Shifr

Shifr (Fransuzcha sgpyge, aynan — raqam, Arabcha sifr — nol) — maxsus maqsadlar uchun mo’ljallangan shartli belgilar majmui. Diplomatik vakillar (elchilar, attashelar va boshqalar)ning o’z hukumatlari bilan maxfiy yozishmalarida, shuningdek, qurolli kuchlarda buyruq, farmoyish berishda va jangovar harakat, razvedka natijalari haqida xabar qilishda qo’llanadi. Xabarning mag’zini chaqish (shifrovka) jumla, so’z, bo’g’in yoki alohida harflarni raqam yoki harflarga turli uyg’unlikda almashtirish yo’li bilan amalga oshiriladi. Shifrlarni tushunish uchun kelishilgan tegishli shartdan (parol) xabardor bo’lish lozim. Shifrlangan matnning mag’zini chaqishda maxsus kalitlar tizimidan foydalanadi. Shifrni murakkablashtirish uchun qo’sh Shifr tizimi ham qo’llanadi. Shifr maxfiy yozishmalar sirini saqlab qolishga hamma vaqt ham kafolat bera olmaydi, chunki davlatlarning razvedka xizmatlari Shifrni echish bilan muntazam shug’ullanib turadi.