Volga-kama bulg’oriyasi
Volga-kama bulg’oriyasi – O’rta Volga va quyi Kama havzasida Volga bulg’orlari, fin-ugor xalqlari va boshqalar barpo etgan davlat (10-14-asrlar). Volga-kama bulg’oriyasi 10-asrning 2-yarmigacha Xazar xoqonligiga qaram bo’lgan. Lekin 965 yil Kiyev Rusining buyuk knyazi Svyatoslav xazarlarni tor-mor keltirgach, Volga-kama bulg’oriyasi mustaqil davlatga aylangan. Poytaxtlari: Bulg’or shahri, 12-asrdan Bilar shahri. Arab xalifaligi, Vizantiya, Sharqiy slavyanlar va boshqalar bilan savdo-sotiq munosabatlari olib borgan. Kiyev Rusi, keyinchalik Vladimir-Suzdal knyazligi bilan harbiy va savdo sohasida raqobatda bo’lgan. 1241 yilga kelib mo’g’ullar tomonidan bosib olingan. 13-asr 2-yarmida Bulg’oriya va Jukotin knyazliklari tashkil topgan. 14-asr 90-yillarida Amir Temur tomonidan tor-mor keltirilgan. 15-asr 30-yillarida Volga-kama bulg’oriyasi yerlarini ruslar bosib olganlar. Shundan so’ng faqat Kozon shahri mustaqil bo’lib qolib keyinchalik u Hozon xonligi markaziga aylangan. Volga-kama bulg’oriyasi Sharqiy Yevropaning o’rta asr tarixida muhim rol o’ynab, tatar va chuvash xalqlari madaniyatida sezilarli iz qoldirgan.