Saidbekov Amirali

Saidbekov Amirali (1920.15.5, Farg’ona viloyati Rishton tumani — 1945.8.4, Polsha, Ribnik shahri) 2-jahon urushi qatnashchisi, 1939-40 yillardagi Sovet-Finlyandiya urushi qatnashchisi. 1941 yil iyundan 325-gvardiyachi o’qchi Polkning rota komandiri, gvardiyachi katta leytenant. 1945 yil 8 aprelda bo’lgan jangda marrani mohirlik bilan saqlab, jasorat ko’rsatgan va shu jangda halok bo’lgan. 1945 yil 29 iyunda (o’limidan so’ng) Qahramon unvoni berilgan. Farg’onadagi ko’chalardan biri uning nomi bilan atalgan. Rishton tumanidagi Sarikanda qishlog’ida yodgorlik o’rnatilgan.