Risqiyev To’xtapo’lat Tursunovich
Risqiyev To’xtapo’lat Tursunovich (1944.3.11, Toshkent) — fizik olim, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (1995), texnika fanlari Doktori (1993). ToshDUni tugatgan (1970). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi yadro fizikasi institutida ishlagan (1970-72). Fizika-texnika institutida ilmiy xodim, laboratoriya mudiri, Direktor o’rinbosari (1972-92). O’zbekiston Resublikasi fan va texnika davlat komiteti raisining birinchi o’rinbosari (1992-93, 1994-97). O’zbekiston Respublikasi Prezidentining fan, ta’lim va ijtimoiy muammolar masalalari bo’yicha davlat maslahatchisi (1993-94, 1997-2003). 2003 yildan O’zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va shimoliy Irlandiya Qo’shma Qirolligidagi favqulodda va Muxtor elchisi. Ilmiy ishlari O’zbekistonda yuqori kontsentrasiyalashtirilgan quyosh energiyasidan foydalangan hodda xususiyatlari oldindan belgilangan yangi materiallarni yaratish texnologiyalariga oid.