Ren, Renn
Ren, Renn — Frantsiyaning g’arbiy qismidagi shahar. Ilivilen departamentining ma’muriy markazi va Bretan tarixiy viloyatining bosh shahri. Aholisi 212,4 ming kishi (1999). Transport yo’llarining yirik tuguni, kanallar orqali Lamansh bo’g’ozi bilan bog’langan. Qishloq xo’jaligi va elektrotexnika mashinasozligi, avtomobilsozlik, kimyo, to’qimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. 2 universitet, muzeylar bor. Ren gallarning qadimgi shahri. 11-18-asrlarga oid me’moriy yodgorliklaridan Adliya saroyi, ratusha binosi saqlangan.