Shimoliy Amerika (Kanada) platformasi

Shimoliy Amerika (Kanada) platformasi — qadimiy baykal burmalanishi davrlarida (1250-950 million yil avval) shakllangan platforma. Unga Shimoliy Amerika qit’asining katta qismi bilan Baffin yeri, Grenlandiya va bir qancha kichik orollar kiradi. Platformaning G’arb tomonidan turli geologik davrlarda burmalanish jarayoniga uchragan tog’lik zona tinch okeandan, Sharqda paleozoy davri tog’lari Atlantika okeanidan ajratadi. Shimolda esa u Arktika arxipelagi va shimoliy Grenlandiya bilan chegaradosh. Kanada qalqoni yer ustiga chiqib qolgan platforma kristalli zaminning katta qismini egallaydi. Tektonik harakatlar jarayonida zaminning ayrim joylari ko’tarilib cho’kishi tufayli u joylarda proterozoy, kembriydan tortib to’rtlamchi davr qatlamlarigacha uchratish mumkin. Platformaning markaziy qismini yuqori ko’ldan Janubi g’arbga gumbazsimon Nemaxa anteklizasi egallaydi. G’arbda Kanada qalqoni va qoyali tog’lar orasida 3000 kilometrga cho’zilgan keng va katta vodiy joylashgan va u, o’z navbatida, Albert va Villiston cho’kmalarga ajralgan. Nemaxa anteklizasining Sharq tomonida bir necha gumbazsimon ko’tarilma va cho’kma strukturalar bu joylarning geologik tuzilishini murakkablashtirgan. Buning natijasida Ulug’orollar zonasida doira shaklidagi Illinoys sineklizasi, Michigan chuqur cho’kmasi, eni juda tor bo’lgan Tsintsinnat uzun antekliza strukturalari shakllangan. Ular kontinental sharoitda rivojlanmoqda.