Shmidt gipotezasi
Shmidt gipotezasi (astronomiyada) — Kuyosh sistemasilagi sayyoralarning paydo bo’lishi to’g’risidagi kosmogonik gipotezalardan biri. O.Yu. Shmidt sayyoralar bir vaqtlar Quyoshni qurshab turgan turli o’lchamdagi moddalardan paydo bo’lganligi haqidagi nazariyani ishlab chiqdi (1943). Rus olimlari L.E. Gurevich va A.I. Lebedinskiy tekshirishlaridan keyin Quyosh yulduzlararo gazchang moddalarni tortib olgan, ya’ni nisbiy giperbolik harakat elliptik harakatga o’tgan, deb faraz qilinadi (1950). Bu gipoteza bo’yicha protosayyora bulutining rivojlanishi va o’zgarishida unda mavjud bo’lgan qattiq chang zarralari hal qiluvchi rol o’ynagan. Turli zarralarning qo’shilishi tufayli ularning kattalashishi va Quyoshning tortish kuchi ta’siriga qarshilik ko’rsatish xususiyatiga ega bo’lgan ko’p sonli quyuqlashishlarning vujudga kelishi bilan kuzatuv ma’lumotlari tushuntirilgan. Quyuqlashish ichidagi zarralarning elastik bo’lmagan to’qnashishlari uni zichlanishga olib kelgan va diametri o’nlab yoki yuzlab km bo’lgan yaxlit jismga aylantirgan. Aslida bunday holatning ro’y berish ehtimoli juda kichik.