Ryabina

Ryabina (Sorbus) — atirguldoshlar oilasiga mansub daraxtlar va butalar turkumi, manzarali va mevali o’simlik. Shim. yarim sharning mo»tadil mintaqalarida 100 ga yaqin turi o’sadi. Mevasi 2-5 uyli mayda olma. Ayniqsa, ko’proq oddiy P. (S.aucuparia) ekiladi. Daraxti (balandligi 15 metrgacha) yoki butasining po’stlog’i silliq, kulrang, mevasi yumaloqsharsimon, qizil. Qushlar uchun oziq hisoblanadi. Mevasi tarkibida 4-8% qand (fruktoza, glyukoza, Saxaroza), 2,7% gacha olma, limon, uzum va qahrabo ktalari, pektin va oshlovchi moddalar, askorbin kta (200 mg% gacha), karotin (20 mg%) va vitamin RR mavjud. Po’stlog’ida 14% tanin, urug’ida esa 22% gacha moy mavjud. Sentabr oktabr oylarida pishadi. Ryabina vegetativ usullar (parxish, ildizidan, bachkisidan, payvandlash) bilan ko’paytiriladi. Mevasi yangiligida iste’mol qilinadi. Qandolat ishlab chiqarishda, marmelad, pastila, murabbo, shuningdek, vino, likyor, sirka, kvas tayyorlashda ishlatiladi. Yevropaning Shimoliy G’arbida va Sibirda Sibir Ryabinasi (S. sibirica) o’sadi. Qrim, Janubiy G’arbiy Yevropa, O’rta dengiz atroflarida bog’ Ryabinasi (S. domestica) bog’larga ekiladi.