Refrijerator

Refrijerator (lotincha Refrigero — sovitaman) — tez buziladigan mahsulotlar (go’sht, sut, mevalar va boshqalar) tashiladigan transport vositasi. Masalan, Refrijerator kema, Refrijerator avtomobil, Refrijerator poyezd va boshqalarda sovitish qurilmalari bo’ladi. Refrijeratorning ichi va sirti dyuralyuminiy listlar yoki ruxlangan temir bilan qoplanadi. Izolyatsiya materiali sifatida penoplast va alyuminiy zar qog’ozi (orasida havo qatlami qoldirgan holda) ishlatiladi. Refrijeratorning kompression sovitish mashinasi mustaqil karbyuratorli ichkl yonuv dvigatelidan ishlaydi. Refrijeratordagi havo temperaturasi +9 dan — 18°gacha bo’ladi.