Shamol

Shamol — atmosferada havoning yer sirtiga nisbatan gorizontal harakati. Harakatning gorizontal tashkil etuvchisi Shamol sifatida tasavvur qilinadi. Ba’zan, gorizontal Shamolga nisbatan ancha kuchsiz vertikal Shamol ham bo’ladi. Kuchli vertikal Shamol ayrim hollardagina, masalan, konvektsiya kuchli taraqqiy etgan bulutlarda yoki tog’larda — havo tog’yon bag’ri bo’ylab pastga harakat qilgandagina vujudga keladi. Shamol bosim gorizontal yo’nalishda notekis tarqalgan paytda atmosferalagi traning har xil bo’lishi oqibatida paydo bo’ladi. Shamol tezligi va yo’nalishi bilan ifodalanadi. Yer yuzasidagi Shamol tezligi maxsus asboblar (masalan, anemometr), erkin atmosferada esa uchar- shar (radiozond) yordamida aniqlanadi. Shamol tezligi m/sek, m/soat, yo’nalishi esa flyuger, vimpel, shamol konusi va boshqalar yordamida aniklanadi. Shamolning qaysi tomondan esgani azimut bilan ko’rsatiladi. Shamol yo’nalishi gradus yoki rumbalar bilan ifodalanadi. 5-8 m/sek tezlikdagi Shamol o’rtacha, 14 m/sek tezlikdagi Shamol esa kuchli hisoblanadi; 20-25 m/sek tezlikdagi Shamol dovul (shtorm), 30 m/sek tezlikdagi Shamol bo’ron (uragan), uning birdaniga 20 m/sek gacha keskin kuchayishi qasirg’a (shkal) deyiladi. Tropik tsiklonlarda ayrim qattiq Shamollarning tezligi 100 m/ sek gacha yetishi mumkin. Troposferadan yuqori ko’tarilgan sari Shamol tezligi kuchayadi, 8-10 kilometr balandlikda 60-70 m/ sekunddan ham ortib ketadi. Havo oqimi turbulentligi tufayli har doim Shamol tezligi va yo’nalishi o’zgarib turadi. Yer yuzasida ba’zan butunlay Shamol bo’lmay sukunat (shtil) yuz beradi. Shamol tezligi va yo’nalishi kecha va kunduzga ham bog’liq. Kechasi Shamol tezligi yer sirtida eng kichik bo’lishi, kunduzi peshindan keyingi paytlarda esa eng yuqori qiymatga erishishi mumkin. Shamolning yil mobaynidagi tabiati atmosferaning umumiy tsirkulyasiyasiga va maqalliy sharoitiga bog’liq bo’ladi. Mahalliy Shamol o’sha joyning mahalliy atmosfera tsirkulyasiyasiga, joyning relefiga va boshqa omillarga bog’liq.