Shayxov Erkin Turdiyevich
Shayxov Erkin Turdiyevich (1927. 13.11, Toshkent) — iktisodchi olim, O’zbekiston qishloq xo’jaligi Fanlar Akademiyasi akademik (1991), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1990), professor (1977). Toshkent qishloq xo’jaligi institutini tugatgan (1948). 1949— 60 yillarda komsomol va partiya ishlarida ishlagan. Toshkent viloyat ijroiya qo’mitasi raisi (1962-71), O’zbekiston qishloq xo’jaligi vaziri (1971 — 75), Toshkent qishloq xo’jaligi instituti (1991 yildan Toshkent agrar universiteti) rektori (1975-95), ayni paytda shu institut qishloq xo’jalik iqtisodiyoti kafedrasi mudiri, 1995 yildan maslahatchi professor. Ilmiy ishlari qishloq xo’jalik tarmoqlari iqtisodiyoti, tannarx, ishlab chiqarish rentabelligi, bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitlarida agrarsanoat majmuini rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish masalalariga bag’ishlangan. Qishloq xo’jalik oliy o’quv yurtlari uchun darslik, o’quv qo’llanmalari muallifi. As: paxtachilik iqtisodiyoti va uni tashkil etish, T., 1980; paxtachilik, 2nashri, T., 1990 (hammualliflikda).