Volframit
Volframit — volframatlar guruxiga mansub mineral, kimyoviy formulasi (Fe, Mn) [WO4]. Qo’shimchalari Zn, Mg, ta, Nb, Th, Sc va boshqakar. Monoklin singoniyali. Prizmatik kristallar. Volframitning temirga boy turi — ferberit, marganesga boy turi — gyubnerit. Rangi qo’ng’ir-qora. Qattiqligi 5-5,5; sof og’irligi 6,7—7,5. Tarkibida temir bo’lgan xillari og’irroq, kuchsiz magnitli xususiyatga ega. Greyzenlar va kvars tomirlarida muskovit, topaz, flyuorit, berill, vismutin, kassiterit, molibdenit, arsenopirit, kamroq antimonit bilan birga uchraydi. Volfram olinadigan asosiy ruda. Volframitdan olingan volfram metallurgiyada o’ta qattiq qotishmalar tayyorlashda, elektrotexnika, kimyo, chinni sanoati va kulolchilikda ishlatiladi. Volframit O’zbekistonning Chatqol va Nurota tog’larida uchraydi.