Sharbat
Sharbat — yangi uzilgan va terilgan meva, rezavor mevalar hamda sabzavotlardan siqib olinadigan shirali suyuqlik, meva suvi. Sharbatdan vino, shinni, marmelad, patoka va boshqa shirinliklar ishlab chiqariladi. Qaynatib, konservalangan holda yoki bevosita iste’mol qilish mumkin bo’lgan to’yimli, shifobaxsh, parhez ichimlik xisoblanadi. Eng ko’p iste’mol qilinadigani — uzum, olma, olcha, olxo’ri va pomidor Sharbatdir. Uzum Sharbat tarkibida 15% quruq modda (shu jumladan, 13,2% uglevodlar), 3,5 mg% S vitamini, 0,12% karotin, shuningdek, V, R vitaminlari va kaliy tuzlari bor, nordonligi 0,2%; pomidor Sharbati tarkibida 3% uglevodlar, 0,8% oqsil, 15 mg% S vitamini, 0,5 mg% karotin, VR V2, RR vitaminlari, mineral tuzlar bor.