Vishnuizm, vayshnavizm

Vishnuizm, vayshnavizm-hinduizmning 2 asosiy oqimidan biri (shivaizm qatorida). Asosan Shim. Hindistonda tarqalgan. E’tiqodchilari Vishnupk abadiy jonli tabiat mujassami sifatida va oliy Xudo deb biladilar. Vishnuizmda miloddan avvalgi 1-ming yillik o’rtasidayoq monoteistik yo’nalish namoyon bo’ldi va liniy marosimlar zarurligini rad etuvchi bxakta — Xudoni sevish va unga sadoqat aqidasi yaratildi. Milodiy 11-asrdan boshlab Vishnuizmda sektantlik yo’nalishlari paydo bo’ladi, bu yo’nalishlardan ayrimlari tabaqachilikka ajratishlarga qarshi chiqib, bxakta ta’limoti bilan yaqindan bog’lanib qolgan edi. Bxakta targ’ibotchisi — Janubiy hindistonlik faylasuf va diniy islohotchi Romanuja (1137 yil vafot etgan) shrivayshnavlar tariqatiga asos soldi. U hozir ham Vishnuizmda eng yirik tariqatlardan biri hisoblanadi.