Shirali ozuqalar

Shirali ozuqalar – tarkibida suvi ko’p bo’lgan (70% dan ortiq bog’langan suv) o’simlik ozuqa; chorva mollari uchun to’yimli yem-xashak. Shirali ozuqalarga ildizmeva, tuganakmeva, poliz ekinlari mevasi, ozuqa o’tlar, siloslangan ozuqalar va boshqalar kiradi. Tarkibida S vitamini, V guruh vitaminlari, ayrimlari tarkibida ka- rotin, engil hazm bo’ladigan uglevodlar (kraxmal va qand) bor, proteini oz. 1 kilogramm Shirali ozuqalarning to’yimliligi 0,1—0,3 ozuqa birligiga teng. Barcha chorva mollari xush ko’rib yeydi. Sigirlarning sut mahsuldorligini oshiradi, dag’al xashaklarning hazmlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Asosan, xom holida bir sutkada sog’in sigirlarga 40 kilogrammgacha, bo’rdoqiga boqiladigan buqalarga 60 kilogrammgacha, qo’ylarga 4 kilogrammgacha berish mumkin.