Shayx Muxtor Valiy maqbarasi

Shayx Muxtor Valiy maqbarasi — Xorazm viloyati Yangiariq tumanidagi me’moriy yodgorlik (14-asr). Katta va kichik xona hamda go’rxonadan iborat. Katta xonaning to’rt tomoni chuqur ravoqli, keyinchalik yonlaridagi hujralarga eshik ochilgan. Kichik xonaning ham burchaklarida hujralar, shuningdek, ziyoratxona qurilgan. Orqasida 2 go’rxona, halimxona va omborxona bor. Maqbarada Shayx Muxtor Valiy, uning xotini va yaqin kishilari qabrlari joylashgan. Maqbara hajmi xar xil to’rtburchak g’ishtlardan qurilgan. Yog’och o’ymakorligi bilan nafis bezatilgan 4 eshik saqlangan, bularning birida usta Zayniddin ibn Odina Muhammadning nomi yozilgan. Muhammad Rahimxon hukmronligi davri (1806— 25)da ta’mir etilib, yangi bir ustunli ayvon va qorixona qurilgan.