Sayburhonov Obidjon
Sayburhonov Obidjon (1949.6, Andijon) — O’zbekiston xalq artisti (1991). Toshkent davlat teatr va rassomlik san’ati institutini tugatgan (1974). 1974 yildan Andijon teatrida aktyor. Buri Bahodir («Mehribonlar»), Dehqonboy («Oshiq g’arib va Shohsanam»), Sodiq («Kampirga sovchi keldi»), Jeroniy («Zo’raki tabib»), Aziz («duel»), Grey («Richard III»), Bobur («Bobur»), Suvonqul («Momo yer»), Qodirqul («Boy ila xizmatchi»), Edgar («Qirol Lir»), Sultonali («Mehrobdan chayon»), Qoraxo’ja («Nodira»), Qori («Tobutdan tovush») kabi rollari bilan tanilgan. Sayburhonov obrazlari ifoda vositalarining aniqligi, xayotiyligi, qahramonlari kuchli va salobatliligi bilan ajralib turadi.