Voynich (Voynich) Etel Lilian

Voynich (Voynich) Etel Lilian (1864. 11.5, Kork, Irlandiya—1960. 28.7, Nyu-York) — ingliz adibasi. Berlindagi oliy musiqa maktabini tugatgan (1885). 1887-89 yillarda Rossiyada yashagan. 1920 yildan AQShda. Italiya xalq ozodlik harakati (1830-40) ga bag’ishlangan «so’na» (1897) romani yozuvchiga xalqaro shuhrat keltirdi. Voynichning «Jek Reymond» (1901), «Oliviya Latam» (1904), «uzilgan do’stlik» (1910), «Poyabzalingni yech» (1945) romanlari Italiya, Rossiya, Polsha xalqlarining inqilobiy kurashi haqida. «So’na» romani Mirzakalon Ismoiliy tomonidan o’zbek tiliga tarjima qilingan (1956).