Sherplar, Sherpa
Sherplar, Sherpa — xalq. Sharqiy Nepalning (100 ming kishi, 1990-yillar o’rtalari) Jomolungma (Everest) tog’i atrofida, shuningdek, Hindiston (darjiling vodiysida, 15 ming kishi)da yashaydi. Tibetbirma til guruhiga mansub tilda so’zlashadi. Hukmron din — buddizm (ningmapa sektasi). Sherplar o’rta asrlarda Bosh Himolay tog’laridan Janubroqqa ko’chib kelgan tibetliklar avlodi; tili va madaniyatiga ko’ra tibetliklarga qardosh. Nepalda Sherplar dehqonchilik, chorvachilik bilan shug’ullanadilar. O’tmishda Nepal va Tibet o’rtasidagi savdoda vositachilik qilishgan. Hindiston va Sikkimda Sherplarning asosiy mashg’uloti — savdosotiq va tog’ cho’qqisiga ko’tarilishda yuk tashuvchi sifatida qatnashish. Sherplar qishloqda jamoa bo’lib yashaydilar, 18 ta ekzogam klanlar (ru)ga bo’linishgan; kichik monogam oila saqlangan, lekin poliandriya (bir necha akaukaning bitta xotini bor), poligamiya ham uchraydi.