Vodorod peroksid

Vodorod peroksid, N,O2 – vodorod bilan kislorod birikmasi, rangsiz suyuqlik, zichligi 1,46 g/sm3. Suyuqlanish temperaturasi -0,41°, qaynash temperaturasi 150,2°. Suv bilan yaxshi aralashadi. Sof holdagi Vodorod peroksid turg’un, lekin og’ir metallar va ionlari ta’sirida suv bilan kislorodga parchalanadi. Organik moddalar va faol metallarning oksidlanishi hamda kislorodning katodda qaytarilishi natijasida hosil bo’ladi. Laboratoriyada metall peroksidlar (BaO,, Na2O,) ning suyultirilgan kislotalar bilan o’zaro ta’siri natijasida, sanoatda esa alkilantragidroxinonlar, birinchi navbatda 2-etil, 2-uchlamchi bu- til – va 2-pentilantragidroxinonlarni avtooksidlash usuli bilan olinadi. Suvdagi 30 % li eritmasi pergidrol deyiladi. Vodorod peroksid tarkibidagi kislorod atomlari ham oksidlovchi, ham qaytaruvchi xossaga ega. Vodorod peroksid ipak, jun va mo’yna kabi mahsulotlarni oqartish uchun, tibbiyotda va oziq-ovqat sanoatida dezinfektsiyalovchi modda sifatida ishlatiladi.