Sazerlend (Sutherland) Erl Uilbur

Sazerlend (Sutherland) Erl Uilbur (1915.19.11, Berlingeym, Kanzas — 1974, Nashvill, Tennessi) — amerikalik biokimyogar va farmakolog. AQSh milliy Fanlar Akademiyasi a’zosi. Klivlend (Ogayo)dagi G’arb universiteti tibbiyot maktabida bo’lim Mudiri va professor (1953— 63). 1963 yildan nashvildagi Vanderbilt universiteti tibbiyot maktabida fiziologiya professor. Ilmiy faoliyati uglevodlar almashinuviga oid. Hayvonlar to’qimasida tsiklik 3′, 5′ adenozinmonofosfat (tsAMF)ni kashf etgan (1957) va uning gormonlar ta’siri mexanizmida ahamiyati borligini aniqlagan. Nobel mukofoti laureati (1971).