Shamollash

Shamollash — organizm sovqotishi oqibatida kelib chiqadigan o’tkir respirator kasalliklarning umumiy nomi. Havo haroratining pasayishi, namliganing ortishi va boshqa omillar Shamollashga sabab bo’ladi. Shamollash kishining kuchquvvatini va organizmning mikroblarga qarshi kurashish qobiliyatini susaytiradi. Shamollash deganda ko’pincha nafas yo’li kasalliklari: tumov, katar, bronxit, zotiljam, gripp va boshqalar tushuniladi. Shamollagan kishining eti uvishadi yoki sovqotadi, aksiradi, burni achishib suv keladi, isitmasi chiqadi, boshi og’rib, lohas bo’ladi, darmoni quriydi. Biror a’zo shamollaganda ko’pincha uning nerv tomirlari va muskullari yallig’lanib og’riydi, masalan, radikulit, ishias, mialgiya, nevralgiya, yuz nervi falaji va boshqalar. Shamollash organizm sezuvchanligining ortishi bilan kechadigan (allergik) kasalliklar, masalan, bo’g’im revmatizmi, ayrim surunkali xastaliklarga, masalan, surunkali nefrit va boshqalar zo’riqishiga sabab bo’ladi.