Vitim yassitog’ligi

Vitim yassitog’ligi – Rossiya Federatsiyasi Buryatiya Respublikasi va Chita viloyatidagi yassitog’lik, Vitim daryosining yuqori oqimida. Balandligi 1200-1600 metr. Eng baland joyi — 1753 metr. Vitim yassitog’ligi asosan, granit, ohaktosh, kristalli slanes va basalt jinslaridan tashkil topgan. 15 dan ziyod qadimgi vulkanlar bor. Yillik yog’in 300— 400 mm. Qish sovuq va qor qoplami yupqa (8-15 santimetr) bo’lganidan yer abadiy muzlab yotadi. Daryo oraliqlari tilog’ochli tayga, pastliklar butazorlar, o’tloqlar va botqoqliklar bilan qoplangan.