Voltamperommetr

Voltamperommetr — elektr zanjiridagi tok kuchi, kuchlanish va qarshilikni o’lchaydigan asbob. Asosan magnitoelektr milliampermetr va yarimo’tkazgichli tugrilagich asosida turli Voltamperommetrlar ishlab chiqaradi. Masalan, Ts56 rusumli Voltamperommetr 0,0003 dan 6 ampergacha tok kuchini, 0,3 dan 600 voltgacha kuchlanishni, 3000 kom gacha qarshilikni o’lchaydi. Keyingi vaqtlarda o’ta ixcham va puxta raqamli Voltamperommetrlar ishlab chiqarilmoqda. Voltamperommetrlar kundalik turmushda, zavodlarda, laboratoriyalarda har xil elektr va radiojihozlarni tekshirish, tuzatish hamda radiomontaj ishlarini bajarishda keng qo’llaniladi.