Shishkin Vasiliy Afanasevich

Shishkin Vasiliy Afanasevich [1893.29.12 (1894.10.1), Kirov viloyati, Rossiya Federatsiyasi — 1966.18.10, Samarqand arxeolog va sharqshunos. O’zbekiston Fanlar Akademiyasining muxbir a’zosi (1966), tarix fanlari Doktori (1961). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi tarix va arxeologiya instituti arxeologiya sektorining mudiri (1943-66). 1923 yildan Buxoro, Samarqand, Toshkent shahrilarida o’rta va oliy o’quv yurtlarida dars bergan. Shishkin Afrosiyob xarobasini qazish (1925), Zarafshon (193435) va Termiz arxeologik kompleks ekspeditsiyasi (1936-38), Poykendni o’rganish (1939), Amir Temur maqbarasini ochish (1941), shuningdek G.A. Pugachenkova bilan hamkorlikda Jarqo’rg’on minorasini tekshirish (1938) va boshqalar arxeologik ekspeditsiyalarda qatnashgan. Ulug’bek rasadxonasning Shishkin 1948 yilda qazib to’la o’rgangan. 1938-39 yillarda Varaxshat arxeologik tadqiqotlar olib borib, 3 qismdan iborat yirik monografiya — «Varaxsha» asarini yaratgan (1963). Shishkin 40 yillik ilmiy faoliyatida 100 ga yaqin asarlar yozgan. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix va arxeologiya institutining ilmiy to’plamlariga (1959— 65) muharrirlik qilgan. «O’zbekiston xalqlari tarixi», «O’zbekiston SSR tarixi» kitoblarini tayyorlashda ishtirok etgan. As: Arxitekturnne pamyatniki buxarm, T., 1936; Varaxsha, M., 1963; Afro- Siyob — qadimiy madaniyat xazinasi, T., 1966.