Shahar aholisi

Shahar aholisi – shahar va shaharchalarda yashaydigan kishilar. Shahar va qishloq aholisi nisbati urbanizasiya darajasini ko’rsatadi. Uning asosiy ko’rsatkichi mamlakat yoki mintaqa aholisining necha foizi shaharlarda yashashini ifodalaydi. Biroq aholi manzilgohlarini qishloq yoki shaharlarga ajratish mezoni barcha mamlakatlarda turlicha. Yer yuzi aholisining deyarli yarmi shaharlarda istiqomat qiladi. Shahar aholisining o’sib borishiga — qishloqlarga shahar maqomining berilishi, shaharlar hududining qo’shni qishloq joylari hisobiga ortib borishi, qishloqlardan shaharlarga aholining ko’chib kelishi (migratsiyasi) hamda Shahar aholisining tabiiy ko’payishi sabab bo’ladi. So’nggi yillarda O’zbekistonda Shahar aholisining o’sish sur’ati pasayib ketdi. Qishloq aholisining shaharliklarga nisbatan ko’payishi yuqoriligi natijasida Shahar aholisi ulushi pasayib bormoqda. O’zbekistonda Shahar aholisining sekin o’sishiga tashki migratsiya, aholi tabiiy o’sishining pasayishi (asosan, tug’ilishning) sabab bo’lmoqda.