Sheffild
Sheffild — Buyuk Britaniyaning Markaziy qismidagi shahar. Saut-Yorkshir metropoliten grafligining bosh shahri, don daryosi bo’yida. Aholisi 421,8 ming kishi (2001). Yorkshir ko’mir havzasining og’ir sanoat markazi. Po’lat, prokat, quvurlar uchun yirik pokovkalar ishlab chiqarish, mashinasozlikning turli sohalari (shu jumladan, harbiy mashinasozlik) rivojlangan. Oziqovqat va yengil sanoat korxonalari mavjud. Qadimdan po’lat va kumushdan turli tovarlar, zargarlik buyumlari, qurollar ishlab chiqariladi. Universitet (1905), muzey, badiiy galereya bor.