Vodiliy
Vodiliy (taxallusi; asl ismi So’fiyev Abdurahmon) (1893, Farg’ona, Vodil qishlog’i — 1965, Toshkent) — o’zbek shoiri. Erkin fikrlilikda ayblanib quvg’in va ta’qiblarda yashagan. Vodiliyning «Devon»i (1963), farzandlariga yozgan o’gitlari bor. Abdurahmon Jomiyning tasavvufga oid kitobi, Fariduddin Attorning «mantiq ut-tayr», Alisher Navoiyning «Lison ut-tayr» dostonlarining qiyosiy, nasriy bayonlari hamda Muhammad Hodiyning «Alvohi intiboh» asarlariiing O’zbekcha tabdili Vodiliy qalamiga mansub. She’rlarida ozodlik yo’lida kurashgan erksevar Vatandoshlarining fikri, niyatlari aks ettirilgan. As: She’rlar, T., 1999.