9 avgust kun tarixi

👉 BAYRAMLAR:

🇺🇳 Butunjahon tubjoy xalqlarining xalqaro kuni
🌏 Butunjahon kitobsevarlar kuni.
🌍 Butunjahon xattotlik kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇨🇦 Kanada – Tinchlikparvarlar kuni.
🇷🇺 Rossiya – Rossiya harbiy shon-sharafi kuni (Gangut jangida rus flotining g’alabasi sharafiga).
🇺🇸 AQSh ‐ Smokey Bearning tug’ilgan kuni.
🇸🇷 Surinam ‐ Mahalliy xalqlar kuni.
🇿🇦 Janubiy Afrika – Ayollar kuni.
🇸🇬 Singapur – Milliy kun.

 👉 VOQEALAR:

  • Mil. avv. 48 – Pompey va Sezar qo’shinlari o’rtasida Farsala jangi bo’lib o’tdi
  • 378 – Adrianopol jangi: gotlarning Rim imperiyasiga zarbasi.
  • 1173 – Piza minorasining qurilishi boshlandi.
  • 1483 – Vatikanda Sikstin kapellasi ochildi.
  • 1803 – Robert Fulton tomonidan ixtiro qilingan bug’li mashina – paroxodning birinchi namoyishi.
  • 1830 – Lui Filipp I Fransiya qiroli bo’ldi.
  • 1853 – general V.A.Perovskiy qo’mondonligi ostida rus qo’shinlari Sirdaryo bo‘yidagi Oq Masjid istehkomini bosib olishdi.
  • 1859 – Amerikalik Natan Eyms eskalatorni patentladi.
  • 1902 – Eduard VII Buyuk Britaniya va Irlandiya qiroli bo’ldi.
  • 1910 – Chikagoda amerikalik Alva Jon Fisher elektr kir yuvish mashinasini patentlashtirdi.
  • 1913 – Xivada Bosh vazir Islomxo‘ja o‘ldirildi.
  • 1940 – Berlin -Bag’dod temir yo’li qurilishi yakunlandi.
  • 1945 – SSSR Manchuriyaga qo’shin yuborib Yaponiyaga qarshi urush boshladi.
  • 1942 – Maxatma Gandi qamoqqa olindi.
  • 1945 – Nagasakiga atom bombasi tashlandi.
  • 1965 – Singapur Malayziyadan ajralib chiqib mustaqillikka erishdi.
  • 1974 – Uotergeyt ishi natijasida AQSh Prezidenti Richard Nikson isteʼfo berdi.
  • 1992 – XXV yozgi Olimpiada o’yinlarining yopilish marosimi bo’lib o’tdi.
  • 2020 – Belarusiyada oltinchi navbatdagi prezident saylovlari bo’lib o’tdi. MSK taqdim etgan rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, Aleksandr Lukashenko g’olib bo’ldi.

👉 TAVALLUDLAR:

  • 1593 – Isaak Uolton (1683) – ingliz yozuvchisi.
  • 1669 – Evdokiya Lopuxina (1731) – rus imperatori, Pyotr I ning birinchi xotini.
  • 1776 – Amedeo Avogadro (1856) – italiyalik fizik va kimyogar, suvning kimyoviy formulasini kashf etgan.
  • 1819 – Uilyam Morton (1868) – amerikalik stomatolog-jarroh, birinchi marta efirni og’riqsizlantiruvchi vosita sifatida muvaffaqiyatli ishlatgan.
  • 1894 – Mixail Zoshchenko (1958) – rus sovet yozuvchisi, dramaturg, ssenariynavis, tarjimon.
  • 1897 – Erix Xyukkel (1980) – nemis fizigi va kimyogari, kvant kimyosining asoschilaridan biri.
  • 1899 – Pamela Trevers (1996) – ingliz yozuvchisi, Meri Poppins haqidagi kitoblar muallifi.
  • 1902 – Solomon Katner (1988) – ingliz pianinochisi.
  • 1911 – Uilyam Fauler (1995) – amerikalik astrofizik, Nobel mukofoti sohibi (1983).
  • 1914 – Tove Marika Jansson (2001) – shved tilida soʻzlashuvchi fin yozuvchisi, romannavis, rassom, illyustrator va komikslar muallifi. 
  • 1938 – Leonid Kuchma – ukrainalik siyosatchi, Ukraina prezidenti (1994-2004).
  • 1957 – Melaniya Griffit – amerikalik kino aktrisasi.
  • 1962 – Baxtiyor Zokirov – kinoaktyor, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist (1997).
  • 1963 – Uitni Xyuston (2012) – Amerikalik qo’shiqchi, aktrisa, prodyuser, modelyer.
  • 1974 – Rafael Puare – fransuz biatlonchisi, 8 karra jahon chempioni, Jahon kubogining 4 karra g’olibi.
  • 1976 – Odri Totu – fransuz teatr va kino aktrisasi.
  • 1977 – Ravshan Ermatov – Oʻzbekistonlik futbol hakami. Ginnesning rekordlar kitobiga „Jahon chempionatlarini eng koʻp boshqargan hakam“ sifatida kiritilgan.
  • 1985 – Anna Kendrik – amerikalik aktrisa.
  • 1988 – Hilola Umarova – maktabgacha va maktab ta’lim vaziri.
  • 1990 – Adelaida Keyn – avstraliyalik aktrisa va model.