Volfram qotishmalari

Volfram qotishmalari -volframning metallar — molibden (Mo), reniy (Re), mis (Si), nikel (Ne), kumush (A) va boshqalar, oksidlar (ThO2), karbidlar (TiC — titan karbidi) va boshqa birikmalar bilan hosil qilgan qotishmalari. Kukun metallurgiyam usulida yoki komponentlar (tarkibiy qismlar)ni yoyli pech va elektron-nurli pechda qovushtirish yo’li bilan olinadi. Komponentlar volfram (W)HHHr o’tga chidamliligini oshiradi, plastikligini yaxshilaydi (temperatura 500° gacha bo’lganda), ishlov beriluvchanligini osonlashtiradi, unda zarur fizikaviy xossalar paydo qiladi. Sanoatda asosan metall-keramik Volfram qotishmalari ishlatiladi. Ular volfram karbidi kukunlari bilan titan karbidi kukunlariga bog’lovchi modda (kobalt) qo’shib aralashtirish, hosil bo’lgan aralashmani maxsus qoliplarda presslash, shundan keyin 1500°-2000° da qovushtirish yo’li bilan tayyorlanadi. Bundam qotishmalar nihoyatda qattiq bo’ladi, bunga sabab ularning taxminan 95 foizi karbidlardan iboratligi. Volfram qotishmalari elektr-vakuum asboblarda qizdirgichlar, ekranlar tayyorlash uchun, 2500° gacha temperatuada ishlatiladigan termopar materiallar sifatida, raketa va samolyotlarning ba’zi detallarini, giroskop rotorini tayyorlashda ishlatiladi. Tarkibida 3-10% nikel va 2-5% mis bo’lgan Volfram qotishmalari «og’ir qotishmalar» deb ataladi. Ular radioterapiyada — nurlanishdan himoya qiladigan material hamda radioaktiv preparatlar saqlanadigan konteynerlar tayyorlanadigan material sifatida ishlatiladi. Tarkibida 15% molibden bo’lgan qo’sh Volfram qotishmalari – reaktiv dvigatellarning parraklarini tayyorlashda qo’llaniladi.