Viktor Emmanuil II

Viktor Emmanuil II (Vittorio Emanuele) (1820.14.3, Turin -1878.9.1, Rim) — Sardiniya qiroli (1849-61), Birlashgan Italiyaning 1-qiroli (1861- 78). Risorjimento harakati davrida liberallar (K. Kavur va boshqalar)ni quvvatlagan va respublika — demokratlar lageri bilan kurashgan, lekin ayni paytda J. Garibaldining harbiy g’alabalari va omma orasidagi mashhurligidan o’zining sulolaviy maqsadlarida foydalanishga harakat qildi.