Sayroqi qushlar
Sayroqi qushlar (Oscines) chumchuqsimonlar kenja turkumiga mansub qushlar. 40 ga yaqin oilasi bor. Oilalar birbiridan faqat tashqi tuzilishi bilan farq qiladi. Sayroqi qushlar kekirdagi pastki qismida joylashgan ovoz paylari o’ziga xos murakkab tuzilganidan jarangdor sayrash xususiyatiga ega (bulbul, qorayaloklar, kanareykalar va boshqalar). Sayroqi qushlarning, asosan, nari, ba’zan modasi o’z juftini jalb qilish, xavfdan ogohlantirish uchun sayraydi. O’zbekistonda 30 ga yaqin turi uchraydi.