Refleks

Refleks (lotincha reflexus — orqaga qaytgan, shu’la) (tasviriy san’atda) — rangtasvir (ba’zan grafika)da biror narsadan qaytgan rang va nur shulasi; narsalarga uni o’rab turgan ob’yektlar (qo’shni narsalar, osmon va hokazolar)dan qaytayotgan nurning aksi tushishidan hosil bo’ladi. «Refleks» terminini ham naturaning o’ziga; ham uning tasviriga birday qo’llash mumkin. Refleksning aniq va nozik ifodalash bilan hajmni, ranglar boyligini va tasvirlanayotgan naturaning tuslarini ularning o’zaro murakkab munosabatlarida yaratishga erishiladi.