Shokirov Odil Sharipovich
Shokirov Odil Sharipovich (1908.14.9 Toshkent -1986.1.12) ortopedtravmatolog, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1974). Tibbiyot fanlari Doktori (1967), professor (1971). ToshTi davolash fakultetini tugatgach (1935), Samarqand viloyati Paxtakor tuman sog’liqni saqlash bo’limining boshlig’i va poliklinikada bosh vrach (1936-39), O’zbekiston ortopediya, travmatologiya va suyak sili kasalliklari ilmiy tadqiqot intida kichik ilmiy xodim (1939-41), urush qatnashchisi (1941-45), Toshkentdagi 3336-evakogospital boshlig’i (1945-46), O’zbekiston Travmatologiya va ortopediya ilmiy tadqiqot intida kichik (1946-53), katta ilmiy xodim, travmatologiya bo’limi mudiri (1954), shu institut direktori (1954-61), travmatologiya bo’limi ilmiy rahbari (1961— 69), 1969 yildan ilmiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari. Ilmiy ishlari odamning skelet suyaklaridagi tug’ma nuqsonlarning oldini olish hamda konservativ va operasion yo’l bilan davolash, shuningdek, suyak to’qimasi regeneratsiyasi va immunologiya masalalariga oid. U O’zbekistonda birinchi bo’lib singan suyaklarni mumiyo bilan kompleks davolash usulini amaliyotga tatbiq etdi. As: Mumiyoasil v kompleksnom LecheniiI Perelomov kostey, T., 1976.