Vishkvarseva Nina Rafailovna

Vishkvarseva Nina Rafailovna (1941.19.2, Andijon shahri) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1996). Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1965). 1965 yildan Shayxontohur tumanidagi 19-maktabda boshlang’ich sinf o’qituvchisi. Vishkvarsevaning darsi ko’rgazmali materiallar, turli o’yinlar bilan yuqori saviyada tashkil etilib, rasm, musiqa va raqs bilan mujassamlashtiriladi. Uning ta’lim tizimiga olib kirgan yangi pedagogik texnologiyalari bolalarning aqliy, mantiqiy rivojlanishida katta samara beradi.