Vishnevskiy Aleksandr Aleksandrovich

Vishnevskiy Aleksandr Aleksandrovich (1906-1975) — jarroh, tibbiyot Fanlar Akademiyasi akademik (1957), Rossiya (1956) va O’zbekistonda (1963) xizmat ko’rsatgan fan arbobi, tibbiyot xizmati general-polkovnigi (1963), tibbiyot fanlari Doktori (1936), professor (1939). 1948 yildan Tibbiyot Fanlar Akademiyasi jarrohlik institutining direktori. Ayni vaqtda 1956 yildan armiya bosh jarrohi. Mitral stenoz bo’lgan yurakni jahonda birinchi bo’lib operasiya qilgan (1953); sun’iy qon aylanish apparati yordamida «ochiq yurak» operasiyasini birinchi bo’lib amalga oshirgan (1957). Tug’ma va hayotda orttirilgan yurak porogini operasiya qilib davolashning yangi usuli Vishnevskiy rahbarligida ishlab chiqilgan.