Shirvonzoda

Shirvonzoda (taxallusi; asl familiyasi — Movsisyan) Aleksandr Minasovich [4858.7(19).4, Ozarbayjon, Shemaxa shahri — 1935.7.8, Kislovodsk; Yerevanda dafn etilgan] — arman yozuvchisi. Armaniston, Ozarbayjon va Gruziya xalq yozuvchisi (1930). Rus uezd bilim yurtini tugatgan (1873). 1883 yilgacha Bokuda yashab, turli kasblarda ishlagan, ocherk va maqolalar yozgan. 1893 yildan Tbilisida yashagan. «Ardzagank» («Akssado», 1886— 91) haftalik gazetada ishlagan. Parijda (1905-10), Tbilisida (1910-19) yashagan, so’ngra yana xorijga ketgan (1919— 26), 1926 yil Armanistonga kelib, ijodiy ishini davom ettirgan. «Nomus» (1885) romani va «xusumat» qissasi (1897)da Ozarbayjon xalqi hayoti, ibtidoiy urf-odatlar va yangicha qarashlar o’rtasidagi ixtilof, inson ruhiyatidagi kechinmalar chuqur tasvirlangan. «Alg’ov-dalg’ov» romani (1898)da sanoatlashgan dunyo tartibsizliklarini yoritgan. «Artist» qissasi (1903)da iqtidorli mashshoq Levonning fojialarga to’la hayoti hikoya qilinsa, «nomus uchun» dramasi (1926)da boybadavlat Elizbaryanning bokira va sofdil qizi Margaritning pokiza tuyg’ulari, otashin muhabbati kuylanadi. Shirvonzodaning Nasri va dramaturgiyasi arman adabiyotini yangi bosqichga ko’tardi. Inson ruhiy olamining tubtubigacha kirib borish, ta’sirchanlik, ohangdorlik tamoyillari yozuvchi asarlarining yashovchanligini ta’minladi. Umrining so’nggi yillarini Armanistonda o’tkazgan 111. qator hikoya va ocherklarni e’lon qildi, shuningdek, «Morganning cho’qintirilishi» (1926) siyosiy ruhdagi komediyasi, «so’nggi favvora» (1934) kinossenariysini yozdi, 2 jildli «hayot tajribalaridan» memuar romani ustida ishladi. As: Izbrannme soch., t. 1-3, M., 1957;Alina [qissa], T., 1963; xusumat [roman], T., 1974; Xaos, Erevan, 1975. Ad.: Tamrazyan G.S., Shirvanzade, M., 1967.