Shlezvig Golshteyn

Shlezvig Golshteyn – Germaniya yeri. Maydoni 15,7 ming km2. Aholisi 2,8 million kishi (2001). Ma’muriy markazi — kil shahri mamlakat shimolda, Yutlandiya yarim oroli va shimoliy Germaniya pasttekisligida joylashgan. Shimoliy va Boltiq dengizlari o’rab turadi. Yer yuzasi Sharqiy va Janubiy Sharqiy qismida sertepali tekislik. Shlezvig Golshteyn — Germaniyaning aholisi siyrak yeri. Xo’jaligi industrialagrar xarakterga ega. Kemasozlik rivojlangan. Oziq-ovqat, mis eritish, to’qimachilik, mashinasozlik sanoati korxonalari mavjud. Baliq ovlanadi. Yirik shaharlari: Lyubek, kil, Rendsburg, Xeyde va boshqalar qishloq xo’jaligida go’sht-sut chorvachiligi rivojlangan. Shlezvig Golshteynning Janubiy Sharqiy qismida donli ekinlar, qand lavlagi, kartoshka, sabzavot ekinlari ekiladi. Turizm rivojlangan. Qadimda Shlezvig Golshteyn 2 qismdan: Shlezvig gersogligi va Golshteyn grafligidan iborat bo’lgan. 1386 yilda yagona golshteyn grafligiga birlashtirilgan. 1460 yildan Daniya qirolligi tarkibida. 1864 yilgi Daniya urushi oqibatida Avstriya boshqaruvi ostiga o’tdi. 1866 yilgi Avstriya—Prussiya urushi natijasida Prussiya provintsiyasi hisoblandi. 1949 yildan Germaniya yeri.