Shotlandlar
Shotlandlar — xalq, Shotlandiya va unga qo’shni orollarning asosiy aholisi (5,18 million kishi). Umumiy soni 6,1 million kishi (1990-yillar o’rtalari). Shotland tilini so’zlashadi. Dindorlari — aksariyat, presviterianlar (Gellar etnografiya guruhidan tashqari). Shotlandlarning etnik asosini mahalliy pikglar va 5-6-asrlarda Irlandiya orolidan ko’chib kelgan kelt qabilalaridan skottlar tashkil etgan; 7-asrda ular Shotlandiyaga ko’chib o’tgan germanlarning angl (ingl) va saks qabilalari bilan qisman aralashib, ularning tilini qabul qilishgan. Shotland zlatining shakllanish jarayoni shotland davlatining tashkil topishi (11-asr) va ingliz bosqinchilariga qarshi kurash davrida sodir bo’ddi. An’anaviy madaniyati va turmushining asosiy belgilariga ko’ra Shotlandlar irlandlarta yaqin. Tog’li tumanlarda ularda 18-asrda ham klanlarga ajralish tizimi saqlanib qolgan. Shotlandlar, asosan, ko’p tarmoqli sanoat va xizmat ko’rsatish sohasida band. Qishloq xo’jaligining an’anaviy tarmog’i — qo’ychilik.