«Vityaz»

«Vityaz» — 1) yelkan-vintli harbiy kema (Korvet). «Vityaz»da 1871 yil N. N. Mikluxo-Maklay yangi Gvineya oroliga yetib borgan; 2) rus ekskursiya kemasining nomi (1836 yil qurilgan). «Vityaz» yordamida rus admirali S. O. Makarov rahbarligidagi ekspeditsiya 1886-89 yillarda dunyo aylanasi bo’ylab suzgan va okeanografiyaga oid katta tadqiqotlar o’tkazgan; 3) okeanologiya, okeanografiya va gidrobiologiya sohasida ilmiy tadqiqot ishlari olib borish uchun 1948 yil qurilgan kema. Bir qancha laboratoriya va murakkab asbob-uskunalar bilan jihozlangan bu kemada 1949 yildan tinch okean, Hind va Atlantika okeani hamda dengizlarni har tomonlama o’rganish, ulardagi hayvonlar bilan o’simliklar olamini tekshirish yuzasidan ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan. Xususan okeanning chuqur (6000 metr) joylarida yashaydigan hayvonlarning yangi-yangi turlari topilgan. «Vityaz» 1979 yil foydalanishdan chiqarilib, Kaliningrad portiga qo’yilgan; 4) qadimgi Rusda dovyurak, jasur jangchi.