Shahrixonsoy
Shahrixonsoy – Andijon va Farg’ona viloyatlaridagi magistral kanal. Kampirravot gidrouzelidan boshlanadi. 1887 yilda qurilgan. Uzunligi 120 kilometr. Boshlanish qismida suv o’tkazish imkoniyati 110 m3/s; katta Farg’ona kanali bilan kesishgan joyida 30 m3/s. Shahrixonsoyda Asaka shahri yonida 2 elektr stantsiya kanal suvi (40 m3/s) bilan ishlaydi. Kanaldagi suv 8 yirik gidrouzellar orqali taqsimlanadi. 1976 yildan rekonstruktsiya ishlari olib borilmoqda. Kanal sel, Oqbura va Aravon daryolaridagi toshqin hamda qishki tashlama suvlarni qabul qilishga xizmat qiladi, bu suvlar kanal orqali Asaka uzeligacha keladi. Trassaning 62 kilometrda Shahrixonsoy Aravonsoy daryosi bilan qo’shilib ketadi va shu yerdan (nayman rostlagichigacha) daryoning qadimiy o’zanida oqadi. Janubiy Farg’ona kanali bilan birgalikda Andijon, Farg’ona viloyatlari va Qirg’izistonning O’sh viloyati (127,5 ming gektar) yerlarini sug’oradi. Andijon viloyatida katta Farg’ona kanali bilan kesishgan joyigacha faqat Shahrixonsoyning o’zidan 68 ming gektar yer sug’oriladi.