «Tib qonunlari»

6964. Bir so’z bor biz doim kundalik hayotda juda ko’p ishlatamiz. Oddiy xol bizda. Sahobalar davrida bu so’zni ishlatmaganlar ojizlik belgisi deb qarashgan
Qanday so’z?

Javob: «Agar» so’zi

6965. X yagona munosib tangadir. Faqatgina ana shu tangaga hamma narsani almashish mumkin. Shunda mardlik, odillik, ezgulik-soxtalikdan forigʻ boʻladi. Bu ezgulikka huzur-halovat ,qoʻrquv va boshqa narsalar xoh yoʻldosh boʻlsin, xoh boʻlmasin, u doimo x bilan xamqadamdir.
Diqqat savol: X ni toping

Javob: Tafakkur

6966. Qariyb 1000 yil avval qurilgan bu inshoot oʻzining konstruktiv va meʼmoriy yechimlari bilan mutaxassislarni lol qoldirmoqda. Uning tarxi kvadratga yaqin koʻrinishda boʻlib, toʻrt burchagida toʻrtta guldastasimon burjlari bor.
Diqqat savol:Siz menga bu inshootni nomini emas, balki bu inshoot nima vazifani bajarganini ikki soʻzda yozib bering?

Javob: Qizlar akademiyasi.
Izoh: Gap «Qirqqiz» qalʼasi haqida ketayotgan edi. Manbalarda yozilishicha bu qalʼa musulmon qizlar uchun Oʻzbekistondagi ilk Islom Akademiyasi hisoblanadi.
Akademiya soʻzi ham qabul qilinadi
Manba: Oʻzbekiston tarixi 7-sinf 97-sahifa

6967. Bu shaharda yashovchilarda shunday hazil bor: Biz har tongda undan nima qilishni so’raymiz. U bizga nima deydi deng» men qayerdan bilay» .
Diqqat savol menga unimas shahar nomini ayting?

Javob: Rio-de-Janeyro
Izoh: U shaharda Iso alayhissalom ning katta haykali bor. Undan nima qilaylik, deb so‘rashsa, u qo’lini ochib turib, men qayerdan bilay, deydi

6968. Agar bu savolimni bilimdonlarga emas Arastuga berganimda 3 deb javob olardim edim. Agarda 1703 yil Kiyev yozuvchisiga berganimda, 4 javobini olardim. Agar Afrikani qabilasidan biriga berganimda 2 degan javobni olardim. Ana endi bu savolga barchangiz bir xil javob berishingizni inobatga olib,aytingchi,
Men qanday savol bergan bo’lishim mumkin-?

Javob: Kamalakda nechta rang bor?

6969. Ushbu binoga qanday nom berishgan?

Javob: Bluetooth.
Ответ:Синий зуб.

6970. Aktrisa goh xushidan ketar, o’zini ismini unitar, ozib cho’p bo’b ketgan edi. U faqat bir narsa oftobni orzu qilar edi,
Siz menga aktrisa bu rolni qayerda ijro etayotkanini aniq ayting?

Javob: Qamoqxonada

6971. Kaliforniya shahri politsiyasi tuni bilan reyd uyushtirib giyohvand va ko’cha bezorilarini ushlashar ekan, endi mantiqan o’ylab aytingchi kunduzi reyd kimlarga qarshi bo’ladi?
Javob: Darsdan qochgan o’quvchilarga

6972. Bu tinib tinchimas olimlar dunyo bo’ylab yaralgan qadimiy obidalarni yillar o’tkani sayin o’z holatini qanday saqlayotkanini erinmay tekshirib ko’rishibdi shu tekshiruv natijasida yaratilgandagi birinchi holatini a’lo darajada saqlab qolgan qaysi obidaga birinchilikni berishkan deb o’ylaysiz?
(bu obida faqat 20 foizgagina eskirgan)

Javob: Buyuk xitoy devori

6973. Ushbu rasmda oxirgi 2 jumlani aniq ayting?

Javob: Blind date.
Комментарий: Текст, как видите, набран шрифтом для слепых.
Источник(и): Реклама увидена в немецком кинотеатре и переведена на английский.

6974. Bu insonning otasi tarixdagi hukmdorlardan birini shaxsiy tabibi boʻlgan ekan. Oʻzi esa ushbu hukmdorning nevarasiga ustozlik qilgan. U xavas qilarli darajada oʻtkir zehn sohibi ham edi.Manbalarda aytilishicha u hayoti davomida 28ta asar yozib qoldirgan.
Diqqat savol: Siz menga u inson kimligini emas,balki u insonning XVI asrgacha amalda boʻlgan nazariyasiga chek qoʻygan insonni ayting?

Javob: Galileo Galiley
Izoh: Gap Aristotel haqida ketayotgan edi. Galiley Galileo esa Aristotelning «tushish tezligi tana ogʻirligiga proporsional» degan nazariyasiga chek qoʻygan.
Manbalar: «100 mumtoz faylasuf» 2018-yil «Yangi Asr Avlodi»nashriyoti 99-sahifa .

6975. Savol: «O’tkan kunlar» asarida Kumush ikki marta unashtiriladi. Birinchisida- Otabekka unashtirilganda otasi undan rozilik so’rab o’tirmaydi. Otabekning nomidan kelgan taloq xatidan so’ng Kumushga yana sovchi keladi. Ammo bu safar otasi uning roziligini so’raydi ya’ni Kumushning ixtiyoriga qo’yib beradi. Nima uchun Qutidor 2-martada Kumushdan so’raydi?
Javob: «O’tkan kunlar» bizning milliyligimiz aks etgan asar hisoblanadi. Adabiyotshunoslar fikricha musulmonchilikda qiz bolada otaning haqqi bo’ladi. Shuning uchun 1-martada otasi ruxsat so’ramaydi. 2-martada Kumush turmush qurgan ayol hisoblanadi. Shuning u mustaqil qaror qabul qilishga haqli bo’larkan

6976. Ushbu illustratsiya nima uchun qilinganini aniq ayting?

Javob: shaxmat oti.
Qabul: oq ot, qora ot.
Izoh: Roman – «Lujinni Himoya Qilish».

6977. Ushbu illustratsiyada Dji Li gorizont va kapitallizm so’zlarini yashirgan. Endi aytingchi o’ng tomonda bir harf orqali qaysi so’zni illustratsiya qilgan?

Javob: Dali

6978.Yoshgina «kelinchak» yangi xonadonga keldi.
U avvaliga uydan hech tashqariga chiqmas lekin yosh o’tib hovliga chiqdi lekin uyga kirolmadi.
Keyinchalik ko’chaga chiqib bir muddat turib so’ngra xonadonni butunlay tak etdi. Savol «kelinchakni» toping?

Javob: Supurgi

6979. Qora quti ichida nima bor?

Javob: Mushuk.

6980. O’rta asrlarda ishlangan ushbu xaritada qora bilan yashiringan joyda nima bor?

Javob: Ka’ba.
Qabuk: Kaab toshi va boshqa sinonimlar.
Izoh: O’rta asr yevropaliklari Quddusni xaritalar markaziga joylashtirdilar va musulmonlar markazga asosiy ziyoratgoh-ka’ba toshini qo’yib, biroz oldinga borishdi. Ka’ba qora kubdir.

6981. Oq fonda yashirilgan 3 ta harfni aniq ayting?

Javob: U B A
«DUBAI»

6982. Qizil kitobni hamma bilsa kerak. Unda yo’qolib ketayotgan hayvonlar, o’simliklar ro’yhati bor. Shu qizil kitobni boshida qora ro’yhat ham bor.
Savol: Qora ro’yhat nimani anglatadi?

Javob: Yo’qolib ketgan o’simlik va hayvonlar ro’yhati

6983. Duplet:
1 savol. Plakat bag’ishlangan shaxsning yozib bering?
2 savol. Plakat bag’ishlangan shaxsning yozib bering?

Javob:
1.Franklin Ruzvelt.
2.Avraam Linkoln.
Izoh:
1.Ruzvelt familiyasining birinchi harflari nogironlar aravachasi sifatida stilize qilingan.
2.Linkoln familiyasining bosh harflari to’pponchadan o’q otish tarzida stilize qilingan

6984. K.Pavla ushbu kartinka orqali siyosiy adolatsizlikni ifodalamoqchi bo’lgan. Aytingchi ushbu kartinkani asl ko’rinishida qaysi personaj tasvirlangan?

Javob: Pinokio

6985. Turistik firmaning broshurasida aks etgan ushbu kartinkada biz qaysi harflarni yashirdik yoki siz turistik firma qaysi davlatga oid ekanligini aniq ayting?

Javob: Slovenia

6986. Ushbu notalarni qayerda eshitgansiz yoki ushbu notalarni nomlang?

Javob: Vuvuzela.
Izoh: ushbu ball paydo bo’ldi 2010 yilda Janubiy Afrikada bo’lib o’tgan jahon chempionati

6987. Ushbu kolleksiyalarni 1 so’zda nomlang?

Javob: «Chelsi».
Izoh: ushbu taxallus «nafaqaxo’rlar». Ammo agar xohlasangiz, tarqatma materialda «aristokratlar»ni ham ko’rib chiqishingiz mumkin

6988. Davlatingdan ayrilsang – ko’p narsa yo’qotasan,
Nomusingdan ayrilsang – ko’p narsa yo’qotasan,
Alfa dan ayrilsang – hamma narsangni yo’qotasan.
Diqqat savol: alfa ni toping?

Javob: Mardlik

6989. 2006-yilning kuz faslida Italiyaning «Mondadori» nashri bir kitob chop etadi.Ushbu kitobda uning 249 xil ehtimol variantlari haqida aytilgan.Asosiy variantlarda uning qiziqqon tabiati haqida so’z yuritiladi.
Aytingchi ushbu kitob muallifi kim edi?

Javob: Materazzi.
Izoh: Marko Materazzi so’nggi jahon chempionatining final o’yinida Fransiya terma jamoasi sardori Zinedin Zidanga aytgan so’zlari haqida kitob yozdi.

6990. Roald Dalning asari qahramoni mashinadan bir varoq topib olganini, endi boyib ketishini eriga aytadi. Eri qog’ozda faqat 50 dollar yozilgani va nega bu muhim varoqda ism, familiya yozilmaganini so’raydi. Ayol esa boy, puldor odam aslida atayin ismini yozdirmagan. Boylar bunday joyga bormasligini aytadi.
Diqqat savol ayol bunday joy deganda qayerni nazarda tutgan?

Javob: Lombard

6991. Dastlab alfa soqov bo’lib dunyoga keladi. Lekin oradan 32 yil o’tib, to’satdan gapira boshlaydi. alfa ni ayting?
Javob: Kino

6992. Bir kino qahramoni uni shunday ta’riflaydi:
«Uni cho’loqdan ham oldin fahmlasa bo’ladi. Chunki uning «oyog’i juda kalta» bo’larkan.
Bizda esa sal boshqacharoq aytiladi: «Uning umri qisqa»
U nima?

Javob: Yolg’on

6993. Platonning fikricha alfa inson uchun yaralgan,
Bekonning fikricha inson alfa uchun yaralgan.
Oddiy savol alfa nima?

Javob: Falsafa

6994. Erdan ajralgan, yoki eri o’lgan xotinga homiladorligi aniqlanguncha shariat bo’yicha erga tegish man qilingan yuz kunlik muddat Alfa deyiladi. Alfa arabcha so’z bo’lib, ma’lum vaqt, ayollar uchun belgilangan muxlat degan ma’noni anglatadi.
Diqqat savol: Alfani toping?

Javob: Idda.

6995. Ushbu qizlarga qo’yiladigan ism arabcha ism bo’lib, iffatli, bokira, pokiza, or-nomusli, oqila qiz degan ma’nolarni anglatadi. Ushbu ismni Turkiya ishlagan bir tarixiy serialida ham ko’rishimiz mumkin.
Diqqat savol: Ushbu ismni toping?

Javobi: Afifa.
Izoh: Turkiyaning » Muhtasham yuz yil » nomli tarixiy serialida Afifa ismli obraz bo’lib, ushbu obraz Sulton Sulaymonning Sut onasining ismi edi.

6996. Ushbu so’z oliyhimmat, saxiy odam, xayr-saxovatli, qo’li ochiq kishilarga ishlatiluvchi so’z hisoblanadi. Ushbu so’z insonning o’zi uchun qadrli va aziz bo’lgan kishilarga nisbatan aytadigan so’zi hisoblanadi.
Diqqat savol: ushbu so’zni toping?

Javob: Valine’mat

6997. Ota-bobolarimiz o’z orzu-armonlariga undan najot qidirishgan.
Uning bir eshigida vafo yashasa,
Yana birida sadoqat yashagan,
Birida muhabbat bo’lsa,
Yana birida armon yashagan,
Bir eshigida hayot yashasa,
Birida najot yashagan.
Diqqat savol: ko’ngil najotkori nima?

Javob: Nay.
Izoh: Uning har bir teshigi ko’ngillarga taskin beradi.

6998. L.N.Tolstoyda shunday fikr qayd etiladi:
«Odam kasr jadvaliga o’xshaydi. O’zi kasr surati bo’lsa, maxraji esa udir. Maxraj qanchalik kattalashgan sari surat shunday kichiklashadi». Shu tariqa buyuk yozuvchi bir yomon illat haqida aytib o’tgan.
Diqqat savol: maxrajni 3ta so’z bilan toping?

Javob: Odam kasr surati bo’lsa, maxraji «o’zi haqidagi fikrlardir».
Izoh: Shu tariqa Tolstoy manmanlikni yomon illat ekanligini ta’kidlamoqchi bo’lgan.

6999. Kornuel universiteti tibbiyot fakulteti doktori Rassel Sesil keng tarqalgan kasallikni keltirib chiqaruvchi asosiy 4ta omilni sanab o’tgan.
A) yolg’izlik;
B) moliyaviy nochorlik;
C) shaxtalarda uzoq muddat ishlash;
D) birovga nisbatan zimdan kek saqlash;
Diqqat savol: doktor Sesil qaysi kasallikni keltirib chiqaruvchi omillarni sanab o’tgan?

Javob: Bod kasalligi.

7000. Germaniyadagi bir kabel zavodi 1500 metrli simlarni alohida qutilarga joylab buyurtmachilarga jo’natadi.
Diqqat savol: simga kimlar buyurtma beradi?

Javob: Germaniyadagi kabel zavodiga royal yasovchi ustalar buyurtma berishadi.
Izoh: Chunki, bitta royalga taxminan 1500 metr sim o’raladi.